Асосий касалликнинг баёии


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/37
Sana19.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1620272
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
teri va tanosil kasalliklari

18- masala. 
Teri kasalliklari dispanseriga murojaat etgan V. ismli bemorning o’ng boldir sohasida 
katta yarasi borligi ma’lum bo’ldi. V. katta bir shifoxonaning jarrohlik bo’limida 26 
kun davolangan ekan. Unga dastlab trofik yara, so’ngra oqma yara tashxislari qo’yilgan. 
O’tkazilgan 
barcha 
davo 
choralari 
(vitaminlar, 
biogen 
stimulyatorlar, 
immunomodulyatorlar) bemor V. ga naf qiladi, o’z xohishi bilan bo’limdan chiqib 
ketdi. Qo’shnisining maslahatiga ko’ra V. tabibda davolandi (mo’miyodan tayyorlangan 
malham bilan). Ko’p o’tmay yara bita boshladi, ancha kichraydi. Ammo 3 ko’n avval V. 
narvondan yiqilib, lat edi, shu sababli yara ochilib og’riq paydo bo’ldi. Bu hol uni 
bizning statsionarimizga boshlab keldi. 
Ob’ektiv tekshiruv ma’lumotlari: o’ng boldirning pastki uchdan bir qismida, uning 
tashqi yuzasida 50 tiyinlik tangadek keladigan yara joylashgan. Yara aylana-oval 
shaklda, ko’kimtir-qizg’ish tusli, atrofida madda to’plangan, ozgina shishgan. Yaraning 
tubi chuqur, o’lik to’qimadan iborat chiqindi bilan qoplangan, o’rtasidan elimsimon 
yopishqoq suyuqlik ajralib turibdi. 
Ajralayotgan yara suyuqligidan oqish spiroxetalar topilmadi. KSR (VR, KR, ZVR) 
manfiy natijalar berdi. 
Bemor hayotining zaxmga aloqador tomonlari o’rganildi, uning 18 yil avval zaxmga 
duchor bo’lganligi aniqlandi. O’shanda V. chala davolangan edi. Bemorning rafiqasi S. 
klinik tekshiruvdan o’tkazilganda, undan zaxm belgilari topilmadi. VR musbat, 
cho’kma reaktsiyalari manfiy chiqdi. 
Savollar: 1. Boldir suyagi sohasidagi yaraga to’liq ta’rif bering, uning tabiati to’g’risida 
sizning xulosangiz? 
2. 
V. ga aniq klinik tashxis qo’yish uchun qanday ma’lumotlar zarur? 
3. 
V. ning rafiqasi S. ga to’g’ri tashxis qo’yish uchun vrach qanday tekshiruvlar 
o’tkazishi lozim? 
19- masala. 
Ikkilamchi yangi zaxmga duchor bo’lgan va yaxshi davolanmagan T. ismli go’dakda 
zaxm belgilari topilmadi. Pediatr tomonidan o’tkazilgan tekshiruvlar bolaning ichki 
a’zolarida spetsifik o’zgarishlar yo’qligini isbotladi. Serologik reaktsiyalar quyidagi 
natijalarni berdi: VR-(4+), (4+), (4+); IYoR - 200 (4+), THChR- treponemalar 
harakatini cheklash darajasi 70%. Shundan so’ng naysimon suyaklar rentgenologik 
tekshiruvdan o’tkazildi va quyidagi o’zgarishlar aniqlandi: katta boldir suyaklarining 
metafiz qismida qalinligi 4 mm keladigan yorug’ oqimtir xo’l (chiziq) mavjud. Mazkur 


chiziqning tishli qirralari suyakning epifiz qismiga qarab turibdi. Boshqa suyaklarda 
patologik o’zgarishlar topilmadi. 
T. ning otasi erta yashirin zaxm diagnozi bilan davolangan. Hozirgi kunda klinik-
serologik kuzatish o’tkazilmoqda. Go’dakning ikkita akasi (4 yosh va 7 yosh) bor. Ular 
birga yashaydilar. 
Savollar:
Bemor T. ga klinik tashxis qo’ying. 
Katta boldir suyagida topilgan o’zgarishni qanday ta’riflaysiz? 
Boshqa oila a’zolariga nisbatan vrachning munosabati qanday bo’lishi lozim? 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling