Asosiy mazmuni


“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni


Download 71.09 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi71.09 Kb.
#1527721
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma\'ruza

3. “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaroriga asosan 1999 yil 15 aprelda amalga kiritilgan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (quyida Qonun deb yuritiladi) temir yo‘l transporti qonun hujjatlarining asosiy bosh manbalaridan biri hisoblanadi. Unda temir yo‘l transportining Respublikamiz xo‘jaligini iqtisodiy va ijtimoiy sohasidagi tutgan huquqiy o‘rni belgilab qo‘yilgan. Qonun 28 moddadan iborat bo‘lib, uning 1-moddasi asosiy tushunchalarga bag‘ishlangan. Bu moddada temir yo‘l transporti (temir yo‘li), temir yo‘l transporti korxonasi, muassasasi va tashkiloti, temir yo‘l Nizomi, transport xizmatlari bozori, tashish jarayoni, umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, yuk, yo‘lovchi, bagaj, yuk bagaji, yuk jo‘natuvchi (jo‘natuvchi), yuk oluvchi (oluvchi), xavfli yuklar, ajratilgan mintaqa, muhofaza zonalari kabi iboralarga ta’rif berilgan.
Qonunning 2-moddasida ushbu Qonun, temir yo‘l Nizomi, yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari hamda boshqa normativ xujjatlar temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonun xujjatlari deb belgilangan. Shuningdek, ushbu moddada, agar O‘zbekiston Respublikasi-ning xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonun xujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llanilishi e’tirof etilgan.
Qonunning 3-moddasi temir yo‘l transportida mulkchilik shakliga bag‘ishlangan bo‘lib, bu moddada temir yo‘l transportining qaysi turdagi mol-mulki mutlaq davlat mulki bo‘lishligi va qaysi turdagi mol-mulki qonun xujjatlarida belgilangan tartibda xususiylashtirilishi mumkinligi bayon etilgan. Temir yo‘l transporti korxonalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish (4-modda), temir yo‘l transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining mol mulki (5-modda), temir yo‘l transporti erlari (6-modda), temir yo‘l transportining muhofaza zonalari (7-modda) kabi masalalar ham Qonunda o‘zining aniq va mukammal huquqiy o‘rnini egallagan.
Qonunning 8-moddasi temir yo‘l qatnovlarining turlari va maxsus tashishlarga bag‘ishlangan bo‘lib, bu moddada ichki qatnovlarga, halqaro qatnovlarga, to‘g‘ri aralash qatnovlarga va alohida muhim davlat va mudofaa ehtiyojlarini qondirish uchun mo‘ljallangan maxsus tashishlarga ta’riflar berilgan. Temir yo‘l shoxobcha yo‘llari, ularning ishlash shart – sharoitlari, hamda temir yo‘l shoxobchalari mulkdorlari bilan temir yo‘li o‘rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida amalga oshirilishi qonunning 9-moddasida belgilangan.
Ko‘p tarmoqli temir yo‘l transportini markazlashgan tartibda boshqarish, davlat temir yo‘l transportining boshqarish organining vazifalari va vakolatlari, temir yo‘l transportining tashish jarayoni bilan bog‘liq faoliyatiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘qligi, hamda davlat temir yo‘l transportini boshqarish organining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun majburiyligi Qonunning 10-moddasida ta’kidlab o‘tilgan.
Yuklarni, yo‘lovchilarni, bagajlarni va yuk bagajlarni tashish tartiblari va ularni temir yo‘l orqali tashish tariflari, bu boradagi temir yo‘lining vazifalari va majburiyatlari, hamda temir yo‘l transportining moliyaviy va xo‘jalik faoliyati qonunning 11, 12, 13 va 14-moddalarida bayon etilgan.
Temir yo‘l transporti korxonalarining, temir yo‘l transporti ob’ektlarining mulkdorlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlari, ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek shartnomalar bilan belgilanishi Qonunning 15-moddasida aniq bayon etilgan. Temir yo‘l transporti xodimlarining mehnatiga oid munosabatlari, ular ishining sayyor xususiyati bilan bog‘liq kafolatlar, badallar va ularga berilgan imtiyozlar, temir yo‘l transportidagi intizom va hisoblash – hisobot vaqti Qonunning 16, 17, 18 va 19-moddalarida belgilab qo‘yilgan.
Qonunda harakat havfsizligini ta’minlashga katta ahamiyat berilgan, chunki yo‘lovchilarni hayoti va sog‘lig‘i, hamda yuk, bagaj va yuk bagajlarni o‘z vaqtida asrab-avaylab etkazib berish, temir yo‘l xodimlarini mehnati va atrof – muhitni muhofaza qilish bevosita harakat xavfsizligiga bog‘liqdir. Shu bois Qonunning 20-moddasida harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo‘l transporti va boshqa texnika vositalaridan foydalanish masalalari o‘zining huquqiy o‘rnini egallagan bo‘lsa, uning 21-moddasida temir yo‘l transportida harakat havfsizligiga doir asosiy talablar belgilab qo‘yilgan.
Yo‘l davomida va temir yo‘l bekatlarida yuklarni qo‘riqlash, temir yo‘l transporti ob’ektlarini qo‘riqlash, shuningdek temir yo‘l transportida yong‘inning oldini olishga qaratilgan ishlarni o‘tkazish yong‘inga qarshi nazorat va yong‘inlarni bartaraf etish temir yo‘l transporti harbiylashtirilgan qo‘riqchi bo‘linmalari tomonidan amalga oshirilishi, temir yo‘l transportining harbiylashtirilgan qo‘riqchiligi to‘g‘risidagi nizom hamda qo‘riqlanishi va kuzatib borilishi zarur bo‘lgan yuklar ruyxati O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi va temir yo‘l transportida yuklar va ob’ektlarni qo‘riqlashga oid boshqa masalalar Qonunning 22-moddasida bayon etilgan.
Temir yo‘l transporti ishining buzilishiga sabab bo‘ladigan halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlarning va boshqa favqulodda holatlarda temir yo‘l transportining ishlashi (23-modda), temir yo‘l transportida safarbarlik tayyorgarligi va fuqarolar muhofazasi (24-modda) hamda yo‘lovchilarni, temir yo‘l transporti xodimlarining ayrim toifalarini, yuklar, bagaj va yuk bagajni sug‘urta qilish (25-modda) kabi masalalar ham Qonunda belgilab qo‘yilgan.
Qonunning 26-moddasi temir yo‘l transporti korxonalarining javobgarligiga bag‘ishlangan bo‘lib, bu moddada temir yo‘l transporti korxonalari temir yo‘l haqini hamda yuk, bagaj va yuk bagajining tashish haqini to‘lagan va yo‘l hujjatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirilgan yo‘lovchi va yuk jo‘natuvchiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tashishni rad etishga haqli emasligi, ko‘rsatilgan. Shuningdek, temir yo‘l transporti korxonalari yo‘lovchilar, yuk, bagaj va yuk bagaj tashish bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun temir yo‘l Nizomi va boshqa qonun xujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda javobgar bo‘lishligi uqdirib o‘tilgan. Xuddi shuningdek, temir yo‘l transporti xizmatidan foydalanuvchi yuk jo‘natuvchilar, yukni oluvchilar, yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tashish jarayonining ba’zi bir jabhalarida yo‘lovchi, yuk, bagaj va yuk bagaj tashish bois vujudga keladigan o‘z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun temir yo‘l transporti korxonalari oldida javobgar bo‘lish holatlari Qonunning 27- moddasida bayon etib o‘tilgan.
Qonunning 28-moddasi talab va da’volarni ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan. Bunda yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda yuk jo‘natuvchilar va yukni oluvchilar tegishli temir yo‘l transporti korxonalariga qonun xujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda talab va da’volar taqdim etishga xaqli ekanligi va bu talab va da’volarni ko‘rib chiqishning o‘ziga xos xususiyati temir yo‘l Nizomida belgilab qo‘yilganligi uqdirib o‘tilgan.



Download 71.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling