Асосий касалликнинг баёии
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
Trixofitiyaga chalingan S. ismli bola kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan
ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI Teridagi patologik jarayon chegaralangan tus olgan va boshning sochli qismida joylashgan. Kasallik o’choqlarining kattasi aylana shaklida, diametri 2-2,5 sm keladi, chetlari aniq chegaralangan, sog’lom teridan yaqqol ajralib turibdi, ular boshning tepa qismida joylashgan. Ikki-uchta kichik o’choqlar esa aylana-ovalsimon, boshning chakka qismida joylashgan, hajmi bir-ikki tiyinlik kattalikda. O’choqlar chegarasi noaniq, bir- biriga qo’shilib ketishga moyilligi sezilib turibdi. O’choqlar sinchkovlik bilan kuzatilganda soch tolalarining aksariyati teri sathidan 2-4 mm masofadan singanligi va kundasimon kulrang tusda ekanligi ma’lum bo’ldi. Ba’zi soch tolalarining teri sathidan singanligi aniqlandi. Patologik o’choqlar atrofidagi teri bir oz maddalagan, qizargan. Ana shu yallig’lanish sohalarida teri ustki qavatlarining ko’chib tushayotganligi ma’lum bo’ldi. Kuzatilayotgan ikkilamchi toshma elementlaridan qipiqlar asosan singan soch o’choqlari va ularning atrofida joylashgan. Qipiqlarning ko’p qismi kepaksimon va qisman unsimon bo’lib, ma’lum masofadan ham yaqqol kuzatilyapti. Silliq terida boshqa toshma elementlari ko’rinmaydi. Tirnoqlar zararlangan emas. Terining zararlangan sohalari Vud chirog’i bilan yoritilganda patologik o’choqlar o’z manzarasini, jumladan tusini o’zgartirmadi. Vaqti-vaqti bilan bezovta qilayotgan oz-moz qichishish sezgisini qayd qilib o’tish lozim. Dastlabki tashxis - bosh sochli qismining yuzaki trixofitiyasi. Qo’’bus bilan og’rigan G. ismli o’spirin bola kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI Terining zararlangan sohalarida kuzatilayotgan patologik jarayon tarqalgan tus olgan. Toshmalar simmetrik joylashib, ularning ko’p qismi qo’l va oyoqlarning tashqi yuzasidan, shuningdek qorin, ko’krak va bel sohalarining terisidan joy olgan. Toshmalar xususan tugunchalardan iborat. Ular son-sanoqsiz, aylana va oval shaklda. Kichigi tariqdek, kattasi bir tiyinlik chaqadek keladi. Tugunchalarning ko’p qismi qizg’ish-pushti rang, ba’zilari to’q qizil tus olgan, yuzasi notekis va xira, yorug’da yaltiramaydi. Tirsak va qorin sohalarida bitta-ikkita yallig’langan dog’lar ham mavjud. Bu pushti rang dog’lar noto’g’ri aylana shaklida bo’lib, mosh-loviyadek keladi. Ko’p tugunchalar atrofidagi teri qizargan, sezilar-sezilmas shishgan, ya’ni izomorf reaktsiya kuzatilmoqda. Ikkilamchi toshma elementlaridan faqat qipiqlar mavjud, ular asosan terining tirsak va tizza sohalarida ko’proq kuzatilmoqda. Qipiqlarning talay qismi tangachasimon bo’lib, qisman kepaksimon, hammasi kumush rangli. Bunday qipiqlar bilai asosan hajmi kattaroq tugunchalar qoplangan. Tanlab qirtishlangan tugunchada qo’’bus uchligi (stearpi dog’i, oraliq parda, qonli shudring) belgilari musbat natijalar berdi. Sub’ektiv sezgilardan bemorni qisqa muddatli, unchalik kuchli bo’lmagan qichishish bezovta qilmoqda. Qichishish goh kunduzi, gohi tunda paydo bo’lib, bemor uyqusiga ta’sir etganicha yo’q. Dastlabki tashxis - qipiqsimon temiratki (qo’’bus), tarqalgan shakli, rivojlangan bosqichda. Uchuqsimon dermatozga chalingan D. ismli bemor bola kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan ko’chirma ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI Teridagi patologik jarayon tarqalgan tus olgan. Toshma elementlari og’iz atrofida, ikkala elka soha-sida, qorin, chov va sonning ichki yuzalarida joylashgan. Birlamchi toshmalardan pufak, pufakcha, yiring va qavarchiqlar kuzatilmoqda. Mazkur elementlar og’iz atrofida va elka sohalarida tarqoq joylashgan. Qorin terisida, sonning ichki sathlarida va chov sohalarida to’p-to’p bo’lib joylashgan bo’lib, atrof teridagi kam sonli toshmalarning ham guruhlanishga moyilligi sezilib turibdi. Pufaklar son jihatidan pufakchalardan ko’proq, aylana-oval shaklda, ularning pardasi mustahkam, seroz. suyuqligi ko’rinib turibdi. To’plangan pufakli toshmalarning pufak pardasi yirtilishi natijasida chov va son sohalarida nam suvlashgan o’choqlar hosil bo’lgan. Nikolskiy va subepidermal perifokal ko’chish belgilari manfiy. Terining barcha zararlangan sohalarida o’tkir yallig’lanish belgilari (qizarish, shishish, maddalanish) ko’zga yaqqol tashlanmoqda. Eritematoz dog’lar sathida mahalliy harorat ko’tarilmagan, bir tusli qizg’ish, shaklsiz. Terining sochli qismlarida soch to’kilishi yoki sinishi belgilari ko’rinmaydi. Barmoqlar va tirnoqlarda patologik o’zgarishlar yo’q. Sub’ektiv noxush sezgilardan qichishish va og’riq bezovta qilmoqda. Yuz va chov sohalaridagi toshmalar asosan og’riq bilan, qorin va elka terisida joylashganlari esa ko’pincha qichishish bilan kechmoqda. Kaliy yodidning 50% li malhami bilan o’tkazilgan teri-allergnk sinamasi musbat natija berdi. Pufak suyuqligi Ttsank usulida tekshirilganda katta miqdorda eozinofillar topildi, akantolitik hujayralar esa topilmadi. Dastlabki tashxis - uchuqsimon dermatoz (Dyuring kasalligi). Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling