Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari,metamorfoz Tayyorladi: Fayzullayeva Sevinch


Download 9.18 Kb.
bet1/2
Sana05.11.2023
Hajmi9.18 Kb.
#1749601
  1   2
Bog'liq
Asosiy morfologik qonuniyatlar simmetriya turlari,metamorfoz-fayllar.org


Asosiy morfologik qonuniyatlar: simmetriya turlari,metamorfoz

Asosiy morfologik qonuniyatlar:simmetriya turlari,metamorfoz

Tayyorladi:Fayzullayeva Sevinch

Bajardi:Safarova Nigora

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqod instituti


1. O`simlikning tashqi ko`rinishini, ularning ayrim organlari tuzilishini va har xil shakl o`zgarishlarda bu organlarning o`zaro munosabatini o`simliklar morfologiyasi o`rganadi. O`simlilkar morfologiyasi faqat o`simliklarning ayrim organlarini emas, balki ularning funksiyasiga qarab va biron tashqi sharoit ta`sirida kelib chiqishi tarixini ham o`rganadi.

O`simliklar morfologiyasi eng avval gulli o`simliklarga uchta asosiy organ: ildiz, poya va barg xos deb hisoblaydi. Boshqa organlar esa, masalan: gul, tikan, ilgakcha (gajakcha) kurtak, meva va shunga o`xshashlar yuqorida aytib o`tilgan asosiy organlardan birining shakli o`zgarishi metamorfoz natijasi hisoblanadi. Shu bilan birga yuksak o`simliklarning organlari funksiyasiga qarab ikkita asosiy guruhga bo`linadi. Jumladan: o`simliklarning individual hayotidagi funksiyalarni (masalan: oziqlanish, assimilyatsiya, gazlar almashi-nuvi va hokazolarni) bajarishga xizmat qiluvchi organlar vegetativ organlar jinsiy ko`payish funksiyasini bajarishga moslashgan organlar (gul, meva va urug`) generativ organlar deb ataladi.


2. O`simliklar morfologiyasi (yunoncha - morfo- shakl, logos - ta`limot ma`nosida) fani o`simliklarning tashqi tuzilishini, ularni tashqi muhit ta`sirida ontog`enez va filogenezda o`zgarib borishini o`rganadi.
Insonlar o`simliklarning tashqi tuzilishiga ko`ra farqlarni foydali va zararli o`simliklarni taqqoslash davomida bilganlar. O`simliklar morfologiyasi ham o`simliklar sistematikasi singari botanikaning qadimiy bo`limlaridan biri hisoblanadi.
Qadimgi yunon tabiatshunosi Aristotelning shog`irdi Teofrast (eramizdan avval IV - VII asr) o`zining “O`simliklar to`g`risimda ilmiy ishlar” asarida 480 tur o`simlikning ildizi, poyasi, bargi va gul tuzilishini ko`rsatib bergan edi.
Sharq fanining taraqqiyotida o`simliklarning qiyosiy morfologiyasini yaratilishida Ibn Sino (Avitsena) (980 - 7037) xizmatlari cheksizdir. U o`zining 280 ilmiy ishlarining 30 tasini tabiatshunoslikka bag`ishlagan. Jumladan “Tibbiyot fanining qonunlari”, “Tirik organizmlarning klassifikatsiyasi to`g`risida” kabi asarlarida ko`pchilik foydali o`simlikning tarkibi, harakterli xususiyatlarini, davolashda foydalanish yo`larini ko`rsatib bergan.
XVIII asrga kelib, shved botanigi К. Linney botanik atamalar islohini amalga oshirdi. U yaratgan o`simliklar sistematikasida 1000 ga yaqin atamalar mujassamlashgan.
O`simliklar morfologiyasi fanining rivojlanishida nemis tabiatshunosi va shoiri I.V. Gyotening “O`simliklar metomorfozi haqida tajribalar (1790) asari muhim o`rin egallaydi. Кeyinchalik o`simlik organlarining ko`rinishi o`zgarishi to`g`risidagi fikrlar rus akademigi К.F. Volf (1759) va Shved botanigi O.N. Dekandol (1827) tomonidan ham bayon yetilgan. Botanika fanining barcha tarmoqlarini rivojlanishida Ch. Darvinning evalyutsion ta`limoti asosiy o`rin egallaydi. (1859).
KARL LINNEY
I.V.GYOTE

Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling