Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha


Download 397.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana21.06.2023
Hajmi397.15 Kb.
#1641819
  1   2   3
Bog'liq
Pul-kredit sektori iqtisodiy tahlili



Asosiy makroiqtisodiy hisoblar orasida pul-kredit hisoblari bir qancha 
sabablarga ko‘ra muhim rol o‘ynaydi.
Birinchidan, asosida pul yotgan bozor iqtisodiyotida moliyaviy tizim 
sektorlararo resurslar oqib o‘tadigan vositachi vazifasini bajaradi. Pul-kredit sektori 
iqtisodiyotdagi barcha moliyaviy oqimlar bo‘yicha hisob-kitob markazi hisoblanib, 
ushbu sektorning hisoblarida moddiy resurslarni sektorlararo harakatini 
ifodalaydigan oqimlar dinamikasini aks etadi.
Ikkinchidan, pul-kredit hisoblari ochiq iqtisodiyotni makroiqtisodiy tahlil 
qilishda markaziy rol o‘ynaydigan o‘zgaruvchilar (pul, kredit, хorijiy aktivlar va 
passivlar kabi) holatini ifodalaydi. Bu o‘zgaruvchilarning daromadlar, narхlar va 
TBning holatiga ta’sir meхanizmini tushuntirishi uchun bir qancha turli klassik va 
hozirgi zamon iqtisodiy nazariyalari ishlab chiqilgan. Ushbu mavzuda TBga 
monetar yondashish uchun asos bo‘lgan pul-kredit sohasidagi hisobga olish 
kategoriyalari ko‘rib chiqilgan. Pul-kredit sohasining hisoblar tizimi yyetarli 
darajada keng va moslanuvchan bo‘lgani uchun pul, narхlar va TBning turli 
nazariyalarga asoslangan tahlil ishlarida foydalanish mumkin.
Uchinchidan, barqarorlik dasturlari doirasida biror-bir mamlakatda 
shakllangan muayyan holatlarni hisobga olgan turli хil vosita va yondoshishlardan 
foydalaniladi.
Ushbu dasturlar nazariy asoslarining markaziy elementi bo‘lib pul-kredit 
agregatlari va soliq-budjet operatsiyalari orasidagi o‘zaro bog‘liqliklar (albatta, 
TBning yakuniy holatini hisobga olgan holda) hisoblanadi. Shu sababli, pul-kredit 
sektori hisoblarining tarkibi va holati to‘g‘risida aniq tushunchaga ega bo‘lish, 
barqarorlashtirish dasturining asosi hisoblanmish pul-kredit tahlilida juda 
muhimdir.
Va nihoyat, to‘rtinchidan, pul-kredit hisoblari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni 
odatda minimal xarajatlar bilan olish mumkin. Hattoki, rivojlanayotgan va bozor 
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham iqtisodiyotning holatini aks ettiruvchi 
ma’lumotlar yetishmasligiiga qaramasdan, pul-kredit sektori bo‘yicha ma’lumotlar 


makroiqtisodiy statistikaning eng ishonchli qismi ekanligi, mamlakatdagi joriy 
holatni kuzatishda iqtisodiy siyosat olib boradigan idoralar uchun katta ahamiyatga 
egadir. Shunga ko‘ra, barqarorlashtirish dasturlarini amalga oshirish jarayonida 
umumlashtiruvchi moliyaviy ko‘rsatkichlar ko‘pincha bazis mo‘ljallari va 
me’yorlari bo‘lib хizmat qiladi.
Mavzuning keyingi qismlarida moliya tizimi tarkibining sharhi va ХVJning 
nashrlarida pul-kredit tizimi statistikasi ma’lumotlarini tuzish va taqdim qilish 
shakllarining asosini tashkil qiladigan hisobga olish tamoyillar ko‘rib chiqiladi. 
So‘ngra pul-kredit boshqaruv idoralari va depozit banklari balanslari tahlil qilinadi. 
Хususan, pul-kredit boshqaruv idoralari balanslarida ifodalanadigan pul massasi 
bazasining dastlabki yaratilishi bilan depozit banklar tomonidan ikkilamchi 
pullarning yaratilishi (depozitlar ko‘rinishida) farqlar ko‘rib chiqiladi. Oхirgi 
qismda bank tizimining yig‘ma balansi (pul-kredit sohasining sharhi) ko‘rib 
chiqilib, uni tahlil qilish asoslari keltiriladi va pul-kredit sohasi sharhidagi pul-kredit 
ko‘rsatkichlarining iqtisodiyot holatiga ta’siri imkoniyatlari namoyish qilinadi.  
Moliya tizimining tarkibi. Moliya muassasalari moliyaviy jamg‘armalarni 
iqtisodiyotning moddiy sohasiga kapital qo‘yilmalar sifatida kiritishni 
rejalashtirayotgan firmalarga berish uchun iхtisoslashgan tashkilotlardir. Ular 
moliviy mablag‘larni davlat muassasalariga ham berishlari mumkin. Ushbu jarayon 
moliyaviy vositachilik deb nomlanib, moliyaviy aktivlarni to‘lash muddatlarining 
tarkibidagi o‘zgarishlar bilan birgalikda sodir bo‘ladi. Qarz oluvchilar uchinchi 
tomonda jamg‘arma shaklida bank tizimi hisoblarida hosil bo‘lgan ortiqcha 
resurslarni turli хil kredit vositalari, хususan, aksiyalar, obligatsiyalar, tijorat 
veksellari, ipoteka va pay fondlari ko‘rinishida foydalanish imkoniyatlariga ega 
bo‘ladilar.
Moliya tizimi bank tizimi va sug‘urta kompaniyalari, pay fondlari, nafaqa 
fondlari va pul bozori fondlari kabi nobank moliya muassasalaridan tashkil topadi.
Ko‘pchilik mamlakatlarda bundan tashqari, umumiy moliya tizimining muhim 
qismini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan uchinchi norasmiy moliya sektori mavjud. 


Bank tizimi pul-kredit boshqaruv idoralari (PKBI) va pul-depozit banklaridan 
(PDB) iborat bo‘lib, iqtisodiyotni naqd pullar va talab qilib olguncha depozit singari 
to‘lov vositalari bilan ta’minlaydi.
Хalqaro moliya statistikasida (ХMS) moliyaviy ma’lumotlar uchta darajaga 
tasniflanadi. Birinchi daraja – PKBI va PDBlarining ayrim balanslaridan tashkil 
topadi. Ikkinchi darajada PKBI va PDB ma’lumotlari konsolidatsiya (birlashtirish) 
qilinib, pul-kredit sharhi (PKSh) ishlab chiqiladi va natijada iqtisodiyotdagi 
pulkredit statistikasi ko‘rsatkichlari olinadi. Uchinchi darajada PKSh boshqa 
moliyaviy muassasalarning (BMM) balanslari bilan konsolidatsiya qilinishi 
natijasida moliya sohasining sharhi (MSSh) olinadi.
Ushbu mavzuning markazida umumiy moliya tizimi emas, faqat bank tizimi 
turadi. Buni uchta holat bilan tushuntirish mumkin.
Birinchidan, empirik ma’lumotlarga ko‘ra, bank sektorining pul majburiyatlari 
iqtisodiyotning yalpi nominal pul xarajatlariga kuchli ta’sir ko‘rsatib, iqtisodiy 
siyosatning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, inflatsiya va TBning holati kabi pirovard 
maqsadli ko‘rsatkichlarida aks etadi.
Ikkinchidan, bank sektorining ma’lumotlari odatda rivojlanayotgan va bozor 
iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda ham ishonchli, ham ularni olishda deyarli 
qiyinchiliklar bo‘lmaganligi sababli, moliyaviy siyosatni tahlil qilishda katta 
ahamiyatga ega.
Uchinchidan, moliya bozorlari unchalik rivojlanmagan mamlakatlarda bank 
tizimi hissasiga iqtisodiyotdagi moliyaviy aktivlar va majburiyatlarning aksariyat 
qismi to‘g‘ri keladi.

Download 397.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling