Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash
Download 48.19 Kb.
|
Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash
- 2. Amortizatsiya va asosiy fondlarning iqtisodiy axamiyati. 3. Asosiy fondlarni o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. 4. Foydalanilgan adabiyot ro`yxati.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI NEFT VA GAZ FAKULTETI ___138-20______GURUH TALABASI _______SOHA IQTISODIYOTI VA MENEJMENTI________ FANIDAN MUSTAQIL ISHI MAVZU:___ Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash _______________________________________ Topshirdi: _CHORIYEV V_______________________ Qabul qildi: __RAVSHANOV A____________ Asosiy fondlarning o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. Reja: Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati, tarkibi va tasnifi. 2. Amortizatsiya va asosiy fondlarning iqtisodiy axamiyati. 3. Asosiy fondlarni o`rtacha yillik qiymatini hisoblash. 4. Foydalanilgan adabiyot ro`yxati. 1.Asosiy fondlarning iqtisodiy mohiyati, tarkibi va tasnifi. Mamlakatning qudrati, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishi, jamiyat a`zolarining moddiy va ma`naviy ehtiyojlarini to`laroq qondirish shu mamlakat resurslari, ayniqsa, asosiy va aylanma fondlarining miqdori va sifati bilan belgilanadi. Mamlakat va uning sanoati, boshqa tarmoqlari, korxona (firma)lari qanchalik ko`p resurslarga ega bo`lsa, u shunchalik qudratli va rivojlangan bo`ladi. Agar u ana shu resurslardan to`la-to`kis, oqilona foydalana olsa, albatta buyuk davlatga aylanadi. Sanoat ishlab chiqarishi faoliyatida asosiy fondlarning alohida o`rni bor. Chunki ularsiz birorta ishni bajarish, xizmat ko`rsatish va mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. Ma`lumki, har qanday ishlab chiqarish jarayonida mehnat buyumlari, mehnat qurollari (mehnat vositalari) va inson mehnatiishtirok etadi. Mehnat buyumlariga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg’i, elektr quvvati, ta`mirlash uchun ehtiyot qismlar va h.k.lar kiradi. Mehnat vositalariga mashina va mexanizmlar, asbob-uskunalar, yuk tashuvchi va uzatuvchi vositalar, komp'yuter va laboratoriya anjomlari, bino va inshootlar kiradi. Mehnat buyumlari va vositalarining birgalikda qiymat shaklida ifodalanishi ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashish roliga ko`ra asosiy va aylanma fondlarga ajratiladi. Mehnat qurollari asosiy fondlarni, mehnat buyumlari esa aylanma fondlarni tashkil etadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb ishlab chiqarish jarayonida uzoq davr bevosita va bilvosita qatnashadigan, moddiy boyliklar yaratishda ishtirok etadigan hamda tabiiy shaklini saqlagan holda o`z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga asta-sekin, to`zishiga qarab o`tkazib boradigan mehnat vositalariga aytiladi. Ular ish bajarishda, xizmat ko`rsatishda va mahsulot ishlab chiqarishdа qatnashadilar. Ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun sharoit yaratadilar. Mehnat buyumlari va tayyor mahsulotlarni saqlash va ularni bir o`rindan ikkinchi o`ringa tashish kabi ishlarni bajarish uchun xizmat qiladilar. Asosiy fondlar ulardan foydalanish maqsadiga ko`ra ishlab chiqarishda bevosita va bilvosita qatnashishiga qarab, ular ishlab chiqarish jarayonida qatnashadigan va qatnashmaydigan fondlarga ajratiladi. Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlarning maqsadi moddiy boyliklar yaratishda ishtiroк etishga qaratilgan bo`lsa, ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlarning maqsadi xodimlarning moddiy va madaniy ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. Ishlab chiqarishda qatnashmaydigan asosiy fondlar asosiy fondlarning ajralmas qismi bo`lib, ishlab chiqarish xarakterida bo`lmagan ehtiyojlarga bir necha yil mobaynida xizmat ko`rsatuvchi fondlardir. Uy-joylar, maorif, sog’liqni saqlash, kommunal xo`jalik, boshqaruv, madaniyat muassasalari va h.k. binolari, transport vositalari, inshootlar va asbob-uskunalar ishlab chiqarish xarakterida bo`lmagan asosiy fondlar jumlasidandir. Bu fondlar noishlab chiqarish sohasiga xizmat qiladi, moddiy ne`mat ishlab chiqarish jarayonida qatnashmaydi, ularning yemirilgan qismi milliy daromad evaziga tiklanadi. Mehnat buyumlariga ta`sir etish darajasiga qarab asosiy ishlab chiqarish fondlari aktiv va passiv fondlarga bo`linadi. Aktiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlari shaklini o`zgartiruvchi, ya`ni bevosita ta`sir etuvchi fondlar (mashinalar, asbob-uskunalar, texnologik liniyalar, o`lchov va to`g’rilash asboblari, transport vositalari) kiradi. Passiv asosiy ishlab chiqarish fondlariga mehnat buyumlariga bilvosita ta`sir etuvchi, ya`ni ishlаb chiqarish jarayonining normal o`tishiga kerak sharoit yaratuvchi ishlab chiqarish fondlari kiradi (bino va inshootlar, h.k.z). Asosiy fondlarni hisoblash, tahlil qilish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni rejalashtirish va bashorat qilish maqsadida ularni guruhlarga ajratish kerak bo`ladi. Asosiy fondlar turli tasnifga muvofiq va ishlab chiqarish vazifasining har turliligi va tabiiy-moddiy belgilarga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadi: 1. Zarur mehnat sharoitlarini ta`minlaydigan bino va arxitektura-qurilish ob`yektlari. Binolarga tsexlar, ishlab chiqarish korpuslari, depolar, garajlar, omborxonalar, ishlab chiqarish xonalari va laboratoriyalar kiradi. 2. Inshootlar - ishlab chiqarish jarayonining baja rilishiga zarur va mehnat buyumlarini o`zgarishи bilan bog’lanmagan birorta texnik vazifalarga belgilangan muhandis-qurilish ob`yektlari (nasos stantsiyalar, tunnellar, ko`priklar va h.k.z.). 3. Har xil energiya, suyuq va gazsimon moddalar uzatadigan uzatuvchi uskunalar. 4. Mashinalar va asbob-uskunalar; shu jumladan: energiyani, suyuq va gazsimon moddalarni ishlash va almashtirishga mo`ljallangan kuch mashinalarи va asbob-uskunalar (generatorlar va gazogeneratorlar, elektrogeneratorlar, bug’ qozonlari, havo kompressorlari); ishchi mashinalari va asbob-uskunalar. Ular mehnat buyumlariga bevosita ta`sir o`tkazadilar. Bularga dastgohlar, presslar, konveyerlar va boshqa turli yordamchi asbob-uskunalar: o`lchov va to`g’rilash asbob-uskunalari, laboratoriya asboblari, hisoblash mashinalari, komp'yuterlar kiritiladi. 5. Transport vositalari. 6. Har xil asboblar. 7. Ishlab chiqarish inventarlari. 8. Xo`jalik inventarlari. 9. Boshqa asosiy fondlar. Asosiy fondlar tarkibini o`rganishda ularning strukturasi (tuzilmasi) masalasiga ham e`tibor berish kerak bo`ladi. Asosiy fondlarning strukturasi deb, uni tashkil etuvchi tarkibiy qismlarning, guruhlarning har birinining umumiy qiymatidan nisbatga aytiladi. Masalan, 100 mln. so`m bo`lsa, ulardan binolar–25%, inshootlar-15 %, uzatuvchi qurilmalar-10 %, ishchi mashinalar va jihozlar-30%, qolganlari esa 20 foiz bo`lishi mumkin. Asosiy fondlar tuzilmasi quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Tasviriy tuzilma. 2. Texnologik tuzilma. 3. Tarmoq tuzilmasi. 4. Hududiy tuzilma. 5. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi. Tasviriy tuzilmaning har xil vaqtda o`zgarishidan sanoatning texnik darajasini va asosiy fondlardagi kapital sarflashning samarasini tasavvur qilsa bo`ladi. Asosiy fondlarning tuzilishiga kontsentratsiya, ixtisoslash, kooperatsiya, kombinatsiyalash, yangi korxonalar qurish va qayta qurishga kapital sarflashning texnologik tuzilishi, korxonalarning hududiy joylashishi, tayyorlanadigan mahsulotning xususiyati va hajmi chambarchas bog’liqdir. Masalan, ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi qancha ko`p bo`lsa, shuncha ishchi mashinalar va asbob-uskunalarning tutgan o`rni ko`proq bo`ladi. Texnologik tuzilish asosiy fondlarning qismlari nisbatini ko`rsatadi. Tarmoq tuzilishi sanoat tarmoqlaridagi asosiy fondlarning tarkibi bilan ifodalanadi. Hududiy tuzilma asosiy fondlarining hududiy taqsimlanishi va ularning nisbati bilan belgilanadi. Takror ishlab chiqarish strukturasi yangi qurilish va qayta qurish, qayta qurollantirish va asosiy fondlarni kengaytirishning nisbati va tutgan o`rnini ifodalaydi. Amaliyotda asosiy fondlarni baholashning quyidagi turlari qo`llaniladi: 1) dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan baho; 2) qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan baho; 3) qolgan qiymati orqali belgilangan baho; 4) ishlab chiqarishdan chiqarib tashlash bahosi. Dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan baho (Ob) asosiy fondlarning sotib olingan bahosi (Sb), asosiy fondlarni olib kelish uchun qilingan transport xarajatlari ( Xt) va montaj xarajatlari (Xm)ni o`z ichigа oladi. Bu baho korxona (firma)ning asosiy ishlab chiqarish fondalarini sotib olish va ishga tushirish uchun qilgan haqiqiy xarajatlarini ifodalaydi. Bu ko`rsatkich korxona (firma) balansida hisobga olinadi. Аммо asosiy fondlarning dastlabki to`la qiymat orqali belgilangan bahosi ularning hajmini va turli yillarda qurib ishga tushirilgan korxona (firma)lar asosiy fondlarini taqqoslashda yetarli emas, shuning uchun asosiy fondlarni baholashda qiymatini qaytadan tiklash orqali belgilangan bahodan foydalaniladi. Baholashning bu usuli asosiy fondlarning har xil davrda ishlab chiqarilgan va olingan baholarni hozirgi yangi sharoitdagi bahoda ifodalash imkoniyatini beradi. Bu baho bir xil iste`mol qiymatga ega bo`lgan asosiy fondlarni baholashda bir xil qiymatlarda ifodalash, korxonalar ko`rsatkichlarini taqqoslash va fondlar samaradorligini oshirish rezervlarini aniqlash uchun imkoniyat yaratadi. Qiymatni qaytadan tiklash orqali belgilangan baho amaldagi asosiy fondlarning jismoniy holati va ma`naviy eskirishini hisobga olgan holda qayta baho qo`yish orqali aniqlanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida ishtirok eta borib asta-sekin ishdan chiqа boradi, shuning uchun ularga baho belgilashda ularning ishdan chiqish va yeyilish qismi hisobga olinadi. Shu tufayli asosiy fondlarni baholashda qolgan qiymati orqali belgilangan baho ham qo`llaniladi. U ikki xil baho bilan ifodalanadi: a) asosiy fondlarning ishdan chiqqan qismini ularning dastlabki to`la qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat; b) asosiy fondlarning ishdan chiqqan qismini ularning qaytadan tiklangan qiymatidan ayirib tashlash orqali aniqlangan qiymat. Asosiy fondlar juda eskirib, yaroqsiz holga kelgan, qaytadan tiklash, kapital ta’mir qilish yoki modernizatsiya qilish natija bermaydigan hollarda ularni ishlab chiqarishdan olib tashlash zarur bo`lib qoladi. Bunday hollarda asosiy fondlarni ishdan chiqarib tashlash bahosi aniqlanadi. Bu baho ishdan chiqqan, ishlab chiqarishdan chiqarib tashlanadigan asosiy fondlarni (temir-tersak narxida) realizatsiya qilish bahosidir. Har xil iqtisodiy hisobotlar uchun asosiy fondlarni to`g’ri baholash muhim ahamiyatga ega. Bunday bahoni asosiy fondlarni inventarizatsiya va qayta baholab bilish mumkin. Yillik o`rtacha baho asosiy ishlab chiqarish fondlarini takror ishlab chiqarish ulardan foydalanish ko`rsatkichlarini hisoblash uchun zarur. Asosiy ishlab chiqarish f ondlarining yillik o`rtacha bahosi quyidagicha aniqlanadi: bunda: Фк va Фч – yil davomida ishlab chiqarishga kiritilgan (Фк) va ishlab chiqarishda chiqib ketgan (Fч) fondlar qiymati; Tк – yil davomida ishlab chiqarishga kiritilgan asosiy fondlarning vaqti; Tч – asosiy fondlarning ishlab chiqarishdan chiqib ketgan keyingi vaqt (yil davomida). Ishlab chiqarishda qatnashadigan asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida yillar o`tishi bilaн eskiradi va o`z sifatini yo`qota boradi. Asosiy fondlar ishlab chiqarishda uzoq muddat ishtirok etganligi tufayli vaqt o`tishi bilan jismoniy va ma`naviy jihatdan eskiradi. Jismoniy eskirish deganda asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida foydalanishi natijasida butunlay yoki qisman to`zishi, yemirilishi tushuniladi. Ma`lum vaqt o`tgandan keyin ishlab chiqarishда ishlab turgan mehnat qurollari ishga butunlay va qisman jismoniy yaroqsiz bo`lib qoladi, bunday hollarda ular yangisi bilan almashtiriladi yoki ayrim qismlari kapital ta’mir yoki modernizatsiya qilinadi. Jismoniy eskirish natijasida asosiy fondlarning qiymati yo`q bo`lib ketmaydi, balki tayyorlangan mahsulot qiymatiga ko`chiriladi. Korxonalarda faqatgina amalda ishlayotgan mashina va asbob-uskunalargina to`zimay, balki bekor turganlari ham to`ziydi (yemiriladi). Mashina va asbob- uskunalarning jismoniy eskirish miqdori ularning xizmat qilish muddati va to`zish (yemirilish) darajasiga nisbatan aniqlanadi. Download 48.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling