Asosiy mahsulotni o’rganib chiqish uchun savollar
Download 7.72 Kb.
|
Maxsulot ishlab chiqish uchun savollar
Asosiy mahsulotni o’rganib chiqish uchun savollar Mahsulot qanday og’riqlarni qoldiradi? Iste'molchilar uchun vaqt, pul yoki harakatlarni tejash imkonini beradimi? Iste'molchilarda o'ziga bo’lgan ishonchni yanada ishonchli ko’tarishga yordam beradimi – ya’ni umidsizliklarni, bezovta qiluvchi faktorlarni va qiyinchiliklarni bartaraf etadimi? Mavjud yechimlarning kamchiliklarini bartaraf etadimi – ya’ni yangi xususiyatlarni taklif qiladimi, ish faoliyatini yaxshilaydimi yoki sifatni oshiradimi? Iste'molchilarda paydo bo’ladigan muammolarni bartaraf etadimi - ya’ni faoliyatni osonlashtiradimi yoki qiyinchiliklarni kamaytiradimi? Iste'molchilar duch kelishga qo’rqadigan yoki duch keladigan salbiy ijtimoiy ta'sirlarni bartaraf etadimi – ya’ni yuz, obro’, ishonch yoki statusning yo'qolishidan saqlaydimi? Xatarlar (moliyaviy, ijtimoiy, texnik) yoki vaziyatning yoqimsiz rivojlanish ehtimolini bartaraf etadimi? Iste'molchilarga xotirjamroq hayotni ta’minlaydimi - ya’ni jiddiy qiyinchiliklarni bartaraf etadimi, qo'rquvni kamaytirish yoki tashvishlarni bartaraf etishga yordam beradimi? Iste'molchilarning odatiy xatolarini cheklaydimi yoki bartaraf etadimii – ushbu yoki boshqa yechimdan to'g'ri foydalanishga yordam beradimi? Iste'molchilarga qiymatli qarorni qabul qilishga to'sqinlik qiladigan baryerlarni olib tashlaydimi – boshlang'ich xarajatlarni kamaytirish yoki bekor qilish, yangi narsalarni o’rganishni soddalashtirish yoki boshqa to'siqlarni bartaraf etishda yordam beradimi? Mahsulot foyda keltira oladimi? Iste'molchilarga vaqt, pul yoki harakatni sezilarli darajada tejashni ta'minlaydimi? Iste'molchilar kutgan natijalarni beradimi va sifat darajasi yoki boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha umidlardan ham yuqoriroq bo’la oladimi? Mavjud bo’lgan qiymatli takliflaridan oshib o’tadimi va iste'molchilarni o'ziga xos xususiyatlar, funktsiyalar yoki sifat bilan ajablantira oladimi? Iste'molchilarning shaxsiy yoki professional hayotini ko’proq qulaylik, mavjudlik, xizmatlar miqdorini oshirish yoki egalik xarajatlarini kamaytirish orqali yanada yengillashtiradimi? Iste'molchilar uchun ijobiy ijtimoiy ta'sirni yaratishda - ya’ni ularning ko'rinishini yaxshilash yoki status yoki obro’ni oshirish uchun yordam beradimi? Iste'molchilarga ular izlayotgan qandaydir narsani – ya’ni ilg'or dizayn, kafolatlar, o'ziga xos xususiyatlar yoki funksionallikni oshirishni bera oladimi? Iste'molchilarning istaklarini bajarish – ya’ni orzularni ro'yobga chiqarish yoki qiyin vaziyatdan chiqib ketishga yordam beradimi? Iste'molchilarning mavaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik mezonlari tomonidan ijobiy natijalarni bera oladimi - ishlash xarakteristikalarini yaxshilash yoki xarajatlarni kamaytirishda yordam beradimi? Past narx, xarajatlarni pasaytirish, xavfni kamaytirish, sifat va samaradorlikni oshirish, dizaynni takomillashtirish tufayli sizning qiymatli taklifingizni qabul qilishga olib keladimi? Download 7.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling