Асосий касалликнинг баёии
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
4-ilova
VENEROLOGIYaDAN MASALALAR 1- masala. Bolalar poliklinikasining jarrohiga o’ng chov sohasida «shish» paydo bo’lganligi sababli, 14 yoshli o’spirin murojaat etdi. Bemorni tekshirgan vrach chov sohasida o’ng tomonda bir necha limfa tugunlarining kattalashganini aniqladi. Tugunlarning kichigi no’xatdek, kattasi musichaning tuxumidek kelardi. Ular qattiq, harakatchan, bosib ko’rilganda og’rimas edi. Mazkur limfadenitni davolash maqsadida jarroh bemorni fizioterapiya bo’limiga yubordi (issiqlik muolajalirini o’tkazish uchun). Jarrohning xatosi nimada? Qanday kasalliklar to’g’risida mulohaza qilish kerak edi? 2- masala. Jarrohga 15 yoshli o’spirin bola jinsiy olati og’riyotganligiga shikoyat qilib keldi. Tekshiruv natijasida jinsiy olat terisi kizarib, shishganligi, zakar boshchasi xaltasining og’zi torayganligi aniqlandi. Unda olat boshchasi ko’rinib turar, ammo seroz suyuqligi to’planishi natijasida rivojlangan madda zakar boshchasi xaltasining og’zini ochishga imkon bermas edi. Chov limfa tugunlari ikkala tomonda ham kattalashgan, qattiq, bosilganda bir oz og’riq bezovta qiladi. Anamnestik ma’lumotlar yig’ish natijasida bemorni 40 kun avval noma’lum ayol bilan jinsiy aloqada bo’lganligi ma’lum bo’ldi. Jarroh bemorni venerologga yo’llashga qaror qildi. 1. Venerologni mazkur bemorga nisbatan tutgan taktikasi qanday bo’lmog’i lozim? 2. Zaxm tashxisini tasdiqlash yoki inkor etish uchun qanday tekshiruvlar o’tkazilishi kerak? 3-masala. Urologga 3 yashar bolani olib kelishdi. Bemor bolaning zakar boshchasi va tanasi terisida bir necha «yara»lar aniqlandi, siyganda og’riq bezovta qilardi. Sinchkovlik bilan ko’rilganda toshmalarning ko’p qismi yiringchalar, ba’zilari eroziyalar ekanligi ma’lum bo’ldi. Ular juft-juft bo’lib joylashgan, atrofi qizargan edi. Bolani qichishish bezovta qilib, tungi paytda kichishish zo’rayar ekan. 1. Sizni dastlabki tashxisingiz? 2. Kasallik tabiatini aniqlash uchun nima talab etiladi? 4-masala. Yuqumli kasalliklar bo’limiga 14 yoshli qiz bola ich terlama kasalligi bilan yotqizildi. Bemorning qorin, elka va bilak sohalarida kattaligi tariqdek keladigan mayda dog’lar borligi ma’lum bo’ldi. Dog’lar och pushti rang, ba’zilari qizg’ish, aylana-oval shaklda, bosilganda yo’qoladi. Teri sathidan bo’rtib chiqmagan, noxysh belgilar bezovta qilmaydi. Kasalning tana harorati 38,3°, qorni og’riydi, boshi aylanadi, ko’ngli behuzur bo’lib, holsizlanib yotib qoldi. Ikkilamchi zaxm rozeolalarini ich terlama toshmasidan qanday farqlash mumkin? Aniq klinik tashxis qo’yish uchun vrach qanday tekshiruvlar o’tkazishi lozim? Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling