Асосий касалликнинг баёии


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/37
Sana19.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1620272
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
teri va tanosil kasalliklari

16- masala. 
A. ismli 22 yoshdagi yigit 1991 yil 8 sentyabrda teri kasalliklari dispanseriga moyak 
xaltasining terisiga yara chiqqanligi tufayli murojaat etdi. Bemorning anamnezidan 
uning 24 avgustda K. ismli noma’lum ayol bilan jinsiy aloqada bo’lganligi ma’lum 
bo’ldi. 
A. ikki yil avval uylangan, bolasi yo’q. Hozirgi paytgacha turmush o’rtog’i bilan 
yashaydi, tanosil kasalliklari haqida tushunchaga ega emas. Uch kun avval oxirgi marta 
jinsiy aloqada bo’lgan. Keyingi to’rt hafta ichida dori moddalari, jumladan aitibiotiklar 
qabul qilmagan. 
Bolaligida Botkin kasalligini o’tkazgan, ba’zan jigari bezovta qilib turadi. Uch oy ilgari 
oshqozon yarasi tufayli jarrohlik muolajasini o’tkazgan. 
Ob’ektiv tekshiruv ma’lumotlari: moyak xaltasining chap yarmida aylana shaklida 
eroznya kuzatilib, kattaligi bir tiyinlik chaqadek keladi. Eroziya noxush belgilarsiz
go’sht-qizil rangli. Yara tubidan oz miqdorda seroz suyuqlik ajralib turibdi, shu sababli 
yaltirok,. Eroziya ostida qattiq madda paypaslandi. Limfa tugunlaridan quyidagilari 
paypaslandi: chap tomondagi chov tuguni o’rikning danagidek, o’ng tomondagisi - 
no’xatdek. Ular qattiq, harakatchan, noxush belgilarsiz. Tugunlar ustidagi terida 
yallig’lanish belgilari kuzatilmaydi. Teri va shilliq qavatlarning boshqa sohalarida 
toshmalar yo’q. 
Savollar: 1. Sizniig dastlabki tashxisingiz? 
Aniq klinik tashxis qo’yish uchun qanday anamnestik, klinik, laboratoriya ma’lumotlari 
zarur (olinadigan ma’lumotlarning turiga qarab, tashxisni izohlang) ? 
Qattiq yapa suyuqligida oqish treponemalar topilmasa, sizning xulosangiz? 
17- masala. 
G. ismli 19 yoshli qizni tish og’rig’i stomatologga etaklab keldi. Og’iz bo’shlig’ini 
sinchkovlik bilan tekshirgan vrach chap bodomcha bezi sohasida «yara» borligini ko’rib 
qoldi. Bezni qoplab turgan shilliq qavatning shilinganligini G. bilmas edi, chunki 
toshma uni bezovta qilmas edi. Mazkur jarayonni oddiy stomatitlarga o’xshamasligini 
sezgan stomatolog qizni venorologga yuborishga qaror qildi. 
Teri kasalliklari dispanserida bodomcha bezining yarasi atroflicha o’rganildi, undan 
ajralib chiqayotgan suyuqlikdan rangpar spiroxetalar topildi. 


G. ning anamnezidan quyidagilar ma’lum bo’ldi: turmushga chiqmagan, ota-onasi bilan 
yashaydi, B. ismli yigit bilan muntazam jinsiy yaqinlik qilib turadi (unga turmushga 
chiqishga hozirlanayotgan ekan). Boshqa shaxslar bilan jinsiy aloqada bo’lmagan. 
Ob’ektiv tekshiruv ma’lumotlari: chap bodomcha bezining shilliq qavatida oval 
shaklida bitta yara joylashgan, kattaligi loviyadek, tubi chuqur va yaltiroq, rangi 
qizg’ish. Yaraning asosida qattiq madda bor. Bo’yin, jag’ osti, qo’ltiq va bilak limfa 
tugunlari kattalashgan (no’xatdan o’rik danagigacha). 
KSR (VR, KR, ZVR) natijalari o’ta musbat. O’sha kuniyoq bemorga birlamchi 
seropozitiv zaxm tashxisi qo’yildi va davolash boshlandi. 400 000 TB penitsillin 
eritmasi yuborilgandan 2 soat o’tgach, bemorning tana harorati ko’tarila boshladi, boshi 
og’rib, ko’ngli noxush bo’ldi. So’ngra qaltiroq tutdi, isitmasi 39° gacha ko’tarildi. 
Qorin terisining yon sathlarida mayda yallig’langan dog’lar paydo bo’ldi. Ertasi kuni 
toshma elka va bilak sohalariga toshdi. 
Savollar: 1. Bodomcha bezidagi yaraning tabiatini aniqlang va izohlang. 
Penitsillin yuborilgandan so’ng namoyon bo’lgan noxush belgilarga klinik baho bering. 
Bemor tashxisini muhokama qilib, to’g’ri-noto’g’riligini so’zlab bering. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling