Asosiy kiritish chiqarish tizimi bios reja


Tizim plataning ishlash tamoili


Download 87.47 Kb.
bet2/4
Sana29.10.2023
Hajmi87.47 Kb.
#1732813
1   2   3   4
Bog'liq
Kompyuter tashkil qilish word file4

Tizim plataning ishlash tamoili.
Kompyuterning tizim platasi protsessorni joylashtirish va ishlashi uchun, uning mikrosxemalari, jumladan BIOS uchun ham asosiy hisoblaniladi. Elektr tok yoqilganda, qanday qilib tizim platasining tarkibiy qismlari ishlashini ko‘ramiz. Kompyuterning birinchi harakatlari aniq.
Elektr ta’minot bloki yoqilishi bilan bir necha daqiqa ichida kuchlanish qayta ishlanadi va ventilyator ishga tushadi. Bundan so‘ng, u power-good signalini tizim platasidagi taktli generatorga yuboradi, u esa tizimani ishdan chiqaradi. Generator o‘z navbatida mikroprotsessorga xabar yuboradi, so‘ng esa mikroprotsessor barcha registrlarni boshlangich holatga keltiradi, bu maxsus yoriqlar yordamida amalga oshadi. Oxiriga o‘z o‘zini testlash jarayoni boshlanadi.
Eng oxirgi kompyuter yoqilganidagi harakat - bu keyingi yoriqlar yozilgan eng katta manzilli xotira maxsus yacheykasi kirib chiqishdir. U yerda korsatgich mikroprotsessor BIOS joylashgan ma’lum bir xotiraga yuboradi. Shu vaqtdan boshlab maxsus DXQ - ROM BIOS mikrosxemada ko‘rsatilgan yo‘riklar asosida kompyuter ishlaydi. Shuni esda tutish lozimki DXQ ni ichidagilari o‘zgartirilgan bo‘lishi mumkin. Kompyuter boshqa instruktsiyalarni bajarish uchun DXQni yangilash va o‘zgartirish mumkin. Shaxsiy kompyuterning ta’rixida, ayrim ishlab chiqaruvchilar, (shuningdek IBM kompaniyasi ham) o‘zlarining ROM BIOS mikrosxemalarini ishlab chiqishgan, qolganlar esa quyidagi kompaniyalarning IBM, Phoenix, Award va AMERICAN Megatrends (AM) tayor yoki BIOSning modefikatsiya qilingan talqinlaridan foydalanishgan. BIOSning barcha talqinlari POST elektr ta’minotini yoqganda o‘zini testlash funktsiyasini bajaradi, ammo bu jarayon har xil kompyuterlarda har xil kechadi. Ekranda chiqadigan information xabar va xatolar bir biridan juda farqlanadi.
Odatda POST jarayoni ekran BIOS talqini, sana va atrof xuquqlari haqidagi ma’lumotni chiqishi bilan boshlanadi. Song esa klaviatura tekshiriladi (ko‘plab tizimlarda bunda Caps Lock va Num Lock lampochkalari yonadi). Shu bilan birga klaviatiradagi nazoratchi ham tekshiriladi. So‘ng esa PIP yoqib/o‘chiruvchilarni holati BIOS parametrlari xaqidagi ma’lumot o‘qiladi.
Bu jarayon kompyuterga qanday qurilmalar ulanganligida bizga ma’lumot beradi. EISA va MCA kompyuterlarida BIOS shinaga ulangan qurilmalarni so‘rashi mumkin. Bu ularning imkoniyatlarini bilish uchun qilinadi.
Keyingi qadam esa topilgan qurilmalarni sanash va tizim platani testlash hisoblaniladi. Bularning barchasi ekranda ko‘rinadi. POST bajarilish davomida protsessor, DMA –nazoratchilar va boshqa muhim tarkibiy qismlar ham tekshiriladi, undan tashqari disklar ham tekshiriladi (bunda disklarning chirog‘i yonadi).
Agar, parallel portga yoqilgan printer ulansa u initsializatsiya qilinadi, uning xotirasi to‘zalanib, bosmaga chikarish uchun hujjatlarni qabul qilishiga tayyorlanadi.

Download 87.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling