Асосий касалликнинг баёии
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
teri va tanosil kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17- masala.
16- masala.
A. ismli 22 yoshdagi yigit 1991 yil 8 sentyabrda teri kasalliklari dispanseriga moyak xaltasining terisiga yara chiqqanligi tufayli murojaat etdi. Bemorning anamnezidan uning 24 avgustda K. ismli noma’lum ayol bilan jinsiy aloqada bo’lganligi ma’lum bo’ldi. A. ikki yil avval uylangan, bolasi yo’q. Hozirgi paytgacha turmush o’rtog’i bilan yashaydi, tanosil kasalliklari haqida tushunchaga ega emas. Uch kun avval oxirgi marta jinsiy aloqada bo’lgan. Keyingi to’rt hafta ichida dori moddalari, jumladan aitibiotiklar qabul qilmagan. Bolaligida Botkin kasalligini o’tkazgan, ba’zan jigari bezovta qilib turadi. Uch oy ilgari oshqozon yarasi tufayli jarrohlik muolajasini o’tkazgan. Ob’ektiv tekshiruv ma’lumotlari: moyak xaltasining chap yarmida aylana shaklida eroznya kuzatilib, kattaligi bir tiyinlik chaqadek keladi. Eroziya noxush belgilarsiz, go’sht-qizil rangli. Yara tubidan oz miqdorda seroz suyuqlik ajralib turibdi, shu sababli yaltirok,. Eroziya ostida qattiq madda paypaslandi. Limfa tugunlaridan quyidagilari paypaslandi: chap tomondagi chov tuguni o’rikning danagidek, o’ng tomondagisi - no’xatdek. Ular qattiq, harakatchan, noxush belgilarsiz. Tugunlar ustidagi terida yallig’lanish belgilari kuzatilmaydi. Teri va shilliq qavatlarning boshqa sohalarida toshmalar yo’q. Savollar: 1. Sizniig dastlabki tashxisingiz? Aniq klinik tashxis qo’yish uchun qanday anamnestik, klinik, laboratoriya ma’lumotlari zarur (olinadigan ma’lumotlarning turiga qarab, tashxisni izohlang) ? Qattiq yapa suyuqligida oqish treponemalar topilmasa, sizning xulosangiz? 17- masala. G. ismli 19 yoshli qizni tish og’rig’i stomatologga etaklab keldi. Og’iz bo’shlig’ini sinchkovlik bilan tekshirgan vrach chap bodomcha bezi sohasida «yara» borligini ko’rib qoldi. Bezni qoplab turgan shilliq qavatning shilinganligini G. bilmas edi, chunki toshma uni bezovta qilmas edi. Mazkur jarayonni oddiy stomatitlarga o’xshamasligini sezgan stomatolog qizni venorologga yuborishga qaror qildi. Teri kasalliklari dispanserida bodomcha bezining yarasi atroflicha o’rganildi, undan ajralib chiqayotgan suyuqlikdan rangpar spiroxetalar topildi. G. ning anamnezidan quyidagilar ma’lum bo’ldi: turmushga chiqmagan, ota-onasi bilan yashaydi, B. ismli yigit bilan muntazam jinsiy yaqinlik qilib turadi (unga turmushga chiqishga hozirlanayotgan ekan). Boshqa shaxslar bilan jinsiy aloqada bo’lmagan. Ob’ektiv tekshiruv ma’lumotlari: chap bodomcha bezining shilliq qavatida oval shaklida bitta yara joylashgan, kattaligi loviyadek, tubi chuqur va yaltiroq, rangi qizg’ish. Yaraning asosida qattiq madda bor. Bo’yin, jag’ osti, qo’ltiq va bilak limfa tugunlari kattalashgan (no’xatdan o’rik danagigacha). KSR (VR, KR, ZVR) natijalari o’ta musbat. O’sha kuniyoq bemorga birlamchi seropozitiv zaxm tashxisi qo’yildi va davolash boshlandi. 400 000 TB penitsillin eritmasi yuborilgandan 2 soat o’tgach, bemorning tana harorati ko’tarila boshladi, boshi og’rib, ko’ngli noxush bo’ldi. So’ngra qaltiroq tutdi, isitmasi 39° gacha ko’tarildi. Qorin terisining yon sathlarida mayda yallig’langan dog’lar paydo bo’ldi. Ertasi kuni toshma elka va bilak sohalariga toshdi. Savollar: 1. Bodomcha bezidagi yaraning tabiatini aniqlang va izohlang. Penitsillin yuborilgandan so’ng namoyon bo’lgan noxush belgilarga klinik baho bering. Bemor tashxisini muhokama qilib, to’g’ri-noto’g’riligini so’zlab bering. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling