Асосий касалликнинг баёии
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
8-masala.
Tibbiy ko’rikdan o’tayotgan N. ismli ayolni tekshirgan ginekolog qo’yidagilarni aniqladi: bachadon bo’ynidan yiringli suyuqlik ajralib turibdi, qinning tubi seroz oqimtir suyuqlik bilan to’lgan. Uretraning ogzi kengaygan, qizargan. Uning pastki devoriga bosilganda yiringli suyuqlik paydo bo’ldi. Bachadon bo’ynining o’ng tarafida diametri 1sm keladigan eroziya mavjud. Eroziya qip-qizil, tubi yaltiroq, chetlari bir oz ko’tarilgan, bosib ko’rilganda og’rimaydi. N. bilan suhbatlashgan ginekolog, uning bir oy ilgari notanish kishi bilan jinsiy aloqada bo’lganligini aniqladi. N. o’zini sog’lom hisoblaydi. Qanday kasallik to’g’risida fikr yuritish lozim? Kasallikni aniqlash uchun qanday choralar ko’rish lozim? 9-masala. Stomatolog qabulida bo’lgan bemorning qattiq tanglayida yara aniqlandi. Yara bir dona, kattaligi no’xatdek, ovqatlanganda og’rib, taom o’tishi qiyinlashgan edi. Yoriqsimon shaklga ega bo’lgan bu yaraning usti nekrotik parda bilan qoplangan, tubi chuqurlashib, teshilishiga oz qolgan edi. Bemorning gapiga qaraganda yara bir necha oydan buyon mavjud. Etti-sakkiz yyl avval ich terlama bo’lgan ekan. 1. Qanday kasalliklar to’g’risida fikr yuritish mumkin? 2. Zaxm bor-yo’qligini aniqlab bo’ladimi? 10-masala. Ruhiy kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan va yoshligida zaxm o’tkazgan D. ismli bemorga rivojlangan falajlik degan tashxis qo’yildi. Uning rafiqasi klinik tekshiruvdan o’tkazilganda zaxm belgilari topilmadi. Biroq, serologik reaktsiyalarning barchasi musbat natijalar berdi. Rentgenologik tekshiruvda aorta bosh tomirining yoyi kengayganligi (anevrizma) aniqlandi. 1. D. ning rafiqasiga qo’ygan tashxisingizni ayting. 2. Qanday epidemiologik choralar ko’rmoqchisiz? 11- masala. Bolalar kasalxonasiga keltirilgan 2 oylik go’dakda quyidagi o’zgarishlar aniqlandi: o’pkaning ikkala qismi ham yallig’langan, o’zi nimjon, terisi qurib bujmaygan, burni bitib qolganidan qiynalib nafas olmoqda, qorni juda katta, jigar va talog’i kattalashgan. Qo’lning kafti va oyoq kafti terisi qizarib shishgan, madda to’planib, qattiqlashgan, yaltiroq. 1. Go’dakka dastlabki tashxis qo’ydingizmi? 2. Bemor bolada barcha klinik belgilarga izoh bering. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling