Asosida maxfiy saqlanadigan D


RSA algoritmi bo‘yicha kalitlarni taqsimlash protokoliga xulosaviy izohlar


Download 92.55 Kb.
bet2/2
Sana11.03.2023
Hajmi92.55 Kb.
#1259340
1   2
Bog'liq
Diffi va Xellman maxfiy uslubli bir tomonli funksiyaning aniqlanishiga asoslanib

RSA algoritmi bo‘yicha kalitlarni taqsimlash protokoliga xulosaviy izohlar. Banklar tizimida qaysi shaxs qaysi shaxs bilan o‘zaro to‘lov amallari bajarganligini, bank bila almasligini ta’minlovchi, RSA bir tomonli funksyasiga asoslangan tartib va qoidalarni boshqarish kriptosistemasi mavjud. Bu kriptosistemani kalitlarni taqsimlash tartib va qoidalarini boshqarish kriptosistemasi uchun ham qo‘llash mumkin. Tartib va qoidalarni boshqarish masalalari, kriptosistemalariga doir kriptologik ilmiy izlanishlar hozirda, zamonaviy, bardoshli kriptografik sistemalarni yaratishda keng va jadal rivojlanib bormoqda. Bu sohada RSA bir tomonli funksiyasidan foydalanishning qulayligi o‘zini har tomonlama oqlab kelmoqda.
RSA algoritmini qo‘llanishiga doir kichik bir misol keltiramiz.
Misol: Uchta harfdan iborat bo‘lgan “CAB” ma’lumotini shifrlaymiz. 
Biz qulaylik uchun kichik tub sonlardan foydalanamiz Amalda esa mumkin qadar katta tub sonlar bilan ish ko‘riladi.

  • Tub bo‘lgan r=3 va q=11 sonlarini tanlab olamiz.

  • Ushbu n=pq=3*11=33 sonini aniqlaymiz. So‘ngra,  sonini topamiz, hamda bu son bilan 1 dan farqli biror umumiy bo‘luvchiga ega bo‘lmagan sonini, misol uchun d=3 sonini, olamiz.

  • YUqorida keltirilgan de=1(modn) shartni qanoatlantiruvchi e sonini 3e=1 (mod 20) tenglikdan topamiz. Bu son e= 7

  • SHifrlanishi kerak bo‘lgan «CAB» ma’lumotini tashkil etuvchi harflarni: A®1, V®2, S®3 mosliklar bilan sonli ko‘rinishga o‘tkazib olib, bu ma’lumotni musbat butun sonlarning, ketma-ketligidan iborat deb qaraymiz. U holda ma’lumot (3,1,2)ko‘rinishda bo‘ladi va uni {e;n}={7;33} ochiq kalit bilan  bir tomonli funksiya bilan shifrlaymiz:

x=3da SHM1=(37)(mod33)=2187(mod33)=9,
x=1da SHM2=(17) (mod33)=1,
x=2da SHM3=(27) (mod33)=128(mod33)=29

  • Bu olingan shifrlangan (9,1,29) ma’lumotni maxfiy {d;n}={3;33} kalit bilan ifoda orqali deshifrlaymiz: 

y=9 da OM1=(93) (mod33)=729(mod33)=3,
y=1 da OM2=(13) (mod33)=1(mod33)=1,
y=29 da OM3=(293) (mod33)=24389(mod33)=2.
SHunday qilib, kriptosistemalarda RSA algoritmining qo‘llanishi quyidagicha: har bir foydalanuvchi ikkita etarli darajada katta bo‘lmagan va q tub sonlarni tanlaydilar va yuqorida keltirilgan algoritm bo‘yicha d va e tub sonlarini ham tanlab oladi. Bunda n=pq bo‘lib, {e;n} ochiq kalitni {d;n}esa maxfiy kalitni tashkil etadi. Ochiq kalit ochiq ma’lumotlar kitobiga kiritiladi. Ochiq kalit bilan shifrlangan shifrmatnni shu kalit bilan deshifrlash imkoniyati yo‘q bo‘lib, deshifrlashning maxfiy kaliti faqat shifr ma’lumotining xaqiqiy egasigagina ma’lum.
Download 92.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling