Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni


Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari


Download 116.48 Kb.
bet4/5
Sana21.04.2023
Hajmi116.48 Kb.
#1367838
1   2   3   4   5
Bog'liq
Asosoiy fondlar

Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari 

  • Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari, turlari,shakllari va usullari 
  • Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish va kombinatsiyalash kiradi. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim shakllaridan biri hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv tizimi bilan uzviy bog’liqdir. 
  • Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil etadi.
  • Korxona ichidagi ixtisoslashtirish Sexlarni va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab chiqarishga yoki texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiradi. 
  • Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni unifikatsiyalashga asoslanadi, shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi va ixtisoslashgan uskunalardan keng ko’lamda foydalaniladi. 
  • Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki omilga: ishlab chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir. 
  • Soha korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta: buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud. 
  • Sexlar, uchastkalar va ish joyini texnologik ixtisoslashtirish natijasida ularning har biri bir xil texnologik operatsiyani va bir xil ishni bajaradi. Masalan, mashinasozlikda temirchilik, zagotovkalar qo’yadigan, 
  • mexanika, issiqlik, payvandlash va boshqa Sex hamda uchastkalar, metallurgiya soha ida domna, marten va prokat Sexlari tashkil qilinadi; to’qimachilik fabrikalarida yigiruv, to’quv va boshqalarning tashkil qilinishi texnologik ixtisoslashtirishga misol bo’la oladi. 
  • Ishlab chiqarish ko’lami ortib borgan sari korxonalarning bo’limlari (Sex, uchastkalar)da texnologik ixtisoslashtirishning chuqurlashuvi vujudga keladi: mahsulotlarning o’lchamiga qarab (masalan, mexanika Sexi yirik, o’rta va mayda); materiallar turiga qarab ishlov berishi bo’yicha (masalan, po’lat, cho’yan va cho’ziladigan cho’yan); quyuv Sexlari va h. k. jarayonlarning operatsiyalari bo’yicha (tokarlik, frezerlik, silliqlash, pardozlash). 
  • Texnologik ixtisoslashtirish sharoitida unumdorligi yuqori bo’lgan texnikadan va texnologiyadan, shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga erishiladi. 
  • Sexlar va uchastkalarni buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirishda bularning har biri texnologik jihatdan har xil bo’lgan operatsiyalarni bir xildagi detallar yoki uzellar bo’yicha bajaradi. Korxonalarning bo’limlarini buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish shakli ko’p jihatdan tor ixtisoslashgan zavodlar uchun xarakterlidir (ommaviy va yirik seriyali ishlab chiqarishlarda). Bunday Sexlar agregatlarning ayrim detallari va qismlarini ishlab chiqarishga moslashadi, nomenklaturasi esa chegaralangan bo’ladi (masalan, avtomobilg’ zavodlarida — mashinaning orqa ko’prigini yoki motorini ishlaydigan Sexlar, vagonsozlik zavodida ressor, stanoksozlikda —stanina, korpus detallari, shesterenkalar, vtulkalar va richaglar Sexi). Sexlarning buyumlar bo’yicha qurilishi qoida bo’yicha berk jarayonlarga olib keladi, bunday Sexlarda har xil bosqichga tegishli yoki ishlov berish turiga qarab jarayonlar dam-badam birga olib boriladi. 

Download 116.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling