Asosiy kimyoviy stexiometrik konunlar deganda nimani tushunasiz. 25 g Nahco
Download 54.67 Kb.
|
1 2
Bog'liqКимё Назорат (1)
I qism Asosiy kimyoviy stexiometrik konunlar deganda nimani tushunasiz. 25 g NaHCO3 olish uchun necha litr (n.sh) karbonat angidridi qancha natriy gidroksidi bilan birikishi kerak? Modda massasining saqlanish qonunini aniq misol bilan tushuntiring. 2 mol kaliy gidroksidini karbonat holiga o’tkazish uchun (n.sh) da 29 litr uglerod (IV)-oksidi sarflandi. Qaysi modda keragidan ko’p miqdorda olinganini hisoblang. Tarkibning doimiylik qonuni har qanday moddalar uchun ham amal qilaveradimi? Javobingizni aniq misollar bilan asoslang. 15% qo’shimchalari bo’lgan osh tuzining 250 kg da qancha kimyoviy toza NaCI bo’lishi mumkinligini hisoblang. "Moddaning ekvivalenti", - deganda nimani tushunasiz? 1 mol Ca(OH)2 1 mol ortofosfat kislotasi bilan ta`sirlashganda hosil bo’ladigan moddalarning molekulyar og’irliklarini va ekvivalent miqdorlarini hisoblang. Ekvivalentlar qonuni ta`rifini va uning matematik ifodasini Fe(OH)3 va H2SO4 ning o’zaro ta`siri misolida tushuntiring va yozing. 0,15 mol Ca(OH)2 ni to’liq neytrallash uchun (n.sh) da HCI dan 4,8 litr yuttirildi. Qaysi moddadan ortiqcha miqdor sarflanganini hisoblang. Avogadro konuni va uning xulosalarini aniq moddalar misolida tushuntiring. 20% qo’shimchasi bo’lgan 15 kg natriy karbonatning dekagidrati tarkibida qancha tuz va suv borligini hisoblang. 20 g NaOH ni osh tuziga aylantirish uchun 0,5 mol HCI, shuncha HCI ni hosil qilish uchun esa 1 hajm vodorod gazi 4 hajm xlorda (n.sh) yoqildi. Qaysi reaksiyada moddalar stexiometrik miqdoriy nisbatlarda olinganligini isbotlang. 1 gramm-ekvivalent ko’mirni yoqish uchun (n.sh) da necha litr havo (21% O2 dan iborat) sarf bo’ladi. Shu reaksiyada hosil bo’lgan uglerod (IV) oksidini natriy gidrokarbonatga aylantirish uchun 5% namligi bo’lgan quruq natriy gidroksididan necha gramm kerakligini hisoblang. 0,5 gramm-ekvivalent natriy gidroksididan necha gramm natriy digidrofosfat tuzi hosil bo’ladi. Shu reaksiyada ortofosfat kislotaning ekvivalentini va unga to’g’ri keladigan fosfat angidridi miqdorini hisoblang. 200 litr tabiiy gaz (96 % metan) yonishi uchun (n.sh) da necha litr havo (21% O2 )sarf bo’lishini hisoblang. Shu reaksiyada hosil bo’lgan gazni sodaga aylantirish uchun necha gramm ekvivalent natriy gidroksid kerakligini hisoblang. Ammiak hosil qilish uchun 6 hajm vodorod gazi 1,5 hajm azot bilan reaksiyaga kiritildi. Hosil bo’ladigan ammiak miqdori hisoblansin. Moddalar stexiometrik nisbatda olinganmi? Ortiq olingan modda miqdorini grammlarda hisoblang. "Gazlarning molyar hajmi"-deganda nimani tushunasiz? 0,025 litr (n.sh) da vodorod gazi hosil qilish uchun 8,5% qo’shimchasi bo’lgan rux metallidan necha gramm sarflanadi. Bu metallni eritish uchun necha gramm-ekvivalent sulfat kislota kerak? 0,5 qism Fe(OH)3 ni to’liq eritish uchun 1 qism H2SO4 olindi. Shu miqdoriy nisbat to’g’rimi? Ortiqcha olingan moddani toliq reaksiyaga kiritish uchun qancha ikkinchi modda etishmasligini hisoblang? Tozalik darajasi 87,5% bo’lgan osh tuzining 250 kg da qancha NaCI borligini hisoblang. Bu miqdordagi NaCI dan (n.sh) da necha litr HCI hosil qilish mumkin? 0,15 mol kaliy karbonatning digidrati tarkibidagi tuz va suvning miqdori va shu modda tarkibidagi har bir elementning foiz miqdori hisoblansin. n.sh da 0,56 litr kislorod qancha uglerod yoki magniy metaliga ekvivalent bo’ladi? Shunchà miqdor kislorodni suvga aylantirish uchun ekvivalent bo’lgan vodorod gazi necha mol vodorod xlorid tarkibida bo’ladi? 20 g maramr tosh to’liq qizdirilganda hosil bo’ladigan moddalarning miqdori va hajmi hisoblansin. Hosil bo’lgan sundirilmagan ohak necha gramm sulfat kislotaga va natriy gidroksidiga ekvivalent bo’ladi? Tarkibida 1/5 qism sodda bo’lgan 25 g ichimlik soddasini to’liq neytrallash uchun necha gramm natriy gidroksidi sarf bo’ladi. Aralashmani neytrallashdan hosil bo’lgan sodda miqdori qancha HCI va Ca(OH)2 ga ekvivalent bo’ladi? 29,5 g ortofosfat kislotasini o’rta tuzga aylantirish uchun 45 gramm natriy gidroksidi qo’shildi. Bu stexiometrik nisbat to’g’rimi? Qaysi moddadan qancha ortib qoladi yoki qancha etishmaydi? Reaksiya to’liq oxirigacha borishi uchun aniq stexiometrik nisbatni hisoblab toping. Magniy gidroksoxlorid va magniy xlorid tuzlarining 2/3 nisbatdagi aralashmasining 40 grammini o’rta tuzga aylantirish uchun necha gramm vodorod xlorid kerak. Bu miqdor kislota qancha natriy gidroksidga va sulfat kislotaga ekvivalent bo’ladi? Atomning m, l, me va ms kvant sonlari nimani xarakterlaydi va ularning har biri qanday son qiymatlariga ega bo’lishi mumkin ? n=4 bo’lganda qo’shimcha kvant soni l ning mumkin bo’lgan qiymatlarini yozing. Bu pog’onachalar qanday belgilanadi va ularda qanchadan elektron bo’ladi. Orbital kvant soni l= 0,1,2, va 3 ga teng bo’lganda magnit kvant soni qanday qiymatlarga ega bo’ladi. Atomdagi qanday elektronlarga s,p,d va f elektronlar deyiladi? Bu elektronlarning atomdagi maksimal soni qanday formula asosida hisoblanadi? Atomdagi energetik pogonalarning qaysi biri oldin tuladi? a) 4p yoki 3d; b) 3d yoki 4s; v) 4d yoki 5s; g) 4d yoki 5p. Sababini izohlang. Tartib raqami 27 va 35 bo’lgan elementlar atomlarining elektron formulasini yozing. Tartib raqami 9 va 28 bo’lgan elementlar atomlarining elektron formulasini yozing. Bir element atomining tashqi energetik pogonasi ..3s23p5 dan boshqa element atominiki ..4s24p3 dan tuzilgan.Bu elementlar atomlarining to’liq elektron formulasini tuzing. Bir element atomining tashqi energetik pogonasi …5s25p2 dan tuzilgan. Bu element atomining to’liq elektron formulasini tuzing. Uning tartib nomerini aniqlang va nomini ko’rsating. Tartib raqami 33,43,69,59 bo’lgan elementlar qaysi elementlar oilasiga kiradi? Bu elementlar davriy jadvalning qaysi guruhida joylashgan. Quyidagi moddalar molekulasida elektronlar qaysi element atomi tomonga siljiganini ko’rsating va bu moddalarning kimyoviy bog’lanish tiplarini aniqlang: MgCl2,FeCl3, NO, NaF, SiF4, F2O Keltirilgan moddalarda O2, KJ, Na2S, N2, Br2, P2O5, PH3, H2O kimyoviy bog’lanish turlarini aniqlang. Qutbli va qutbsiz molekulalarning elektronli sxemasini tuzing. Quyida keltirilgan moddalarning qaysilari kovalent boglangan? KCl, J2, NH3, O2, CO2 molekulalarda elektron juftlar qaysi element atomiga tomon siljigan? CO2, NH3, HCl molekulalarining dipol momenti 0,01D; 0,056D; 1,03D ga teng. Bu moddalar molekulalaridagi kimyoviy bog’lanish turini xarakterlang va ularning sxemasini tuzing. Quyidagi moddalar molekulasidagi bog’ning qutbliligini aniqlang: HCl, HBr, HJ. CH4, H2S, HF molekulalaridagi dipol' momentlari 0,0D; 0,1D; 1,10D, 1,91D ga teng. Bu moddalar molekulalaridagi kimyoviy bog’lanish turini xarakterlang. CH3OH dipol uzunligi 0,3*10-8 sm ga, CH3Cl niki esa 0,39*10-8 sm ga teng. Bu moddalar molekulalarining dipol momentlarini hisoblang. PH3 va AsH3 ning dipol momentlari 0,56D va 0,16D ga teng. Bu moddalar molekulalarining dipol uzunliklarini hisoblang. Berilgan moddalar H2O,H2S, NH3, PH3, SO2 molekulalarining qutbliligini qanday izohlash mumkin. Quyidagi moddalar KCl, CS2, CO2, NO, CCl4 molekulalaridan qaysi biri qutbli va qaysilari qutbsiz malekulalar ekanligini aniqlang hamda ularning sxemasini tuzing. Moddalarning standart hosil bo’lish issiqligi (ΔH298) deganda nimani tushunasiz? Gess qonunining matematik ifodasini yozing va uni izohlab bering. Ko’mirning yonish reaksiyasi termoximiyaviy tenglamasi tuzilsin. 1 tonna ko’mir yonganda qancha issiqlik ajralib chiqadi? Buning uchun qancha kislorod sarf bo’ladi? "Termokimyoviy tenglama",-deganda nimani tushunasiz? Agar tabiiy gazning 90 %-i metandan iborat bo’lsa, shunday gazning 10 m3 yonganda qancha issiqlik ajralib chiqishini hisoblang. Texnologik jarayonlarning "energetik balans"ini hisoblash uchun qanday asosiy tushuncha va qonuniyatga asoslanadi? Nima uchun ajralib chiqadigan issiqlik (Qx.r.) ni ental'piya o’zgarishining manfiy ishorasi (-ΔHx.r.) bilan belgilanadi? Kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effekti (ΔHx.r.) deganda nimani tushunasiz? 15 % li ko’shimchasi bo’lgan ko’mirning 2,5 tonnasi yonganda qancha issiqlik ajralib chiqadi? Moddaning standart hosil bo’lish entalpiyasi (ΔH298) deganda nimani tushunasiz? Atsetilenning 2,5 litri (n.sh) yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori hisoblansin. Bu qancha ko’mirning o’rnini bosa oladi? Agar antratsenning 95 %-i sof ko’mirdan iborat bo’lsa, shunday qattiq yoqilgining 3,5 tonnasi yonganda qancha issiqlik chiqadi va bu tabiiy gazning necha litrini o’rnini bosa oladi? Etil spirti yonish reaksiyasining termokimyoviy tenglamasi tuzilsin? 96 %-li etil spirtining 2,5 kg yonganda qancha issiqlik chiqishi mumkin? Agar suyuq holdagi suvning hosil bo’lish issiqligi 285:47 kJ\mol va bug’ holidagi suvning hosil bo’lish issiqligi 341,8 kJ\mol bo’lsa, 360 gr (20 mol) suvni bug’ holiga o’tkazish uchun qancha issiqlik sarf bo’lishini hisoblang. 25 % ko’shimchalari bo’lgan 2 tonna koks yonganda ajralib chiqadigan issiqlik necha litr suvni suyuq holdan bug’ holiga o’tkazish mumkin? Metil spirtining 9,6 gramm yonganda 216,02 kJ issiqlik ajralib chiqadi. Shundan foydalanib 1 mol metil spirtining standart hosil bo’lish entalpiyasi hisoblansin. Metil spirtining yonish reaksiyasi termokimyoviy tenglamasi tuzilsin. 1 kg (90 % li) eritmasi yonishida qancha issiqlik ajralib chiqishi hisoblansin. Ma`lumki, 1 mol glyukozaning yonishidan 1366,9 kJ\mol issiqlik chiqadi. Shunga asosan glyukozaning bijg’ishidan etil spirti hosil bo’lish reaksiyasi termokimyoviy tenglamasini tuzing va reaksiyaning issiqlik effektini hisoblang. Agar shartli yoqilg’ini yonish issiqligi 29,288 kJ/gr bo’lsa, 35% yonmaydigan qo’shimchalari bo’lgan shunday yonilg’ining 500 kg yonganda ajralib chiqadigan issiqlik miqdori hisoblansin? Bu necha litr (n.sh) metanning o’rnini bosa oladi? Avtomobil yonilg’isi - benzin 1 qism C6H14 va 3 qism C7H16 dan iborat bo’lsa, shu yonilg’idan 10 kg yonganda qancha issiqlik chikadi? Bu qancha metan gazi, bilan almashtirilishi mumkin? ΔH298C6H14 = -167,2 kJ\mol; ΔH298C7H16 = - 187,82 kJ\mol. Oktan - C8H18 ning hosil bo’lish entalpiyasi 208,44 kJ\mol. Shu uglevodorodning 5 kg yonishidan hosil bo’ladigan issiqlik miqdori hisoblansin. Standart sharoitda 15 litr suvni suyuq holdan bug’ holiga o’tkazish uchun (n.sh) necha litr tabiiy gaz (90% ni) sarf bo’ladi? ΔH298C6H14 = -167,2 kJ/mol. Kimyoviy reaksiya tezligi nima? Unga qanday omillar ta`sir qiladi. Massalar ta`siri qonuniga ta`rif berib, matematik ifodasini yozing. Kimyoviy muvozanat doimiyligi nima? U qanday omillarga bog’liq. Quyidagi reaksiyada H2(g) + I2(g) =2HI gaz aralashmasi bosimi 3 marta oshirilsa reaksiya tezligi qanchaga o’zgaradi. A+ 2B = C reaksiyada (A) = 0,3mol/l (B) = 0,4mol/ bo’lganda reaksiya tezligi 0,012mol/l.min. reaksiyaning tezlik doimiysini hisoblang, u qanday birlikda o’lchanadi. Harorat 100C ga oshirilganda reaksiya tezligi 2 marta ortishi ma`lum, harorat 100C dan 400C gacha oshirilganda reaksiya tezligi necha mata ortadi. NO2 oksidini hosil bo’lishida 2NO + O2 → 2NO2 bosim 2 marta oshirilganda to’g’ri va teskari reaksiya tezliklari qanday o’zgaradi. Tezlikni bunday o’zgartirish muvozanatning o’zgarishiga ta`sir qiladimi? Quyidagi reaksiya CO + H2O = CO2 + H2 uchun olingan moddalarning dastlabki kontsentratsiyasi (CO)=0,6 mol/l, (H2)=0,4mol/l CO ning kontsentratsiyasi 2,4mol/l ga suvniki esa 0,8mol/lga ortganda to’g’ri reaksiyaning tezligi necha martaga oshadi. Gaz aralashmasining hajmi 2 marta kamaytirilsa, quyidagi reaksiyaning 2NO + O2 = 2NO2 tezligi qanday o’zgaradi? Quyidagi reaksiya N2 + 3H2 =2NH3 uchun olingan moddalarning kontsentratsiyasi (N2) = 0,80 mol/l, (H2) = 1,5mol/l, (NH3) = 0.1mol/l azotning kontsentratsiyasi 0,5mol/l bo’lganda vodorod va ammiakning kontsentratsiyasi qanday bo’lishini hisoblang. N2 + 3H2 =2NH3 reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning kontsentratsiyasi [N2] = 1,60 mol/l; [H2] = 3,0 mol/l; [NH3] = 0,2 mol/l, azotning kontsentratsiyasi 0,5 mol/l bo’lganda vodorod va ammiak kontsentratsiyalarini qanday bo’lishini hisoblang. 3A+4B=C reaksiyada (A) moddaning kontsentratsiyasi 0,06mol/l ga kamayadi. (B) moddaning kontsentratsiyasi qanchaga o’zgaradi. Harorat koeffitsienti 2,5ga teng bo’lsa, harorat 250C dan 450C ga oshirilganda reaksiya tezligi nega marta oshadi? Harorat 800C ga ko’tarilganda reaksiya tezligi 3000 marta ortishi mumkin. Shu reaksiya tezligininã harorat koeffitsentini hisoblang. Quyidagi qaytar reaksiyalarning a) 2NO + O2 → 2NO2; b) CO + Cl2 → COCl2; v) 2NO2 → N2O4; g) CH4 + J2 → CH3J + HJ A2 + B2 → 2AB tenglama bilan ifodalangan reaksiyada muvozanat qaror topganda [A2] = 0,2 mol/l; [B2] = 0,3 mol/l; [AB] = 0,24 mol/l bo’ladi. Reaksiyaning muvozanat doimiysini hisoblang. NaCl + H2SO4 → NaHSO4 + HCl reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning muvozanat kontsentratsiyalari [NaCl] = 1 mol/l; [H2SO4] = 1 mol/l; [NaHSO4] = [HCl] = 0,4 mol/l. Reaksiyanini muvozanat doimiysini hisoblang. A + B → 2C + D tenglama bilan ifodalangan reaksiyaning muvozanat doimiysi 3*10-2 ga teng. A, C va D moddalarning muvozanat kontsentratsiyalari [A] = 5 mol/l; [C] = 0,2 mol/l; [D] = 0,1 mol/l. B moddaning muvozanat holatidagi kontsentratsiyasini toping. A + B → 2C tenglama bilan ifodalangan reaksiyaning muvozanat doimiyligi 4 ga teng. Agar A moddaning dastlabki kontsentratsiyasi 5 mol/l; B moddaniki esa 4 mol/l bo’lsa, uchala moddaning muvozanat holatidagi kontsentratsiyalarini toping. H2 + J2 → 2HJ sistemaning muvozanat qaror topganda [H2 ]= 0,4 mol/l; [J2] = 0,5 mol/l; [HJ] = 0,9 mol/l bo’ladi. H2 va J2 ning dastlabki kontsentratsiyalarini va sistemaning muvozanat doimiysini hisoblang. CO + H2O → CO2 + H2 reaksiyaning muvozanat doimiysi 0,51 ga teng. Reaksiyaga qo’shimcha 1 mol CO va 1 mol suv bug’i qo’shilganda, reaksiyada qatnashuvchi moddalarning muvozanat kontsentratsiyalarini toping. Uglerod (II)-oksid va vodorod orasidagi reaksiya natijasida 13,4 l metan ajralib chiqdi. Shu reaksiyaning termokimyoviy reaksiya tenglamasini yozing. 63g temir va oltingugurtning reaksiyasi natijasida 113 kJ issiqlik ajralib chiqdi. Temir sulfidning hosil bo’lish issiqligini hisoblang. 1 dm3 eritmada (? = 1,14 g/cm3) 192,6 g KNO3 caqlagan. Shu eritmaning foiz, molyar, molyal kontsentratsiyalarini hisoblang. Eritma deb nimaga aytiladi? Uning kontsentratsiyasini ifodalashning qanday usullari mavjud? 96% li 25 cm3 H2SO4 eritmasiga (ρ = 1,84 g/cm3) 100 cm3 suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmani foiz va molyar (ρ = 1,23 g/cm3) kontsentratsiyalarini hisoblang. 40% li (ρ = 1,25 g/cm3) ortofosfat kislotaning molyar ekvivalent va molyar kontsentratsiyalarini hisoblang. Tarkibida 58,5 mg/dm3 NaCl bo’lgan eritmaning molyar kontsentratsiyasini hisoblang. 20% li 100 cm3 HNO3 eritmasiga (ρ = 1,12 g/cm3) 500 cm3 suv qo’shildi. Hosil bo’lgan eritmani foiz kontsentratsiyasini hisoblang. 5 dm3 0,1 M HCl eritmasini tayyorlash uchun 38% li (ρ = 1,19 g/cm3) HCl eritmasidan necha cm3 olish kerak. Titri 0,0049 g/ml bo’lgan sulfat kislotani necha ml 0,1 n NaOH eritmasi bilan titrlash mumkin? 0,5 g KMnO4 500 ml suvda eritildi. Eritmaning titrini molyar va normal kontsentratsiyalani hisoblang. 1,250 g Na2CO3 500 ml suvda eritildi. Eritmaning normal, molyar kontsentratsiyalari va titri hisoblansin. 0,02 n Na2CO3 ni titrlash uchun 0,01 n HCI eritmasidan 20 ml sarf buldi. Ýritmadagi Na2CO3 ning mikdorini (g) hisoblang. 20 % li H2SO4 ning normal va molyar kontsentratsiyasini hisoblang (ρ = 1,14). H2SO4 ning 0,1 n eritmasidan 4 l tayyorlash uchun ρ = 1,84 g/sm bo’lgan 96 % li kontsentrlangan H2SO4 eritmasidan necha millilitr olish kerak. 40 % li CaCI2 eritmasining (solishtirma ogirligi 1,346) molyar kontsentartsyaisini hisoblang. 10 % li NH3 eritmasining (solishtirma ogirligi 0,9581) molyar kontsentratsiyasini hisoblang? 0,20 n HCI eritmasini 23,8 millitriga uning 1 n eritmasini necha millilitri ekvivalent bo’ladi? 5 l 0,1 n HCI eritmasini tayyorlash uchun uning solishtirma ogirligi ρ = 1,098 g/sm bo’lgan 20 % li. Eritmasidan necha millitr olish kerak? HNO3 ning 200 millitr 46 % li eritmasini (d = 1,285 g/sm ) 10 % li eritmaga aylantirish uchun unga necha millilitr suv qo’shish kerak? HNO3 ning solishtirma og’irligi 1,405 g/sm bo’lgan 1 l eritmasini d = 1,193 g/sm bo’lgan eritmasiga aylantirish uchun unga qancha suv qo’shish kerak? 2,8120 g k.t temir xlorid kislotasida eritilib, bu eritma 500 millitrgacha suyultirildi. Shu eritmaning normal kontsentratsiyasini va titrini hisoblang. Elektrolitlar nima? Ular qanday kattaliklari bilan xarakterlanadi? Qo’yidagi modddalar eritmalarida qanday ionlar bo’ladi? H2SO4, NaHCO3, H2S, Mn(OH)2, HNO3, LiOH, CH3COOH. 500 g suvda 2,65 g Na2CO3 ning eritilishidan hosil bo’lgan eritma -0,251 0C da muzlaydi. Shu eritmadagi sodaning dissotsilanish darajasini toping. (Kkr(suv))= 1,86) 2 kg suvda 1,5 mol MgCl2 eritildi. Hosil bo’lgan eritma -3,7 0C da muzlaydi. Shu eritmadagi MgCl2 ning dissotsilanish darajasini toping? 25 g suv va 0,5 g AgNO3 dan iborat eritmadagi AgNO3 ning dissotsilanish darajasi 0,59 ga teng. Shu eritmaning muzlash haroratini toping? 5 g mochevina va 70 g suvdan iborat eritma -2,21 0C da muzlaydi. Mochevinaning molekulyar massasini toping. KNO3 ning 1,01 g i 100 g suvda eritildi. Hosil bo’lgan eritma 100,095 0C da qaynaydi. Ayni eritmadagi KNO3 ning dissotsilanish darajasini toping. (Ker(suv))= 0,52) Eritmadagi OH- ionlarining kontsentratsiyasi 8,6·10-7; 1,52·10-3 va 1·10-7 g-ion/l ga teng. H+ ionlarining kontsentratsiyasini hisoblang. Eritmadagi OH- ionlarining kontsentratsiyasi 1,7·10-3; 1,92·10-9 g-ion/l ga teng. Eritmaning rH ini hisoblang? 1,5 % li 0,032 n HCOOH eritmasining rH ini hisoblang? 0,024 mol NaOH eritmasining rH ini hisoblang? 0,001 M HCl eritmasining rH ini hisoblang? FeS ning eruvchanlik ko’paytmasi 3,7·10-19ga teng. Temir sulfidning eruvchanligini va har bir ionning g/l bilan ifodalangan kontsentratsiyasini hisoblang? Ag2CO3 ning eruvchanlik ko’paytmasi 6,2·10-12 ga teng. Ag2CO3 ning eruvchanligini hisoblang? BaCO3 ning eruvchanligi 8,4·10 -5 mol/l ga teng. BaCO3 ning eruvchanlik ko’paytmasini hisoblang? 500 ml suvda 18 0C da 0,165 g kumush xromat eriydi. Kumush xromatning eruvchanlik ko’paytmasini hisoblang? CaCO3 ning eruvchanligi 6,9·10-3 g/l ga teng. CaCO3 ning eruvchanlik ko’paytmasini hisoblang? Qanday hodisaga tuzlarning gidrolizi deyiladi? Qanday tuzlar gidrolizlanadi? Kaliy sulfid, mis(II)-xlorid, qo’rg’oshin nitrat, natriy karbonat tuzlarining gidroliz reaksiyasi tengalamalarini molekula va ion ko’rinishida yozib, muhitini ko’rsating. Temir(III)-xlorid eritmasi lakmus qog’ozni qizartiradi, sirka kislotaning natriyli tuzi eritmasi esa ko’kartiradi. Bunga sabab nima? Gidrolizlanish reaksiya tenglamalarini yozib, javobingizni izohlang. ZnCI2, Na3PO4, KNO3, K2S tuzlarning qaysilari gidrolizlanadi? Tegishli tuzlarning gidrolizlanish reaksiya tenglamalarini yozib eritma muhitini ko’rsating. *Quyidagi tuzlarning gidrolizlanish tenglamalarini tuzing. Eritmaning muhitini (rH><7) ko’rsating. Gidrolizni kuchaytirish va "to’xtatish" shartlarini ko’rsating. Bu tuzlarning gidrolizlanishidan sifat analizida qanday foydalanish mumkinligini ko’rsating Na2S; CoCI2; CH3COOK. * CH3COONH4; Na2CO3; NiCI2 * (NH4)2SO4; BiCI3; AgNO3 * Na3PO4; (NH4)2CO3; CuCI2 * CuSO4; AI(CH3COO)3; KCN * AgNO3; (NH4)2S; MnCI2 * SnCI4; (NH4)2SO4; NaH2PO4 * FeCI3; CH3COONa; K2CO3 * SbCI3; Ce(CH3COO)3; CоSO4 * NH4CI; HCOONa; NiSO4 *MnCI2, K2CO3, CH3COONH4 **Quyidagi oksidlanish-qaytarilish reaksiya tenglamalarini elektron balans usuli bilan oxirigacha yozib tenglashtiring. Oksidlanish potentsiali qiymatiga asoslanib oksidlanish-qaytarilish reaksiyasining yunalishini aniqlang: а) Hg + HNO3 suyul →….; b) CrCI3 + Br2 + KOH →… **а) Cr2(SO4)3 + Br2 + NaOH →…; b) FeCI2 + Br2 + KOH →… **а) NaCI + MnO2 + H2SO4 →…; b) KJ + H2SO4 →… **а) Н2SO4коns + Cu →; b) K2Cr2O7 + H2S + H2SO4 →… **а) KJ + K2Cr2O7 + H2SO4 →…; b) KBr + K2Cr2O7 + H2SO4 →… **а) HBr + K2Cr2O7 + H2SO4 →…; b) SnSO4 + J2 + H2SO4 →… **а) Mn(OH)2 + PbO2 + HNO3 →…; b) As2S3 + HNO3 + H2O →… **а) CuS + HNO3 →…; b) CoS + H2O2 + CH3COOH →… **а) KJ + KmnO4 + H2SO4 →…; b) AI + KNO3 + KOH →… **а) Jn + Na2SO3 + HCI →…; b) Mn(NO3)2 + NaBiO3 + HNO3 →… **а) HgS + HNO3 + HCI →…; b) Bi2S3 + HNO3 →… **а) NiS + H2O2 + HCI →…; b) CoS + H2O2 + CH3COOH →… **а) Cr(NO3)3 + (NH4)2S2O8 + H2O →…; b) SnSO4 + J2 + H2SO4 →… **а) H3PO3 + KMnO4 + HNO3 →…; b) KCIO3 + FeCI2 + HCI →… **а) J2 + NaOH →…; b) KJO3 + KJ + HCI →… **а) KCIO + KJ + H2SO4 →…; b) FeSO4 + HNO2 + H2SO4 →… **а) KBiO3 + HCI → …+ BiCI3 + CI2 + H2O; b) PH3 + KMnO4 + H2SO4 → **а) KCIO3 + KNO2→…; b) H2S + H2O2→… **а) CI2 + J2 + H2O →…; b) MgJ2 + H2O2 + H2SO4 →… **а) KMnO4 + MnSO4 + H2O →…; b) Cu2S + HNO3 →… Galvanik element nima? Quyidagi sxemada ifodalangan galvanik elementda boradigan kimyoviy reaksiyani yozing? Mg / Mg(NO3)2 // Pb(NO3)2 / Pb Quyidagi galvanik elementlarda boradigan jarayonlarning elektron tenglamalarini yozing. Bu galvanik elementlarda qaysi elektrodlar katod va qaysi anod bo’ladi? a) Fe / Fe +3 // Au +3/ Au b) Pb / Pb+2 // Cu+2 / Cu Quyidagi galvanik elementlarda boradigan jarayonlarning elektron tenglamalarini yozing. Bu galvanik elementlarda qaysi elektrodlar katod va qaysi anod bo’ladi? a)Cu / Cu+2 / Ag+/ Ag b) Zn / Zn+2 // Cu+2 / Cu Quyidagi galvanik elementlarda boradigan jarayonlarning elektron tenglamalarini yozing. Bu galvanik elementlarda qaysi elektrodlar katod va qaysi anod bo’ladi? a) Al / Al +3 / Ag+/ Ag b) Fe / Fe+3 // Au+ / Au Quyidagi galvanik elementlarda boradigan jarayonlarning elektron tenglamalarini yozing. Bu galvanik elementlarda qaysi elektrodlar katod va qaysi anod bo’ladi? a) Mn / Mn +2 / Ni+2/ Ni b) Sn / Sn+2 // Hg+2 / Hg Galvanik elementlar ishlaganda quyidagi reaksiyalar sodir bo’ladigan galvanik elementlarning sxemalarini yozing. a) Fe+Pb(NO3)2 → Fe(NO3)2+Pb b) Ni + CuSO4 → NiSO4 + Cu Galvanik elementlar ishlaganda quyidagi reaksiyalar sodir bo’ladigan galvanik elementlarning sxemalarini yozing. a) Cd + NiCl2 → Ni + CdCl2; b) Zn + 2AgNO3 → Zn(NO3)2+ 2Ag Galvanik elementlar ishlaganda elektrodlarda boradigan quyidagi elektron tenglamalar a) Cu 0 – 2e = Cu2+; Ag + +e = Ag0; b) Mg – 2e = Mg 2+; Fe 2+ + 2e = Fe0 bilan ifodalanadi; sodir bo’ladigan reaksiyalarning ionli va molekulyar tenglamalarini yozing. a) alyuminiy plastinka 0,005 M Al2(SO4)3 eritmasiga; b) rux plastinka 0,002 M ZnSO4 eritmasiga tushirilgan. Al va Zn ning elektrod potentsiallarini hisoblang? Quyidagi sxemada ifodalangan galvanik elementning EYuK ini hisoblang? (-)Zn/Zn+2(c=0,01M)//Ag+ (c=2M)/Ag (+) Ca(NO3)2, MgSO4, KOH, KCl eritmalarining elektroliz sxemalarini yozing? Barcha hollarda ham grafit anod ishlatiladi. NaOH, NaCl suyuqlanmalarining elektroliz sxemalarini yozing? Barcha hollarda ham erimaydigan anod ishlatiladi. Agar anod kumush bo’lsa, AgNO3 elektroliz qilinganda, qanday jarayon sodir bo’ladi? Agar anod grafit bo’lsa-chi? Jarayonning elektron tenglamalarini yozing. 20 g mis oksidini qaytarish uchun zarur bo’lgan vodorodni qanday miqdordagi suvni elektroliz qilib olish mumkin? CaCl2 suyuqlanmasidan 10 A tok o’tkazilganda qancha CaCl2 parchalanadi? PbCl2 eritmasidan 20 A tok 30 minut davomida o’tkazilganda, qancha gr Rb va qancha litr xlor gazi ajraladi? Katodda 20 g qo’rg’oshin ajratish uchun suyuqlantirilgan PbCl2 eritmasidan 2,5 A tokni qancha vaqt davomida o’tkazish kerak? Cr(NO3)2 eritmalarining elektroliz qilinganda 10 minutda katodda 0,26 g xrom ajralgan. Tok kuchini aniqlang? 1 g kumushni uning tuzi eritmasidan ajratish uchun kuchi 3 A ga teng b’'lgan tok qancha vaqt o’tkaziladi? 10 g vismutni ajratish uchun uning tuzi eritmasidan 18860 kulon tok o’tkazildi. Vismutning g - ekv ni hisoblang? Metallar elementlar davriy sistemasida qanday joylashgan? Metallarning umumiy fizikaviy va kimyoviy xossalariga tegishli kimyoviy reaksiyalarini yozing. Metallarning faollik qatori nima? U qanday aniqlangan? Bu qator hozirgi vaqtda qanday ataladi? Qaysi metallar ishqoriy metallar deb ataladi? Ularning atomlari tuzilishiga qanday umumiylik bor? Na va K ning umumiy xossalarini ayting? Na+, K+, Ca2+, Sr2+, Ba2+ kationlariga xos reaksiya tenglamalarini molekulyar va molekulyar-ionli ko’rinishda yozing? Natriy xloriddan foydalanib, natriy gidroksid qanday hosil qilinadi? Reaksiya tenglamalarini yozing? Magniy metali qanday fizikaviy va kimyoviy xossalarga ega? Ushbu: Сa→ CaO → Ca(OH)2→ CaCO3→ Ca(HCO3)2→ CaCO3 sxemada ifodalangan o’zgarishlarni qanday amalga oshirish mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing va reaksiya boradigan sharoitni ko’rsating? Alyuminiy elementi D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasida qanday urinni egallaydi? Uning atom tuzilishi sxemasini yozing. Al ning oksidlanish darajasi nechaga teng? Alyuminiy tabiatda qanday birikmalar holida uchraydi? Alyuminiy oksidi va gidroksidi qanday xossaga ega? Tegishli reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko’rinishda yozing? Alyuminotermiya nima? Qanday metallarni alyuminiy yordamida sof holda ajratib olish mumkin? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing? Ushbu: Al → AlCl3 → Al(OH)3 → NaH2AlO3 o’zgarishlarni qanday amalga oshirish mumkin? Har qaysi reaksiyaning borish sharoitini ko’rsating? Qalay va qo’rg’oshinning elementlar davriy sistemasidagi o’rni, atom tuzilishi hamda eng muhim fizikaviy va kimyoviy xossalarini yozing? Qalay gidroksidi qanday xossaga ega? Tegishli reaksiya tenglamalarini yozing? Azot elementi D.I.Mendeleevning elementlar davriy sistemasidagi o’rniga ko’ra tavsiflang? Uning atom tuzilishi sxemasini yozing. Nima uchun azot oddiy sharoitda moddalar bilan reaksiya kirishmaydi? Buni uning molekulyar tuzilishina ko’ra qanday tushuntirish mumkin? Ammiakning molekulyar, tuzilish va elektron formulalarini yozing? Nima uchun ammiakning suvdagi eritmasi asos xossaga ega? Ammiakning sulfat va fosfat kislotalar bilan reaksiya tenglamalarini yozing? Sublimatsiya hodisasi nima? Buni ammoniy xlorid misolida tushuntirib bering? Ammoniy ionini tajribada qanday aniqlash mumkin? Ammoniy xlorid, ammoniy sulfat va ammoniy karbonat , natriy nitrat tuzlari berilgan. Ularning har biri qaysi idishda ekanligini qanday reaksiyalar orqali aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing. Azotning HNO3, NO2, NO, NH3 birikmalarida azotning oksidlanish darajalarini belgilang? Tabiatda fosfor nima uchun va faqat birikma holida uchraydi? Uning qanday tabiiy birikmalarini bilasiz? Fosforning allotropik shakl o’zgarishlari oq fosfor va qizil fosfor qanday xossaga ega? Metafosfat va ortofosfat kislotalarda fosforning oksidlanish darajalari nechaga teng? Ushbu o’zgarishlarni qanday amalga oshirish mumkin? P → P2O5 → H3PO3 → H2PO4 → Ca(H2PO4)2 1 tonna fosforning yonishidan qancha ortofosfat kislota olish mumkin? Fosfor(V)-bromid va fosfor(III)-yodidning gidrolizlanish reaksiya tenglamalarini yozing? Uglerodning davriy sistemasidagi o’rnini tavsiflang? Uning atom tuzilishi sxemasini yozing. C atomining tashqi qobig’ida nechta s va p elektronlar bor? Uglerod tabiatda qanday holatlarda uchraydi? Uning eng muhim tabiiy mineral birikmalari nomini ayting? Olmos va grafitning tuzilishida qanday o’xshashlik va farq bor. Ularning muhim xossalarini ayting? Grafitning elektr tokini o’tkazishiga sabab nima? Absorbtsiya hodisasi nima? Uning bu xossasini tajribada qanday ko’rish mumkin? Uglerod (IV)-oksid laboratoriyada qanday olinadi? CO2 olish uchun ishlatiladigan asbobning tuzilishini aytib bering? Tarkibida 92% CaCO3 bo’lgan 500 kg ohaktosh quydirilganda necha litr CO2 hosil bo’ladi? Laboratoriyada karbonat angidrid olishda nima uchun H2SO4 dan foydalanilmaydi? Nima sababdan karbonat kislota kuchsiz kislotalar jumlasiga kiradi? Nima uchun uni eritmadan ajratib bo’lmaydi? Bir probirkada natriy sulfat, ikkinchi probirkada natriy karbonat tuzlari bor. Bu tuzlaring har birini tajriba yo’li bilan qanday aniqlash mumkin? Na2CO3ni natriy bikarbonatga va aksincha, natriy bikarbonatni Na2CO3ga qanday aylantirish mumkin? Tegishli reaksiya tenglamasini yozing. Kremniy nima uchun tabiatda faqat birikmalar holida uchraydi? Uning qanday eng muhim birikmalarini bilasiz? Silikat angidrid qanday kimyoviy xossalarga ega? Tegishli reaksiya tenglamasini yozing. Silikat kislota karbonat kislotaga qaraganda kuchsiz ekanligini tajribada qanday isbotlash mumkin? Natriy silikat va kaliy silikatnig gidroliz reaksiya tenglamalarini yozing. Kvarts tarkibidagi kremniyning foiz miqdorini hisoblang va olingan natijani kremniyning er qobigi tarkibidagi foiz miqdor bilan taqqoslang. Shisha idishda uyuvchi natriy eritmasi uzoq vaqt saqlansa, uning yuzasi yoyilib ketadi. Bu hodisaning sababi nima? Download 54.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling