Asosiy makroiktisodiy ko`rsatkichlar va ularni xisoblash reja
Download 158.01 Kb.
|
ASOSIY MAKROIKTISODIY KO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Milliy iktisodiyotni taxlil kilishda ko`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar
ASOSIY MAKROIKTISODIY KO`RSATKICHLAR VA ULARNI XISOBLASH Reja: Milliy iqtisodiyotni taxlil qilishda qo`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar. Yalpi ichki maxsulot tushunchasi. YAIM ni ishlab chiqarish usulida aniqlash. YAIM ni xarajatlar bo`yicha xisoblash. YAIM ni daromadlar(taqsimot usuli) bo`yicha xisoblash. Milliy xisobchilik tizimidagi boshqa ko`rsatkichlar. Asosiy makroiktisodiy ayniyatlar. Nominal va real YAIM. 1. Milliy iktisodiyotni taxlil kilishda ko`llaniladigan asosiy ko`rsatkichlar Mamlakat iktisodiyoti rivojlanishini taxlil kilish, milliy iktisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniklash xamda uni yanada rivojlantirish bo`yicha chora-tadbirlar ishlab chikarish uchun bir kator iktisodiy ko`rsatkichlardan foydalaniladi. Aloxida firmalar faoliyatiga baxo berishda ko`llaniladigan ko`rsatkichlardan farkli tarzda bu ko`rsatkichlar milliy iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatiga umumiy baxo berish, makroiktisodiy taxlil o`tkazish, mamlakat iktisodiyotining jaxon xo`jaligida rakobatga bardoshliligi darajasini aniklash imkonini beradi. Bu ko`rsatkichlarga kuyidagilar kiradi: · YAlpi ichki maxsulot (YAIM), Sof ichki maxsulot (SIM), YAlpi milliy daromad (YAMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (SHD), SHaxsiy tasarrufidagi daromad (SHTD), Iste`mol(S), Jamgarish (S) ko`rsatkichlarining xajmi va o`sish sur`atlari; . iktisodiyotning tarkibiy tuzilishi; . mamlakat eksporti va importi xajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va o`sish suratlari; . resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko`rsatkichlar (Mexnat unumdorligi, Fond kaytimi); · davlat byudjeti takchilligi, deflyator, iste`mol baxolari indeksi, inflyatsiyaning o`sish sur`atlari; · ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, axolining ish bilan bandlik darajasi; · axolining moddiy ne`matlar va xizmatlar iste`moli xajmi, ularning jamgarmalari, ish xakining kuyi mikdori va boshkalar. Davlat byudjeti takchilligi va inflyatsiya surati kabi ko`rsatkichlar umumiy makroiktisodiy vaziyatga baxo berishda ko`llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, S, S ko`rsatkichlari milliy ishlab chikarishning parametrlarini va dinamikasini taxlil etishda foydalaniladi. Bu ko`rsatkichlar iktisodiyotning barcha sub`ektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniklanib, ularni xisoblashning asosini Milliy xisobchilik tizimi(MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o`tagani xolda uning standartlaridan kelib chikkan xolda makroiktisodiy ko`rsatkichlarni xisoblash, mamlakatlararo takkoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. Mamlakat iktisodiyotining xakikiy xolatini o`rganish, unga tizimli baxo berish uchun yukorida sanab o`tilgan barcha ko`rsakichlardan foydalanish zarur, aks xolda bir tomonlama yondoshuvga yo`l ko`yilishi mumkin. Download 158.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling