Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash


Amortizatsiya va asosiy fondlarning iqtisodiy ahamiyati


Download 48.19 Kb.
bet2/3
Sana24.04.2023
Hajmi48.19 Kb.
#1395084
1   2   3
Bog'liq
Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash Reja

2.Amortizatsiya va asosiy fondlarning iqtisodiy ahamiyati.
“Amortizatsiya” atamasi umuman olganda asosiy fondlarning “o’lmasligi”, ular eskirishining qoplanishini, tiklanishini bildiradi. Ishlab chiqarishdagi asosiy fondlarning eskirishini pul mablag’larini jamg’arish orqali qoplash amortizatsiya deyiladi. Binobarin, amortizatsiya fondi—eskirishni (yeyilishni) qoplash uchun mo’ljallangan pul mablag`laridir. U amortizatsiyaga ajratilgan mablag’lar hisobidan tarkib topadi. Amortizatsiya—mehnat vositalarining eskirishini qisman qoplash uchun mablag`i ajratishdir.
Amortizatsiya me’yorlari iqtisodiy jihatdan asoslangan va asosiy fondlarning
o’z vaqtida qoplashga yo’naltirilgn bo’lishi kerak. Ularni xisoblashda asosiy
fondlarning xizmat muddatini iqtisodiy to’g’ri aniqlash uchun quyidagi omillarni
inobatga olgan holda bajariladi;
• asosiy fondlarning chidamliligi;
• ma’naviy eskirish (birinchi va ikkinchi tur);
jihozning balansi;
• kapital ta’mirlash va yangilanish ehtimolligi;
Tezlashtirilgan amortizatsiyani qo’llashda, muayyan inventar ob’yekti uchun belgilab qo’yilgan tartibda amortizatsiya me’yori 2 martadan ortiq bo’lmagan miqdorgacha oshirilishi mumkin.
Odatda, tezlashtirilgan amortizatsiya usuli quyidagi turdagi mashinalar,
fan-texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining o`sishi tufayli ishlab turgan
mashina va asbob-uskunalar qiymatining kamaytirilishi hamda eskilariga nisbatan
unumli va tejamli yangi mashinalar kashf etilishi, ularning ishlab chiqarishga joriy
qilinishi natijasida ishlatilayotgan mashinalarning jismoniy yeyilish muddati
tugamasdan turib qadrsizlanishi - asosiy fondlarning ma`naviy eskirishi deb ataladi.
Ma`naviy eskirish fondlarning bahosini vaqti-vaqti bilan qayta ko`rib chiqishni ko`p
jihatdan zarur qilib qo`yadi. Eskirgan asosiy fondlarni yangilari bilan almashtirish
rejali ravishda eng kam mehnat va mablag’ sarf qilish yo`li bilan amalga oshiriladi.
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskirib, o`z qiymatining
ma`lum qismini amortizatsiya sifatida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulot
qiymatiga oz-ozdan ko`chirib boradi.
Amortizatsiya - (lotincha amortisatio - qoplash), asosiy kapital (fondlar)
amortizatsiyasi - asosiy kapital (mashina va mexanizmlar, jihozlar va uskunalar,
binolar va inshootlar)ning ekspluatatsiya jarayoniда eskirishi va ayni paytda ular
qiymatining muayyan davr davomida ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotga o`tib
borishi.
Asosiy vositalar moddiy yoki jismonan va ma`nan eskiradi. Moddiy eskirish
mehnat vositalaridan foydalanish jadalligi va uning korxonada ishlatilgan muddatlari
bilan belgilanadi. Ma`naviy eskirish fan va texnika taraqqiyoti natijasida mehnat
vositalarining arzonlashuvi hamda iqtisodiy jihatdan mukammal bo`lgan yangi
mehnat vositalarining yaratilishi va joriy qilinishi bilan bog’liq. Amortizatsiya
me`yori asosiy fondlar turiga, xizmat qilish muddatiga ko`ra tabaqalashtiriladi.
Amortizatsiya qiymati ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga kiritib boriladi.
Mahsulot sotilgach, bu qiymat amortizatsiya ajratmalari ko`rinishida eskirgan jihozlar
o`rniga yangisini sotib olish uchun zarur bo`lgan mablag’lar summasi tarzida
jamg’ariladi.
Amortizatsiya ajratmalari - mahsulot tannarxiga kiritiladigan asosiy fondlar
amortizatsiyasi summasi; asosiy fondlarni qisman tiklash (kapital ta`mir va
yangilash) va to`liq tiklash (renovatsiya) fondlarinи yaratishga xizmat qiladi.
Amortizatsiya ajratmalari me`yorlari asosiy fondlar qiymatiga proportsional
ravishda hisoblanishi, ya`ni taxminiy foydalanish muddatiga tekis taqsimlanishi yoki
kamayib boruvchi balans usulida - jadallashtirilgan tartibda hisoblanishi mumkin.
Jadallashtirilgan tartibda foydalanishning birinchi yilida amortizatsiya me`yori 2
marta oshiriladi, ikkinchi yili qoldiq qiymatining 20% va shu tarzda ajratmalar
nazarda tutiladi. Natijada asosiy fondlar qiymatining 2/3 qismi ular xizmat
muddatining yarmidayoq amortizatsiyalanadi.
Amortizatsiya me`yorlarining pasaytirilishi asosiy fondlarning yangilanishini
sekinlashtiradi, oshirilgan me`yorlar mahsulot tannarxini qimmatlashtiradi. Shu
sababli amortizatsiya ajratmalari davlat tomonidan tartibga solinadi. Amortizatsiya
ajratmalari ta`minlanishi kerak bo`lgan asosiy shart asosiy fondlar eskirishini to`liq
qoplashi va ularni takror yaratishni ta`minlashidir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlarda davlat amortizatsiya ajratmalari normativlarini belgilab,
jadallashtirilgan amortizatsiya orqali tadbirkorlarga soliqqa tortiladigan foyda
summasini kamaytirishga imkoniyat yaratib beradi. Ayni paytda asosiy fondlar
qiymatini hisobdan chiqarishni tezlatish tadbirkorni asosiy fondlarning ma`naviy
eskirishi bilan bog’liq ehtimoli bo`lgan zarar ko`rishdan saqlaydi, yangi texnika va
texnologiyani tezroq joriy etishga rag’batlantiradi.
Amortizatsiya ajratmalari asosiy fondlarning o`zini yoki uning ba`zi qismlarini
yangilash vaqti kelgunchа shu shaklda ma`lum fondda jamg’arilib turiladi va bu
fondni amortizatsiya fondi deb ataydilar. Demak, amortizatsiya fondi - amortizatsiya
ajratmalari hisobiga shakllanadigan maxsus fonddir. Asosiy vositalar va ishlab
chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan moddiy aktivlar amortizatsiyasi degan tushuncha
ham mavjud. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy
aktivlar amortizatsiyasi bo`yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib hisoblangan
amortizatsiya ajratmalarining summasi (hisoblangan eskirish);
- lizing bo`yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladigan, jadallashtiriladigan amortizatsiya summasi.
Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan nomoddiy aktivlar eskirish, har oyda
xo`jalik yurituvchи sub`yekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan natijali
foydalanish muddatidan (biror xo`jalik faoliyati yurituvchi sub`yekt muddatidan ortiq
emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga tegishli
bo`ladi. Natijali foydalanish muhlatini aniqlash imkoni bo`lmagan nomoddiy aktivlar
bo`yicha eskirgan normasi 5 yilga hisoblanadi.
Ma`lumki, amortizatsiya ajratmalari belgilangan normalar bo`yicha tayyor
m
ahsulotning tannarxiga kiritiladi va u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bunda: F1 - asosiy fondlarning dastlabki yoki tiklash qiymati;
Ft - asosiy fondlarning tugatish qiymati;
Та - asosiy fondlarning normativ ishlash muddati (amortizatsiya vaqti).
Amortizatsiya normasining darajasi asosiy fondlarning eskirgan qismini tiklash
uchun resurslar hajmini aniqlaydi. Amortizatsiya normasi bilan asosiy fondlarning
aylanish tezligi belgilanadi va ularni qayta ishlab chiqarish jarayoni
jadallashtiriladi.Asosiy fondlarning to`liq tiklashni amortizatsiya ajratmalar jami
q
uyidagi formulaga asoslanib hisoblanadi:
Bunda: Na - amortizatsiya normasi;
F - asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymati.


Download 48.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling