Asosiy fondlardan samarali foydalanish tahlili. Reja: Kirish
Asosiy fondlar tarkibiy tuzilishi va dinamikasining tahlili, aktiv va passiv qismlari nisbati
Download 0.66 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor sharoitida asosiy fondlar amartizatsiyasi tahlili
Asosiy fondlar tarkibiy tuzilishi va dinamikasining tahlili, aktiv va passiv qismlari nisbati
Budjet muassasalarida asosiy fondlarni tahlil qilishda, eng avvalo, ularning xususiyatlarini e’tiborga olish, tarkiban joylashtirish va tasniflash muhim ahamiyatga ega. Hozirgi kunda budjet muassasalari asosiy fondlarini quyidagi xususiyatlari bo‘yicha tasniflash mumkin.Muassasaning moliyaviy faoliyatida asosiy fondlarning qatnashuviga ko‘ra: – aktiv asosiy fondlar; – passiv asosiy fondlar. Asosiy fondlarning foydalanish jarayonida ishtirokiga ko‘ra: – foydalanishdagi asosiy fondlar; – foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservatsiya qilingan asosiy fondlar. Asosiy fondlarning turlarga ajratilishiga ko‘ra: – yer; – binolar; – inshootlar; – uzatish moslamalari; – hisoblash texnikasi va kompyuterlar; – mashina va uskunalar; – transport fondlari; – asbob-uskunlar; – xo‘jalik jihozlari; – ishlab chiqarish inventarlari; – ishchi va mahsuldor hayvonlar; – ko‘p yillik ekinlar va boshqa asosiy fondlar. Mulkiy egaligiga qarab: – o‘ziga tegishli asosiy fondlar; – ijaraga olingan asosiy fondlar. Yuqoridagilardan tashqari asosiy fondlarni boshqa xususiyatlari bo‘-yicha ham tasniflash mumkin.Bozor sharoiti budjet muassasalaridan asosiy fondlarning barcha turlari-ni kerakli nisbatda va tarkibda bo‘lishini taqozo etadi. Asosiy fondlarning tarkibi, ularning tuzilishini o‘rganish bilan bir qatorda dinamik o‘zgarishlariga ham baho beriladi. Asosiy fondlarning dinamikasi deganda ularning davrlar (yillar) bo‘yicha o‘zgarishi tushuni-ladi. Dinamik o‘zgarishlar asosida korxonada asosiy fondlarning yillar bo‘yicha mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi.11 Bozor sharoitida asosiy fondlar amartizatsiyasi tahlili Ma’lumki, asosiy fondlar o‘z vazifalarini bajarish bilan bir qvaqtda eskirib boradi. Asosiy fondlarning eskirishi ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: – jismoniy eskirish; – ma’naviy eskirish. Budjet tizimidagi iqtisodiy islohotlar asosiy fondlar amortizatsiyasiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Chunki budjet tashkilotlari to‘la davlat to-monidan moliyalashtirilgan davrda asosiy fondlarning eskirishi asosan jismo-niy eskirish hisobiga amalga oshirilib, amortizatsiya ajratmalari ularning xiz-mat ko‘rsatish muddatiga asoslangan. Tizimda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish va pullik xizmatlarning rivojlanishi, aholining zamonaviy xizmatlarga bo‘lgan talabi ortishi, o‘z navbatida, hozirgi sharoitda tizimda asosiy fondlarning jismoniy eskirishdan ko‘ra ma’naviy eskirishi tezlashishiga sabab bo‘lmoqda. Shu sababli ham tizimda asosiy fondlarning batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida ularga tezlashtirilgan amortizatsiya ajratilishi dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bud-jet tashkilotdarida tezlashtirilgan amortizatsiya siyosatini amalga oshirishning asosiy manbayi esa budjetdan tashqari mablag‘lar hisoblanadi. Budjet muassasalarining amortizatsiya siyosati bevosita davlat amor-tizatsiya siyosati asosida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Soliq qo‘mitasining 1997-yil 27-fevraldagi me’yoriy xatiga hamda 2001-yil 9-yanvardagi Moliya vazirligining yo‘riqnomasiga muvo-fiq asosiy fondlarga amortizatsiya hisoblashni soddalashtirish maqsadida quyidagi beshta guruh asosiy fondlarga me’yorlar belgilangan. Binolar, inshootlar va qurilmalar uchun – 5%. Yengil avtomobillar, taksilar, yo‘l harakatida foydalaniladigan avtotraktorlar, maxsus buyumlar, inventarlar, kompyuterlar, ma’lumotlarni qayta ishlovchi uskunalar uchun – 20%. Yuk avtomobillari, avtobuslar, maxsus avtomobillar va avtopritseplar, mashina, asbob-uskunalar va mebellar uchun -15%. Yuqoridagi guruhlarga kiritilmagan boshqa asosiy fondlar uchun – 10%. Temir yo‘l, dengiz, daryo va havo transport fondlari, issiqlik, gaz va suv o‘zatuvchi truba provodlar, dizel generatorlari, elektr va aloqa uzatish uskunalari uchun – 8%. Ushbu me’yoriy xatda firma va kompaniyalar uchun amortizatsiya hisoblashning o‘zgartirilgan normalarini qo‘llash imkoniyati berilgan, ya’ni sekinlashtirilgan yoki tezlashtirilgan (ikki koeffitsiyentga qadar) usullardan foydalanishlari mumkin.Tezlashtirilgan amortizatsiya hisoblash tartibi qo‘llanilsa, me’yoridan ortiqcha hisoblangan amortizatsiya summasi soliqqa tortiladigan foydaga qo‘shilib, o‘rnatilgan tartibda soliq to‘lashlari lozim. Jahon tajribasida asosiy fondlarga amortizatsiya hisoblashning turli tuman muhim uslublari mavjud, bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi: – teng ulushlarda, amortizatsiya me’yorlaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash; – qoldiq usulda eskirish hisoblash; – ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash; – kumulyativ usulda eskirish hisoblash va hokazo. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda; – teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarda eskirish hisoblash; – tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qat’iy me’yorlarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli. Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qo‘llanishi albatta asosiy fondlarning texnik holatiga ta’sir etadi. Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya me’yorlariga o‘tish asosiy fondlari yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy ta’minoti va ularning ma’naviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish samaradorligini o‘stirish imkonini ham beradi.Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida muassasa ishini to‘g‘ri tashkil etish va raqobatbardosh xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan muammolardan asosiysi bu asosiy fondlarning texnik holatiga to‘g‘ri baho berish hisoblanadi. Sababi yil davomida zamonaviy asosiy fondlar kirimi tufayli asosiy fondlar tarkibida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu esa bir tomondan asosiy fondlarning ortishiga, ikkinchi tomondan ularning ma’naviy yoki jismoniy eskirishi hisobiga kamayishiga olib kelishi mumkin. Bunday holatlarni ijobiy hal etish uchun asosiy fondlarning texnik holatini tahlil qilib borish zaruriyati tug‘iladi.Asosiy fondlarning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagilar hisoblanadi: – asosiy fondlarning yaroqlilik darajasi; – asosiy fondlarning eskirish darajasi; – asosiy fondlarning yangilanish darajasi. Asosiy fondlarning yaroqlilik darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi: Bu yerda: Ayaq – asosiy fondlarning yaroqlilik darajasi; Aqq – asosiy fondlarning qoldiq qiymati; Abq – asosiy fondlarning boshlang‘ich qiymati; Asosiy fondlarning eskirish darajasi foiz ko‘rinishida quyidagi tar-tibda aniqlanadi: Bu yerda: Aed – asosiy fondlarning eskirish darajasi; Aeq – asosiy fondlarning eskirish qiymati. Asosiy fondlarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1,0 ga, foizda 100 ga teng bo‘ladi.Asosiy fondlarning yaroqlilik ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.Asosiy fondlarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosati-ga, asosiy fondlarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan va konservatsiya qilingan asosiy fondlar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.Asosiy vostalarning holat ko‘rsatkichlari har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1-shakl “Buxgalteriya balansi” va 3-shakl “Asosiy fondlarning harakati to‘g‘risida”gi hisobot shakllaridan olinadi.Asosiy fondlarning yaroqlilik ko‘rsatkichlari ularning harakat ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Asosiy fondlarning harakat ko‘rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketishi koeffitsiyentlari kiritiladi. Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti joriy davrda yangi kiritilgan asosiy fondlar qiymatini asosiy fondlarning yil oxiridagi qiymatiga bo‘lish orqali topiladi. Asosiy fondlar-ning chiqib ketish koeffitsiyenti joriy davrda chiqib ketgan asosiy fondlar qiymatini ularning yil boshidagi qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.Ushbu koeffitsiyentlar aniqlanishi quyidagi formulalar orqali ham ifodalash mumkin.Asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi12 Bu yerda:Ayak – asosiy fondlarning yangilanish koeffitsiyenti;Iyqav – ishlab chiqarishga yangidan qabul qilingan asosiy fondlar qiymati;Abq – asosiy fondlarning yil oxiridagi boshlang‘ich qiymati.Asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyenti quyidagi tartibda aniqlanadi: Bu yerda:Achk – asosiy fondlarning chiqib ketish koeffitsiyenti;Jchav – joriy davrda chiqib ketgan asosiy fondlar qiymati;Aybq – asosiy fondlarning yil boshiga bo‘lgan qiymati.Bu tarkiblashni asosiy fondlarning jami qatori va har bitta tarkibi bo‘-yicha berib o‘tish mumkin. Tahlil jarayonlarida asosiy fondlarning yangilash va ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga ham e’tibor beriladi. Bunda korxonaning asosiy fondlarini yangilash manbalari: – kapital qo‘yilmalar va investitsiyalar; – xususiy kapital o‘sishi; – uzoq muddatli kreditlar va qarzlar; – maqsadli moliyalash va subsidiyalar; – tekinga olingan asosiy fondlar; – grantlar va boshqa manbalar hisoblanadi. Asosiy fondlarni ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga quyida-gilarni kiritishimiz mumkin: – asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi; – asosiy fondlarning jismoniy eskirishi va foydalanishi uchun yaroqsiz holatga kelishi; – asosiy fondlarining ortiqchaligi; – asosiy fondlarni sotish; – o‘g‘irliklar, yo‘qotishlar va boshqa chiqimlar. Bugungi kunda budjet muassasalaridagi asosiy fondlarning texnik holati va harakat ko‘rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda, muassasaning asosiy fondlar bilan ta’minlanganligi darajasini hamda xodimlarning asosiy fondlar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil qilib borish maqsadga muvofiq. Budjet muassasalarida asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik yoki qurol-langanlik darajasi deb xizmat ko‘rsatishning me’yor darajasida mehnat vosi-talari bilan ta’minlanganligiga aytiladi. Asosiy fondlarning turi xizmat ko‘r-satish sohasi faoliyatiga qarab turkumlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash tizimida: – o‘rin-joylar; – kompyuterlar; – tashxis qo‘yish apparatlari; – jarrohlikni amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy fondlar; – tish davolash, ko‘z kasalliklari va boshqa kasalliklarni davolash uchun ishlatiladigan asosiy fondlar mavjud. Muassasaning mehnat fondlari bilan ta’minlanganligini quyidagi jihozlarini farqlash lozim: – o‘ziga tegishli bo‘lgan mehnat fondlari bilan ta’minlanganligi; – ijaraga olingan mehnat fondlari hisobiga ta’minlanganligi. Xulosa qilib aytganda, muassasa ikkala holatda ham asosiy fondlar bilan ta’minlanganlikning me’yor ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi mumkin.Asosiy fondlar bilan ta’minlanganlik tahlilida muassasada asosiy vosita-larning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan mutlaq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi. Budjet muassasalarida asosiy fondlar bilan qurollanganlik ko‘rsat-kichlari xizmat ko‘rsatish turiga qarab baholanadi, masalan, poliklinikalar-da har bir ish o‘rniga to‘g‘ri keladigan asosiy fondlar, shifoxonlarda ka-sallik turi bo‘yicha har bir bo‘limini asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi aniqlanadi. Asosiy fondlar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Ya’ni muas-sasaga faqat miqdor ko‘rsatkichlari orqali emas, balki sifat ko‘rsatkich-larini ham o‘rganish bilan baho beriladi.Budjet muassasalarida asosiy fondlardan foydalanish va ularning samaradorligiga baho berish moliyaviy tahlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi.Budjet muassasalarida olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar bozor muno-sabatlari sharoitida ularni asosiy fondlar bilan yetarli darajada ta’minlan-ganligini o‘rganish bilan bir qatorda ularning samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosiy o‘rinda turadi. Sababi, muassasa asosiy fondlar bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa-yu, lekin ulardan samarali foydalanilmasa, u holda muassasaning samaradorligi pasayib ketadi.Asosiy fondlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari muassasa iqtisodiy faoliyatiga baho berishning muhim ko‘rsatkichlaridan biri sifatida olinadi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.13 Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling