Асосий воситалар эскириши хисоби ва аудити


-jadval  Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali


Download 335.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana03.12.2023
Hajmi335.23 Kb.
#1806478
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
asosiy vositalar hisobi

1-jadval 
Kompyuterga amortizatsiya hisoblash jadvali 
so‘m 
Yil 
oxiri 
Boshlang‘ich 
qiymati 
Yillik amortizatsiya 
Jamlangan 
eskirishi 
Qoldiq 
qiymati 
summa 
D-t K-t 

2680000 
520000 9420 0250 
520000 
2160000 

2680000 
520000 9420 0250 
1040000 
1640000 

2680000 
520000 9420 0250 
1560000 
1120000 

2680000 
520000 9420 0250 
2080000 
600000 

2680000 
520000 9420 0250 
2600000 
80000 
 
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash 
(ishlab chiqarish usuli). 
Amortizatsiyani hisoblashning ishlab chiqarish usuli har bir muayyan 
yildagi asosiy vositalar ob’ektining mahsulotlarini hisobga olishga asoslangan. 
Mazkur usul bo‘yicha har yillik amortizatsiya hajmini hisob-kitob qilish uchun 
butun foydali ishlatish muddatidagi umumiy baholangan mahsulotlar 
yig‘indisini va mazkur muayyan yildagi mahsulotlarni aniqlash lozim. Mahsulot 
sifatida ishlab chiqariladigan mahsulot birliklari soni, ishlangan soatlar soni
o‘tib bo‘lingan tonna-kilometrlar soni va boshqalar olinishi mumkin. 
Misol. «Elita» MChJ «Matiz» engil avtomobilini xarid qildi. Uning 
kutilayotgan umumiy bosib o‘tadigan yo‘li 500000 km, boshlang‘ich qiymati 
25000000 so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi qoldiq (tugatish) qiymati 
3000000 so‘mni tashkil etadi. Hisobot davrida 10000 km yo‘l bosishi kerak. 
Hisob siyosatida amortizatsiya ishlab chiqarish usulini qo‘llash bilan 
hisoblanishi nazarda tutilgan.
Oldin amortizatsiyalanadigan qiymatni aniqlaymiz. Amortizatsiya-
lanadigan qiymat 22000000 so‘m (25000000 so‘m - 3000000 so‘m)dan iborat. 
Keyin bajarilgan ish hajmining bir birligi, ya’ni har bir kilometrga to‘g‘ri 


11 
keladigan amortizatsiya summasini aniqlaymiz. Har bir kilometrga to‘g‘ri 
keladigan amortizatsiya summasi 44 so‘m (22000000so‘m/ 500000 km)ni 
tashkil etadi. 
Hisobot davrida amortizatsiya ajratmasi summasi 440 000 so‘mga teng: 
10 000 km x 44 so‘m. 
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli. 
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli 
amortizatsiyani hisoblash davrida amortizatsiyalanadigan aktiv qiymatining 
kamayishini anglatadi. Mazkur usulga ko‘ra teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) 
hisoblash usulidan ikki baravar amortizatsiya me’yori mazkur hisobot davridagi 
asosiy vositaning tegishli qoldiq qiymatiga ko‘paytiriladi. Ikki baravar 
amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli bo‘yicha amortizatsiyani 
hisoblashda faraz qilinayotgan tugatish qiymati boshlang‘ich (tiklash) 
qiymatidan chegirilmaydi. 
Ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida 
yillik amortizatsiya ajratmalari summasi hisobot yili boshidagi asosiy vositalar 
ob’ektining qoldiq qiymatidan va mazkur ob’ektni foydali ishlatish muddatiga 
bog‘liq holda hisoblangan amortizatsiyaning ikki baravar me’yoridan kelib 
chiqqan holda aniqlanadi. 
Misol. «Elita» MChJ kesuvchi dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich 
qiymati 52000 ming so‘mni, foydalanish muddati oxiridagi tugatish qiymati 
2000000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. Hisob siyosatida 
amortizatsiya ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish 
usulini qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. Bunda to‘g‘ri chiziqli usulda 
amortizatsiya me’yori har bir yil uchun 20 % (100 %/5)ni tashkil etadi. Ikki 
baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usulida amortizatsiya 
me’yori 40 % (2 x 20 %)ga teng bo‘ladi. Ushbu qatiy belgilangan 40 % stavka 
hisobot yili boshidagi balans qiymatiga nisbatan foydalaniladi. 
Foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya ajratmasining yillik 
summasi dastgohni buxgalteriya hisobiga qabul qilinganda shakllangan 
boshlang‘ich qiymatidan kelib chiqib 20800000 so‘m (52000000 so‘m x 40 
%/100) qilib aniqlanadi. Foydalanishning ikkinchi yilida amortizatsiya 40 foiz 
miqdorda yil boshidagi qoldiq qiymatidan, ya’ni ob’ektning boshlang‘ich 
qiymati va birinchi yil uchun hisoblangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi 
farqdan hisoblanadi va 12480000 so‘m (52000000 - 20800000 so‘m) x 40 % / 
100)ni tashkil etadi hamda keyingi yillar uchun shu zaylda davom ettiriladi. 
Yillar summasi u su li (kumulyativ usul) 
Yillar summasi usuliga (kumulyativ usulga) muvofiq har yili amor-
tizatsiya 
me’yori 
amortizatsiya 
muddati 
oxiriga 
qadar 
qoladigan 
amortizatsiyalanadigan qiymatga ulush sifatida aniqlanadi. Ulush amortizatsiya 
ajratmalari tugaguniga qadar qoladigan to‘liq yillar sonini amortizatsiya 
muddatini tashkil qiladigan yillar tartib sonlari summasiga bo‘lish orqali 
aniqlanadi. 
Misol. «Elita» MChJ bo‘yoq quysh dastgohiga ega. Uning boshlang‘ich 
qiymati 60 000 000 so‘mni, foydali xizmat muddati 5 yilni tashkil etadi. 


12 
Masalan, hisob siyosatida amortizatsiya yillar summasi usuli (kumulyativ 
usuli)ni qo‘llash bilan hisoblanishi nazarda tutilgan. 

Download 335.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling