Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sifatida asosiy fondlarlarning tarkibi va tuzilishi


Asosiy fondlarning turlari, tarkibi va ko‘rsatkichlari


Download 38.42 Kb.
bet2/2
Sana15.03.2023
Hajmi38.42 Kb.
#1271627
1   2
Bog'liq
Asosiy fondlar qurilishning ishlab chiqarish va resurs asosi sif

Asosiy fondlarning turlari, tarkibi va ko‘rsatkichlari
Xo‘jalik amaliyotida asosiy fondlar natural va qiymat ko‘rinishida 
hisobga olinadi. Agar asosiy fondlarni 

natural baholash-hhlzb 
chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish masalalarini hal qilish, asbob-uskunalami ta’mirlash uchun ularning guruh
va turlari bo‘yicha graflklar tuzish, shuningdek, ta’mirlash vositalariga bo'lgan ehtiyojni aniqlash imkonini bersa, 

qiymat bo‘yicha baholash esa, asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishni rejalashtirish, ularning mavjud hajmini aniqlash, amortizatsiya hajmini belgilash,
asosiy fondlar va ishlab chiqarish quwatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilish va hokazolarda muhim ahamiyat kasb etadi.
Asosiy fondlaming umumiy hajmida alohida guruhlarining qiymat 
bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy fondlaming turlar bo ‘yicha tuzilmasini 
aks ettiradi hamda amaliyotda foizlarda o‘lchanadi. Korxona asosiy 
ishlab chiqarish fondlari tuzilmasining, birinchi o ‘rinda uning aktiv 
qismini - mashina va asbob-uskunalarni ko'paytirishga yo‘naltirilgan 
takomillashtirishdan manfaatdor bo‘lishi lozim. Ulaming ulushi 
qanchalik yuqori bo‘Isa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar miqdori 
shunchalik katta bo‘ladi va aksincha.
Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ulaming yangi qurilish va qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish bilan awaldan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Asosiy fondlaming turlar bo‘yicha tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi ham katta ta’sir o‘tkazadi.
Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan ta’minlashda vafan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar harakatchan- roq, ulaming boshqaruvi moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi.
«Korxona iqtisodiyoti»ga ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy fondlam ing yoshi, birinchi o‘rinda mashina va asbob uskunalarningyoshi katta ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda mashina va sanoat 
uskunalarini yosh bo‘yicha guruhlashda taxminan quyidagi muddatlardan kelib chiqiladi: 5 yilgacha, 5 yildan 10 yilgacha, 10 yildan 15 yilgacha, 15 yildan 20 yilgacha, 20 yildan 25 yilgacha va hokazo. Mashina va uskunalaming ekspluatatsiya muddati qanchalik yuqori bo‘lsa, korxonaning ishlab chiqarish quwatlari shunchalik past boiadi,
Inqiroz yillarida ko‘plab davlatlar o‘z iqtisodiyotiga, ayniqsa, moliya-bank sohasini saqlab qolish maqsadida aynan shu sohaga ulkan mablag‘lami yo‘naltirishga majbur bo‘ldi. 
Bu, o‘z navbatida, bir qator davlatlarda, avvalo, rivojlangan mamlakatlarda 
katta miqdordagi davlat budjeti taqchilligi va davlat qarzlarini keltirib chiqardi, 
moliyaviy nomutanosiblikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Asosiy fondlar kengaytirilgan takror ishlab chiqarishdagi ishtirokiga 
ko‘ra ishlab chiqarish va noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo'linadi.Ishlab chiqarish asosiy fondlari moddiy ishlab chiqarish sohasida qatnashadi. U o‘zining rivojlanish davomida ishlab chiqarish jarayonida bir necha marta ishlatiladi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari bosqichma -bosqich eskirib, o‘z qiymatini
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga qismlab o ‘tkazib boradi. Ular amortizatsiya ajratmalari hisobiga qoplanadi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlariga korxona balansida turgan, 
xodimlarga xizmat qiladigan turar joylar, bog‘cha, sport muassasalari va 
boshqa madaniy-maishiy xizmat ko'rsatuvchi obyektlar kiradi. Ishlab 
chiqarish fondlaridan farqli o ‘laroq ular ishlab chiqarish jarayonida 
qatnashmaydi va o‘zinikining qiymatini mahsulotga o‘tkazmaydi. 
Ularning qiymati iste’molda yo‘q bo‘lib ketadi. Ularning, o ‘rni 
toMdirilmaydi. Ular korxona foydasi hisobiga takror ishlab chiqariladi.
Noishlab chiqarish asosiy fondlari ishlab chiqarish hajmi va mehnat 
unumdorligiga bevosita ta’sir o'tkazmasada, ishchilar turmush sharoiti 
bilan bog‘liq holda, albatta korxonaning xo‘jalik faoliyati natijasiga 
ta’sir qiladi.
Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy o'xshashligiga 
qaramasdan, umumiy maqsadi va xizmat qilish muddati bilan farqlanuvchi
mehnat vositalarining asosiy qismini tashkil etadi. Shuning uchun ulami alohida xususiyatlari bo‘yicha muayyan guruhlarga ajratish zarurati tug‘iladi.
Korxona asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagi guruhlarga 
bo'linadi:
• yer uchastkalari, egalik qilish huquqiga ega korxonaga tegishli bo‘lgan tabiatdan foydalangan obyektlari (suv yer osti boyliklari, boshqa tabiiy resurslar).
• binolar (ishlab chiqarish - texnik, yordamchi binolar va boshqalar);
• inshootlar (injenerlik qurilish obyektlari, ishlab chiqarishga 
yordamlashuvchi inshootlar);
• uzatish qurilmalari (elektr uzatish shaxobchalari);
• mashina vajihozlar;
• hisoblash texnikasi;
• transport vositalari (ichki va tashqi ishlab chiqarish)
• qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ko‘p bo‘lgan 
asbob va moslamalar;
• ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari;
• xo‘jalik ichidagi yo‘llar.
Asosiy fondlar alohida guruhlari o‘rtasidagi nisbat asosiy fondlaming qaysi guruhi uchun mablag4 sarflanishi jamiyat uchun ahamiyatsiz emas. Chunki korxonalami ishab chiqarishda asosiy o‘rin egalaydigan va ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xarakterlay- digan asosiy fondlaming aktiv qismi - mashina va jihozlaming ko‘payishi qiziqtiradi.
Asosiy fondlar aktiv qismining normal ishlashini ta’minlaydigan binolar, inshootlar, inventarlarasosiy fondlaming passiv qismiga kiradi.Asosiy ishlab chiqarsh fondlari qiymatida jihozlar hissasining oshishi boshqa teng sharoitlarda ishlab chiqarishning o‘sishiga va fondlar qaytimining oshishiga olib keladi.
Shuning uchun aosiy fondlar strukturasini to‘g‘ri tashkil etish ishlab 
chiqarishning o4sishiga, tannarxning pasayishiga va korxona pill 
mablag4 larining ortishga olib keluvchi shart sifatida qaraladi.
Sanoatning turli tarmoqlariga tegishli korxonalarda asosiy ishlab 
chiqarish fondlari strukturasi bir xil bo4lmaydi. Masalan, yengil va oziq- 
ovqat sanoatida binolar asosiy o4rin egallaydi (44-46%), yonilg4i 
sanoatida inshootlar (17-19%), elektro energetika sanoati korxonalarida 
uzatish qurilmalari (30-33%), mashinasozlik korxonalarida mashina va 
jihozlar asosiy o4rin egallaydi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari strukturasiga asosiy ta’sir qiluvchi 
omillar bo4lib, ishlab chiqarilayotgan mahsulot xarakteri, mahsulot 
ishlab chiqarish hajmi, mexanizatsiya va avtomatlashtirilganlik darajasi 
hamda korxonaning iqlim va geografik joylashishi va xususiyatlari 
hisoblanadi.
Birinchi omil binolaming qiymati va o4lchamiga, transport vositalari 
va o4tkazish qurilmalarining hissasiga ta’sir qiladi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshishi maxsus ishchi mashina 
va jihozlari hissasining oshishiga olib keladi. Xuddi shunday uchinchi va 
to4rtinchi omillar ham asosiy fondlar tuzulishiga ta’sir ko4rsatadi. Asosiy
fondlar tarkibidagi bino va inshootlar hissasi iqlim sharoiti bilan ham 
bog‘liq.
Quyidagilar asosiy ishlab chiqarish fondlari tuzilishining yaxshilanishga olib
keladi:
• uskunalami yaxshilash va zamonaviylashtirish;
• uskunalar, xususan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan 
stanoklar, avtomatlashtirilgan va yarim avtomatlashtirilgan stanoklar, 
universal va murakkab stanoklar, avtomatik liniyalar hamda hisoblash- 
dasturlash stanoklari tuzilishini takomillashtirish;
• bino va inshootlardan optimal foydalanish, bo‘sh turgan joylarga 
qo‘shimcha uskunalar o‘matish;
• korxonaning qurilish loyihalarini to‘g‘ri tuzish va qurilish rejasini sifatli qilib amalga oshirish; 
• ortiqcha va kam foydalaniladigan uskunalami tugatish.
Asosiy fondlarni hisobga olish va rejalashtirish natural va pul 
shaklida olib boriladi. Asosiy fondlarni baholashdan oldin mashinalar 
soni, ularning unumdorligi, quw ati, ishlab chiqarish maydonining 
o‘lchami va boshqa natural shakldagi miqdoriy ko‘rsatkichlar 
aniqlanadi. Bu ma’lumotlar tarmoq va korxona ishlab chiqarish 
quwatini hisoblashda, ishlab chiqarish dasturini rejalashtirishda, 
uskunalar balansini tuzishda foydalaniladi. Ushbu ko‘rsatkichlar asosida 
uskunalar inventarizatsiya qilinadi va ularni hisobdan chiqarish, hisobga 
kiritish amalga oshiriladi,
Asosiy fondlarni pul (qiymat) shaklida baholash asosiy fondlarning 
takror ishlab chiqarishini rejalashtirish, eskirish me’yorini va 
amortizatsiya ajratmalari miqdorini hamda xususiylashtirish hajmini 
aniqlash uchun zarur hisoblanadi.
Asosiy fondlarni baholashning boshlang‘ich, qayta tiklanish va 
qoldiq qiymat ko‘rilishlari foydalaniladi.


Download 38.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling