Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida asosiy fondlarlarning tarkibi va tuzilishi
Asosiy fondlarning turlari, tarkibi va ko‘rsatkichlari
Download 38.42 Kb.
|
1 2
Bog'liqAsosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sif
Asosiy fondlarning turlari, tarkibi va ko‘rsatkichlari
Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni natural baholash-hhlzb chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalami ta’mirlash uchun ularning guruh va turlari bo‘yicha graflklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash, asosiy fondlar va ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy fondlaming umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy fondlaming turlar bo ‘yicha tuzilmasini aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o‘lchanadi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o ‘rinda uning aktiv qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko'paytirishga yo‘naltirilgan takomillashtirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Ulaming ulushi qanchalik yuqori bo‘Isa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori shunchalik katta bo‘ladi va aksincha. Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ulaming yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan awaldan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Asosiy fondlaming turlar bo‘yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o‘tkazadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda vafan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchan- roq, ulaming boshqaruvi moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi. «Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlam ing yoshi, birinchi o‘rinda mashina va asbob uskunalarningyoshi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalaming ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quwatlari shunchalik past boiadi, Inqiroz yillarida ko‘plab davlatlar o‘z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag‘lami yo‘naltirishga majbur bo‘ldi. Bu, o‘z navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda katta miqdordagi davlat budjeti taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, moliyaviy nomutanosiblikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo'linadi.Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o‘zining rivojlanish davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma -bosqich eskirib, o‘z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o ‘tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi. Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va boshqa madaniy-maishiy xizmat ko'rsatuvchi obyektlar kiradi. Ishlab chiqarish fondlaridan farqli o ‘laroq ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi va o‘zinikining qiymatini mahsulotga o‘tkazmaydi. Ularning qiymati iste’molda yo‘q bo‘lib ketadi. Ularning, o ‘rni toMdirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi. Noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligiga bevosita ta’sir o'tkazmasada, ishchilar turmush sharoiti bilan bog‘liq holda, albatta korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasiga ta’sir qiladi. Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy o'xshashligiga qaramasdan, umumiy maqsadi va xizmat qilish muddati bilan farqlanuvchi mehnat vositalarining asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ulami alohida xususiyatlari bo‘yicha muayyan guruhlarga ajratish zarurati tug‘iladi. Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga bo'linadi: • yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo‘lgan tabiatdan foydalangan obyektlari (suv yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar). • binolar (ishlab chiqarish - texnik, yordamchi binolar va boshqalar); • inshootlar (injenerlik qurilish obyektlari, ishlab chiqarishga yordamlashuvchi inshootlar); • uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari); • mashina vajihozlar; • hisoblash texnikasi; • transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish) • qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko‘p bo‘lgan asbob va moslamalar; • ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari; • xo‘jalik ichidagi yo‘llar. Asosiy fondlar alohida guruhlari o‘rtasidagi nisbat asosiy fondlaming qaysi guruhi uchun mablag4 sarflanishi jamiyat uchun ahamiyatsiz emas. Chunki korxonalami ishab chiqarishda asosiy o‘rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xarakterlay- digan asosiy fondlaming aktiv qismi - mashina va jihozlaming ko‘payishi qiziqtiradi. Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlarasosiy fondlaming passiv qismiga kiradi.Asosiy ishlab chiqarsh fondlari qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning o‘sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi. Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to‘g‘ri tashkil etish ishlab chiqarishning o4sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pill mablag4 larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi. Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasi bir xil bo4lmaydi. Masalan, yengil va oziq- ovqat sanoatida binolar asosiy o4rin egallaydi (44-46%), yonilg4i sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va jihozlar asosiy o4rin egallaydi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi omillar bo4lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xarakteri, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi hamda korxonaning iqlim va geografik joylashishi va xususiyatlari hisoblanadi. Birinchi omil binolaming qiymati va o4lchamiga, transport vositalari va o4tkazish qurilmalarining hissasiga ta’sir qiladi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi maxsus ishchi mashina va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va to4rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko4rsatadi. Asosiy fondlar tarkibidagi bino va inshootlar hissasi iqlim sharoiti bilan ham bog‘liq. Quyidagilar asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilishining yaxshilanishga olib keladi: • uskunalami yaxshilash va zamonaviylashtirish; • uskunalar, xususan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan stanoklar, avtomatlashtirilgan va yarim avtomatlashtirilgan stanoklar, universal va murakkab stanoklar, avtomatik liniyalar hamda hisoblash- dasturlash stanoklari tuzilishini takomillashtirish; • bino va inshootlardan optimal foydalanish, bo‘sh turgan joylarga qo‘shimcha uskunalar o‘matish; • korxonaning qurilish loyihalarini to‘g‘ri tuzish va qurilish rejasini sifatli qilib amalga oshirish; • ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalami tugatish. Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul shaklida olib boriladi. Asosiy fondlarni baholashdan oldin mashinalar soni, ularning unumdorligi, quw ati, ishlab chiqarish maydonining o‘lchami va boshqa natural shakldagi miqdoriy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Bu ma’lumotlar tarmoq va korxona ishlab chiqarish quwatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda, uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida uskunalar inventarizatsiya qilinadi va ularni hisobdan chiqarish, hisobga kiritish amalga oshiriladi, Asosiy fondlarni pul (qiymat) shaklida baholash asosiy fondlarning takror ishlab chiqarishini rejalashtirish, eskirish me’yorini va amortizatsiya ajratmalari miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini aniqlash uchun zarur hisoblanadi. Asosiy fondlarni baholashning boshlang‘ich, qayta tiklanish va qoldiq qiymat ko‘rilishlari foydalaniladi. Download 38.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling