Asosiy qiosm


Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari


Download 87.95 Kb.
bet3/6
Sana17.11.2023
Hajmi87.95 Kb.
#1782671
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
4-Mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalari va ularni tashkil etish

Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim-tarbiya jarayoni qatnashchilari
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta’lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ustavida belgilanadi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi vasiylik kengashining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalarni o‘z ustavi, kun tartibi, ta’lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lishi vaqtini, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Ota-onalar:
o‘z bolalari uchun ta’lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim berish tilini tanlash;
davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o‘ziga qulay bo‘lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim muassasasidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Ota-onalar quyidagilarga majbur:
belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lgan davri uchun badal to‘lovini o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Tegishli pedagogik ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim muassasasida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo‘riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasida belgilab qo‘yiladi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
davlat maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda o‘z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish;
ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish bo‘yicha o‘ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish;
bolalarga yuqori professional darajada ta’lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta’lim sifatini oshirish;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog xodimlarni rag‘batlantirish maqsadida ustamalar, qo‘shimcha haq hamda boshqa to‘lovlar turi va miqdorlarini ish haqiga yo‘naltiriladigan mavjud mablag‘lar doirasida belgilaydi.
Davlat maktabgacha ta’lim muassasasidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sog‘liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning boshlang'ich qismi hisoblanadi. U bolaning sog'lom va rivojlangan shaxs bo'lib shakllanishini ta'minlab, o'qishga bulgan ishtiyoqini uyg'otib, tizimli o'qitishga tayerlab boradi. 6-7 yoshgacha bo'lgan maktabgacha ta'lim davlat va nodavlat bolalar maktabgacha ta'lim muassasalarida va oilada amalga oshiriladi. Maktabgacha ta'limning maqsadi – bolalarni maktabdagi o'qishga tayerlash, bolani sog'lom, rivojlangan, mustaqil shaxs bo'lib shakllantirish, qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga, tizimli ta'limga bo'lgan ishtiyoqini tarbiyalashdir.


Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilish maktabgacha ta'lim muassasasi hamda shtatdagi tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta'lim muassasasiga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi va qoidalari, maktabgacha ta'lim muassasasiga bolalarni olib kelish va olib ketish qoidalari, maktabgacha ta'lim muassasasi binolarida xavfsizlikni tashkil etishga oid talablar, maktabgacha ta'lim muassasasida yong'in xavfsizligini tashkil etishga oid talablar, hudud xavfsizligiga bo'lgan talablar “Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to'g'risida Nizom" bilan tartibga solinadi.
Maktabgacha ta'lim tizimi
Bolalar maktabgacha muassasalari – O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim muassalarining turi bo'lib, turli yo'nalishdagi maktabgacha ta'lim umumta'lim dasturlarini amalga oshiradi. Maktabgacha ta'lim muassasalari 2 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, nazoratini, parvarishlashni va sog'lomlashtirishni ta'minlaydi.
Maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish tartibi, faoliyatini tashkil etish va butlash, hamda maktabgacha ta'lim muassasasining mol-mulki va pul mablag'lari, javobgarligi, boshqaruvi va ta'lim jarayoni qatnashchilari to'g'risidagi kerakli ma'lumotlarni “O'zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risida Nizom" dan olishinigiz mumkin.
O'zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarining zamonaviy tizimi
Maktabgacha ta'lim muassasalari, faoliyat yo'nalishiga ko'ra, quyidagi turlarga bo'linadi:
Bolalar yaslisi, bolalar yasli bog'chasi, bolalar bog'chasi, uydagi bolalar bog'chasi (mustaqil muassasa yoki filial sifatida).
Maktabgacha tarbiya va boshlang'ich ta'lim mussasasi (bolalar bog'chasi-maktab).
Tarbiyalanuvchilarni bir yoki bir nechta yo'nalishda (til, badiiy estetik, sport va boshqalar) tarbiyalovchi maktabgacha ta'lim muassasalari.
Tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruxiy rivojlanishdagi og'ishlarni kvalifikatsion yaxshilovchi tiklovchi turdagi bolalar bog'chasi.
Tibbiyot gigiena, profilaktika va sog'lomlashtirish tadbir va protseduralarini amalga oshiruvchi zaiflashgan bolalarni nazorat qilish va sog'lomlashtirish bog'chasi.
Birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasi (birlashtirilgan turdagi bolalar bog'chasiga rivojlantiruvchi, tiklovchi va sog'lomlashtiruvchi guruhlar umumlashtirilgan ko'rinishda kiradi)
Maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi va u erda bolalarning bo'lish davomiyligi davlatning maktabgacha ta'lim sifat va darajasiga bo'lgan talablari, nizom, maktabgacha ta'lim muassasasi va ota-onalar orasida tuzilgan shartnoma, hamda ta'sischilar tomonidan belgilandi.
Imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta'lim muassasalari tashkil qilingan bo'lib, u erga bolalar davlatning joylardagi vakolatli ta'limni boshqarish va sog'liqni saqlash organlari tarafidan tashkil qilingan ruhiy-tibbiy pedagogik komissiyaning xulosasiga binoan qabul qilinadi.
Maxsus maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish tartibi, mol-mulki va pul mablag'lari, maxsus maktabgacha ta'lim muassasasida o'quv-ta'lim va sog'lomlashtirish jarayonini tashkil qilish, ta'lim jarayoni ishtirokchilari va maxsus maktabgacha ta'lim muassasasining boshqaruvi haqidagi to'liq ma'lumotlar “ Maxsus davlat maktabgacha ta'lim muassasasi to'g'risidagi Nizom" da ko'rsatilgan.

Download 87.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling