Asosga qo’yilgan narsa


Download 181.91 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.11.2021
Hajmi181.91 Kb.
#176241
Bog'liq
8-amaliy



8-amaliy topshiriq: Syujet 

Syujet fransuzcha so’zdan olingan bo’lib, “asosga qo’yilgan narsa” 

degan ma’noni anglatadi. Syujet badiiy shaklning eng muhim 

elementlaridan biri hisoblanib, badiiy asardagi bir-biriga uzviy holda 

kechadigan, qahramonlarning xatti-harakatlaridan tashkil topuvchi 

voqealar tizimini anglatadi. Barcha turdagi badiiy asarlarda syujet 

mavjud. Har bir turda, janrda, syujet turli ko’rinishda namoyon bo’ladi. 

Lirik asarlarda voqealar tizmasi emas, lirik qahramonning o’y-fikrlari, 

hissiy kechinmalari uning syujetini tashkil etadi.  

Adabiyotshunoslikda voqeaband syujet va voqeaband bo’lmagan syujet 

turlariga ajratiladi.  

Maksim Gorkiyning ta’riflashicha, syujet:”u yoki bu xarakterning, 

tipning tarixiy rivojlanishi, tarkib topa borishidir”.lekin barcha asarlarda 

ham xarakterning o’sishi, rivojlanishi bilan bog’liq holatlar 

ko’rsatilmaydi. Abdulla Qahhorning “O’g’ri” hikoyasida xarakterlar 

tayyor holda beriladi, voqea davomida rivojlanmaydi-syujet bu o’rinda 

voqeaning ichki rivojini namoyon etadi. Menimcha, syujetga bir-biriga 

bog’liq voqealar tizimi deb ta’rif bersak, to’g’ri bo’ladi.  

Syujetning  asosiy vazifalaridan biri-asar muammosini  badiiy tadqiq 

etishga imkon beradigan hayot materialini uyushtirib beradi. Misol 

uchun, Abdulla Qodiriyning “O’tkan kunlar” romanidagi Otabekning 

Toshkentdan Marg’ilonga safarga kelishi, uning yashash joyining 

tasviri, o’zining tasviri syujetning boshlanishi. Otabekning oshiq 

bo’lishi, Kumushbibiga uylanishi, bu orada tarixiy voqealar-Toshkent 

isyoni, qipchoq qirg’ini kabi voqealar Otabek va Kumush 

munosabatlariga shu qadar uyg’un tushganki, kitobxon bu asarda syujet 

borasida hech qanday kamchilik, qusur ko’rmaydi. Jumladan, men ham. 

Badiiy asar syujeti personajlarning “harakat”idan tarkib topadi. Harakat 

tiplaridan qaysi biri yetakchilik qilishiga qarab syujetning ikki turi 

ajratiladi: 

1.  “tashqi harakat” dinamikasiga asoslangan syujet; 



2.  “Ichki harakat” dinamikasiga asoslangan syujet 

Syujetdagi voqealarning o’zaro munosabatiga ko’ra, syujet: 

A) Xronikali syujet; 

B) Konsentrik syujetga bo’linadi.  

Xronikali syujetda voqealar orasidagi vaqt munosabati yetakchilik 

qilsa, konsentrik syujet voqealari orasida sabab-natija munosabati 

yetakchilik qiladi. 

Syujet unsurlari: 

1.  Ekspozitsiya-syujetning boshlanish qismi. Ekspozitsiyaning hajmi 

kamroq bo’lishi maqsadga muvofiq. Ekspozitsiya “Mehrobdan 

chayon”da juda katta o’rinni-Ra’noga xondan sovchilar kelgunga 

qadar bo’lgan voqealarni o’z ichiga olsa, “Qutlug’ qon”da juda 

qisa, “Qo’shchinor chiroqlari”da esa umuman yo’q. 

2.  Tugun- asar voqealarining boshlanishiga turtki bo’lgan voqea, asar 

konflikti qo’yilgan joy.  

3.  Voqealar rivoji-tugundan keyingi voqealar rivoji 

4.  Kulminatsiya-voqealar rivojining eng yuqori nuqtasi, undagi 

konflikt benihoya kuchaygan o’rni. Kulminatsiya asarning turli 

qismlarida berilishi mumkin. Detektiv asarlarda yechim 

muqaddimada o’z aksini topgan bo’ladi, ba’zida kulminatsion 

nuqtasi asarning boshida beriladi va butun asar syujeti bu 

nuqtaning mohiyatini yechishga qaratiladi. Abdulla Qahhorning 

“Bemor” hikoyasida kulminatsion nuqta eng oxirida berilgan: ayol 

o’lganidan so’ng, qizaloqning uyqu aralash:”Xudoyo, ayamdi 

dardiga davo bergin”,-deya shivirlab qo’yishi yuraklarni titratishi 

tabiiy. 


5.  Yechim –voqealar rivojining yakuni. Ko’p asarlarda yechim 

berilmaydi. U ma’lum sabablarga ko’ra, kitobxonning o’ziga 

havola etiladi. Masalan, Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat” 

romanida yechim deyarli mavjud emas, biz Amir, Said, 

Mirazamlarning taqdiridan bexabar qoldik. Yana shunisi borki, 

ba’zi asarlarda yechim umuman mavjud emas. Bu kabi asarlarda 




yechim qachonki jamiyatdagi aynan o’sha muammo barham 

topgandagina namoyon bo’ladi. 



 

Download 181.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling