Асосий касалликнинг баёии


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/37
Sana19.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1620272
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37
Bog'liq
teri va tanosil kasalliklari

Yu. K. Skripkin. Kojnie i venericheskie bolezni. M.. 1980, 400-405. 409-411-betlar. 
O. Ferjtek Kosmetika i dermatologiya. M., 1990. 167-181. 215-226-betlar. ' ] 
H. Q. Shodiev va boshqalar. Kompleksnoe lechenie bolnix vitiligo (Metodicheskie 
rekomendatsii). M., 1990, 167-181, 215- 226-betlar. 
5. Talabalarning o’z ustida ishlash rejasi: 
Ishning nomi 
Ishning mazmuni 
Ishning maqsadi 



1. Husnbuzarlar 
va 
pesga 
chalingan 
bemorlar bilan 
bo’limda 
mustaqil 
ishlash. 
2. Gurux bilan 
o’rganilgan 
bemorlarni 
muxokama 
qilish 
a) bemorlardan anamnez yig’ish; 
b) toshmalarni sinchiklab o’rganish; 
v) bemorlarga malham surtish; 
g) bemorlarda 
biologik 
dozani 
aniqlash. 
A) kasallik tarixini talabalarga 
navbatma-navbat tanishtirish 
B) 
aniqlangan 
toshmalar 
bilan 
tanishtirish 
V) tuzilgan davolash rejasi bilan 
tanishtirish 
a) kasallik tarixini yozishni o’rganish; 
b) husnbuzar toshmalalarini bir-biridan 
farqlash; 
v) mahalliy davo usullarini o’z- 
lashtirish; 
g) terini ultrabinafsha nurlarga 
nisbatan sezuvchanligini aniqlash. 
a) mazkur kasalliklar sohasida nazariy 
bilimlarni oshirish va fikrlashga 
undash; 
b) teri toshmalari sohasida amaliy 
bilimlarni oshirish; 
v) bemorlarni davolashni o’rganish 
6. Kasallik tarixini himoya qilish. 
Kasallik tarixini himoya qilish guruhning barcha talabalari ishtirokida amalga oshiriladi. 
Bunda talabalar bemor bilan ishlash jarayonida yiqqan ma’lumotlarini kasallik tarixi bayonida 


ifoda etib, maxsus kelishilgan tarzda navbatma-navbat so’zlab berishlari lozim. Ikki talabaga bir 
bemorni topshirish maqsadga muvofiq emas, Talabalar o’zlariga ajratilgan kunlar va soatlarda 
kasallik tarixida bayon etilishi lozim bo’lgan quyidagi qismlarni aniq va sodda til bilan 
yozishlari lozim. 
1) bemor bola to’g’risidagi umumiy ma’lumotlar; 
2) asosiy kasallikning rivojlanish tarixi; 
3) bemorning hayot tarixi
4) ob’ektiv tekshiruv ma’lumotlari; 
5) asosiy kasallikning bayoni; 
6) dastlabki tashxis; 
7) laboratoriya tekshiruvlari ma’lumotlari; 
8) farqlovchi tashxis; 
9) klinik tashxis va uni asoslash
10) davo rejasi va uni amalga oshirish; 
11) kundaliklar (davo natijalari va kasallikning kechishi to’g’risidagi ma’lumotlar); 
12) yakuniy ma’lumotlar; 
13) nazariy qism; 
14) retseptura. 
Talaba yuqorida bayon etilgan ma’lumotlarni so’zlab berayotganida boshqa barcha talabalar uni 
diqqat bilan eshitishlari lozim. Bu talab, bir tomondan, ularga mazkur bemor tarixi bilan 
tanishish imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ularning mazkur bemorning tashxisi davolash 
rejasi va boshqa masalalar bo’yicha muhokamada qatnashishlari uchun zamin tayyorlaydi. 
Talabalar o’zlari olib borgan bemorlar kasallik tarixining barcha qismlarini, ayniqsa kasallikning 
rivojlanish tarixi, asosiy kasallikning bayoni va davo rejasini yoddan bilishlari lozim. Mazkur 
vazifa talabalarning bemorlar bilan ishlash jarayonida olgan bilimlarini mukammal 
o’zlashtirishlariga, shuningdek erkin bahslashuv jarayonida faol ishtirok etishlariga imkoniyat 
yaratib beradi. 
Ko’pchilik hollarda vaqtni tejash maqsadida talabalardan «kasallik tarixi»ning u yoki bu 
qismlarini so’zlab berishlari so’raladi. Jumladan bemorning klinik tashxisini asoslab berish va 
davo rejasini maqsadga muvofiqligini isbotlash talab etiladi. Bahs diagnostika mavzusida 
ketganda ulardan mazkur kasallikda qo’llaniladigan dermatologik tekshiruv usullarini amalda 
qo’llashni va ko’rsatishni so’rash maqsadga muvofiqdir. 
Davo rejasiga kiritilgan dori moddalarini mazkur bemorni davolashda qo’llanishni asoslab 
berish va shu preparatlarni ta’sir mexanizmini so’rash mashg’ulot o’tkazish sifatini yaxshilaydi. 
Har bir konkret himoya oxirida ana shu bemor va kasallik to’g’risidagi fikrlarni boshqa 
talabalardan so’rash mashg’ulotning samaradorligini oshiradi. 
Talabalarga yakuniy baho ularning nazariy bilimlari, o’zlashtirgan amaliy ko’nikmalari va 
yozgan kasallik tarixining sifati asosida qo’yiladi 
O’LKAMIZDA KO’P UChRAYDIGAN DERMATOZLAR ASOSIY KASALLIK
BAYoNLARIDAN KO’ChIRMA L AR 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling