Asosiy astrofizik instrumentlar. Teleskop kamera va markazlashgan sistema sifatida
Download 279.59 Kb.
|
1-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galiley
Asosiy astrofizik instrumentlar.Teleskop kamera va markazlashgan sistema sifatida.Teleskop sistemasi. Teleskopning kattalashtirishi. Okulyarlar. Kamera. Masshtab. Teleskopning ajrata olish kuchi. Teleskop. Teleskop – asosiy astronomik asbobdir. Teleskopning vazifasi – tekshirilayotgan osmon jismlaridan kelayotgan yorug`likni iloji boricha ko`proq yig`ish va (vizual kuzatishlarda) osmon jismlarining ko`rinma burchagini kattalashtirishdan iborat. Teleskopning asosiy optik qismi obyektiv bo`lib, u manbadan kelayotgan yorug`likni yig`adi va uning tasvirini hosil qiladi. Agar teleskopning obyektivi linza yoki linzalar sistemasidan iborat,agar teleskop ob’ektivi faqat qavariq ko’zguli bo`lsa, u holda bunday teleskopni refraktor deyiladi, agar obyektivi botiq ko`zguli bo`lsa, bu holda reflektor deyiladi. Teleskop yig`adigan yorug`lik energiyasi obyektiv o`lchamiga bog`liq. Obyektiv sirti qancha katta bo`lsa, bu teleskop orqali shuncha kuchsiz ravshanlikdagi yoritgichlarni kuzatish mumkin. (19-rasm) 19-rasm Refraktorda nurlar obyektivdan sinib o`tadi va fokal tekisliklarda osmon jismining tasvirini hosil qiladi. Reflektorlarda nurlar botiq ko`zgudan qaytadi va fokal tekisliklarda yig`iladi. Osmon jismining obyektiv hosil qilgan tasvirini okulyar deb ataladigan linza orqali kuzatish yoki fotosuratga olish mumkin. Teleskop Quyosh, Oy, planetalar va ular sirtidagi detallarning ko`rinma burchak kattaligini, yoritkichlar orasidagi ko`rinma burchak masofalarini kattalashtirib beradi. Ammo yulduzlar bizdan juda uzoqda bo`lgani sababli ular istalgan teleskopda ham nurlanayotgan nuqta ko`rinishidagina namoyon bo`ladi. Teleskopda odatda to`nkarilgan tasvir hosil bo`ladi, ammo kosmik jismlarni kuzatishda buning hech qanday ahamiyati yo`q. Okulyatorga qo`shimcha linza kiritilsa, teleskop tasvirni to`g`ri ko`rsatadigan kuzatuv durbiniga aylanadi, lekin bunda yorug`likning ma`lum qismi yo`qoladi. Teleskoplar bilan kuzatishda 500 martadan ortiq kattalashtirish kamdan-kam qo`llaniladi. Teleskopning kattalashtirishi qancha kuchli bo`lsa, tasvirning bo`zilishi shuncha sezilarli bo`ladi. Eng katta refraktor obyektivining diametri 102 sm (AQSH, Klark) ga teng. Dunyodagi eng katta reflektorning botiq ko`zgusi diametri 6 m (Rossiya, Ioannisiani). Bu teleskop, Kavkaz tog`larida o`rnatilgan bu teleskop oddiy ko`z bilan bevosita ko`rish mumkin bo`lgan yulduzlarga nisbatan o`nlab million marta xira yulduzlarni kuzatish imkonini beradi. Refraktor teleskop asoschisi Galiley va reflektor teleskop asoschisi esa Nyuton hisoblaniladi. Dunyodagi eng katta teleskop 1974-yilda Rossiyaning Stavropol o`lkasida qurilgan bo`lib, bu teleskop haqidagi ma`lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan: Download 279.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling