Асосий касалликнинг баёии


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/37
Sana19.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1620272
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37
Bog'liq
teri va tanosil kasalliklari

Po’rsildoqqa chalingan S. ismli bemor bola kasallik tarixining asosiy kasalligi 
bayonidan ko’chirma 
ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI 
Terida kuzatilayotgan patologik jarayon tarqalgan tus olgan. Toshma elementlari yuz 
terisida, qorin va ko’krak sohalarida joylashgan. 
Birlamchi toshma elementlaridan pufaklar ko’rinib turibdi. Yuz terisidagi pufaklarning 
kattaligi o’rikning danagidek, ko’krak va qorin sohasida esa uch-besh tiyinlik chaqadek 
keladi. Pufaklarnipg ko’p qismi aylana-oval shaklda, ba’zilari noto’g’ri ovalsimon 
bo’lib, ularniig pardasi nozik va tez yirtiluvchanligi ma’lum bo’ldi. Pufaklar asosan 
seroz suyuqligi bilan, ba’zilari seroz-yiringli suyuqlik bilan to’lgan. Toshmalar 
atrofidagi teri o’zgarmagan, rangi tabiiy, yallig’lanish belgilari ko’rinmaydi. 
Ikkilamchi toshma elementlaridan shilinish (eroziyalar) kuzatilmoqda. Eroziyalar yuz 
terisida aylana-oval shaklga ega bo’lib, betartib joylashgan, bir-biridan ajralgan holda 
ko’rinmoqda. Ko’krak sohasida joylashgan eroziya juda katta, ayniqsa ular bir-biri 
bilan qo’shilib ma’lum sohani egallagan, kattaligi 4x7x8 sm gacha keladi. Qorin 
terisida joylashgan eroziya o’choqlari ham betartib joylashgan bo’lib, bir-biri bilan 
qo’shila boshlagan. 
Asbo-Xansen va Nikolskiy simptomlari musbat. 
Endigina pufak pardasi yirtilgan eroziyalariing nam yuzasidan tayyorlangan bosma-
surtmalarda bir necha akantolitik hujayralar (Ttsapk bo’yicha) topildi. 
Dastlabki tashxis - odatdagi po’rsildoq pufakli yara. 
So’zakka chalingan S. ismli bemor qiz kasallik tarixining asosiy kasalligi bayonidan 
ko’chirma 
ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI 


Siydik-tanosil a’zolarining terisi va shilliq qavatlarida kuzatilayotgan patologik jarayoi 
tarqalgan tus olgan. Kichik jinsiy lablar, qin dahlizi, qin, siydik yo’li va orqa chiqaruv 
teshigi sohalarida yallig’lanish belgilari kuzatilmoqda. 
Katta va kichik jinsiy lablar terisining tashqi yuzasi bir oz qizargan va shishgan, ichki 
yuzasida esa o’tkir yallig’lanish belgilari yaqqol ko’zga tashlanib turibdi. Jinsiy lablar 
terisi tabiiy yoriqdan oqqan yiringli suyuqlik qurishi natijasida hosil bo’lgan sarg’ish-
yashil qatqaloqlar qatlami bilan qoplangan. 
Qin dahlizi qip-qizil, sezilarli shishgan. Dahliz shilliq qavatining barcha sohalari mayda 
eroziya o’choqlari bilan to’lgan. Shilinish o’choqlarining o’rtasida yashil yiring 
tomchilari bor. Qin dahlizining pastki sathida yiring to’plangan o’choq kuzatilmoqda. 
Qin pardasida ham o’tkir yallig’lanish alomatlari yaqqol ko’rinib turibdi. Qin devorlari 
qizarib shishgan, yiringli suyuqlik oqishi va qisman qotishi natijasida qalinlashgai, shu 
sababli qin yo’li toraygan. Qin tubida yiring-li seroz suyuqlik katta miqdorda 
to’plangan. 
Siydik chiqarish naychasi boshidan oxirigacha yallig’langan, bosib ko’rilganda qattiq 
og’ridi. Naychaning pastki devoriga bosish undan yiringli suyuqlikning chikishiga olib 
keldi, shuningdek bir oz siydik ajralib chiqdi. 
Oraliq sohasi va orqa chiqaruv teshigining atrofidagi terida qizarish, shishish kabi 
belgilardan tashqari terining maddalaganligi va o’sha o’choqlardan suvlanish kuzatildi. 
Yallig’lanish o’choqlarining atrofida qipiqlanish ko’rindi, teri och pushti yoki 
yashilsimon-sarg’ish tus olgan. 
Qin dahlizi, qin va siydik chiqarish kanalidagi yiringli suyuqliklardan tayyorlangan 
surtmalarda Nyoysser gonokokklari ko’p miqdorda topildi. 
Dastlabki tashxis - yangi so’zak, so’zak vulvovaginiti, so’zakli uretrit. 
Birlamchi zaxm bilan og’rigan bemorning kasallik tarixi asosiy kasalligi bayonidan 
ko’chirma 
ASOSIY KASALLIKNING BAYoNI 
Terida kuzatilgan patologik jarayon chegaralangan tus olgan. 
Toshma elementi yara ko’rinishida bo’lib, yuz pastki labining chap yarmida joylashgan, 
aylana shaklida, qizg’ish rang, kattaligi no’xatdek keladi. Yaraning chetlari 
chegaralangan, sog’lom teridan aniq ajralib turibdi va teri sathidan bir oz ko’tarilgan. 
Uning tubi tekis, yaltiroq, sezilar-sezilmas seroz suyuqligi bilan qoplangan. Yara 
tubida, uning markazida mayda gemorragiyalar kuzatilmoqda. Yara atrofidagi teri va 
shilliq qavat tabiiy rangda, o’tkir, yallig’lanish belgilari ko’rinmaydi. Og’iz 
bo’shlig’ining shilliq qavatida patologik o’zgarishlar va toshmalar yo’q. Ammo shilliq 
qavat, ayniqsa yuqori va qattiq tanglay shilliq qavatlari qalinlashgan. Til bir oz 
kattalashgan, undagi so’rg’ichlar birmuncha rivojlangan. 
Periferik limfa tugunlaridan jag’ osti va quloq oldi bezlari kattalashgan. Jag’ osti 
tugunlari no’xatdek, quloq oldi sohasida joylashganlari esa moshdek keladi. 
Paypaslanayotgan limfa bezlari og’riqsiz, juda harakatchan, atrof to’qima bilan 
chatishmagan. Shuningdek, kattalashgan tugunlar ustidagi va atrofidagi terida patologik 
o’zgarishlar sezilmaydi. 
Bemor tanasini va qo’l oyoqlarini qoplagan terining barcha sohalarida toshma 
elementlari va ularning izlari topilmadi. 
O’tkazilgan dastlabki laboratoriya tekshiruvlari natijasida yaradan ajratib olingan 
to’qima suyuqligidan rangpar treponemalarning katta miqdori topildi. 
Klassik serologik reaktsiyalar manfiy natijalar berdi. 
Dastlabki tashxis - birlamchi seromanfiy zaxm. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling