Asosiy qism : Shayboniylar davrida Movaraunnahrda ijtimoiy,iqtisodiy va siyosiy hayot
Download 114.28 Kb.
|
Asosiy qism Shayboniylar davrida Movaraunnahrda ijtimoiy,iqtis
Fazlulloh Ibn Roʻzbehon, Roʻzbehon Isfahoniy [1457, Jan. Fors (Loriston)ning Hunji qishlogʻi, Sheroz yaqinida — 1521.13.4, Buxoro] — tarixchi olim, faqih va shoir. Otasi — Jamoliddin Roʻzbeqon yirik ilohiyot va fiqh olimi, sardorlar tabaqasidan boʻlgan. Fazlulloh Ibn Roʻzbehon R. Sheroz va Isfahon madrasalarida tahsil olgan. Hijoz va Makka (1474), Madina, Misr (1482) ga borib ilm olgan.
Oq qoʻyunlilar vakili sulton Yaʼqub uni Tabrizga chaqirib, saroyda yuqori lavozimni topshirgan. — sulton Abulfath mirzo Boysungʻur, temuriylaraan Sulton Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Buxoro hokimi Ubaydullaxon saroylarida yuqori lavozimlarda xizmat qilgan. Umrining qolgan qismini Buxoro va Karmanada oʻtkazgan. Fazlulloh Ibn Roʻzbehon R. "Tarixi olamoroyi Aminiy" (1490) asarida sulton Yaʼqub va boshqa oq qoʻyunlilar haqida, temuriy shahzoda Xalil Sultonning ularga karshi olib borgan kurashlari toʻgʻrisida muhim maʼlumotlarni keltirgan. "Suluk almuluk" (1514) asari Buxoro hokimi sulton Ubaydullaxonga bagʻishlangan boʻlib, unda shariat yoʻlyoʻriqlari asosida davlatni idora qilish masalalariga toʻxtab oʻtilgan. Fazlulloh Ibn RoʻzbehonR. "Mehmonnomayi Buxoro" nomli yirik tarixiy asarida (1509). Turkistonning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlariga oid tarixi bayon qilingan boʻlib, u muqaddima, 59 bob va xotimadan iborat. Shayboniyxonning 1508—09 yil qish mavsumida qozoq sultonlari Janish Sulton va uning oʻgʻli Ahmad sulton, shuningdek, Burunduqxon ustiga qilgan harbiy yurishi, oʻzbek va qozoq xonlarining kelib chiqish tarixi, Movarounnahr, Dashti Qipchoq va qozoq ulusining jugʻrofiy holati, oʻzbek va qozoqlarning kelib chiqishi, etnik tarkibi, urfodati va anʼanalari asarda oʻz aksini topgan. Abdulazizxon madrasasi – Buxorodagi me’moriy yodgorlik. Qo‘sh imorat ansamblning jan. tomonida me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin tomonidan 1652 yilda qurilgan. Ulug‘bek madrasasining (1419) qarshisida. Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Chorsi hovlining har tarafi o‘rtasida peshtoqli ayvon bor. Umuman Madrasa bezaklari yuksak san’at va mahorat bilan ishlangan. Katta peshtoq nafis va nodir koshin kori naqshlar bilan ziynatlangan. Islimiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa hujralari, ayniqsa, jan. ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Hujra devorlarida tabiat manzaralari va imoratlar tasviri ham uchraydi. Naqshlar, asosan, moviy rang bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylanasi 50x67 m, hovli – 28x35 m. Madrasa 17-asr Buxoro mahobatli me’morligining yetuk namunasidir. Madrasa asosan juz’iy ta’mirlar (peshtoq muqarnasini Usta Shirin Murodov ta’mirlagan) asosida tartibga keltirilgan. Hovlisida sayyohlar uchun millim musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi. Shim.-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat ko‘rgazma tashkil etilgan. Buxorodagi me`moriy yodgorlik. Buxoro xoni mumtoz shoir Ubaydullaxon in`om etgan mablag’ hisobiga Shayx Abdulla tomonidan qurilgan (1530—36). Mir Arabning asl ismi Sayyid Abdulloh. Amir 22 yoshida Samarqandga kelib Xoja Ahrorga shogird tushgan. Turkistonning Sabron (Savron)ida 2 koriz (yer osti arig’i) qazdirgan, suv chiqargan, qal`a bino etib, Shofirkon, Vobkent, G’ijduvon tumanlarida ko’p joylarni obod qilgan (Shofirkonda Mir Arab qal`asi saqlangan). U naqshbandiya tariqatining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Madrasa qurilishini nihoyasiga yetkaza olmagan, 1536 yyil boshida Mir Arab vafot etgan va uning vasiyatiga ko’ra kuyovi Shayx Zakariyo qurilishni oxiriga yetkazgan. Xattot Mirali Fathobodiy — Buxoriy ushbu forsiy qit`ani Madrasa darvozasiga yozgan: "Mir Arab faxri Ajam onki kard — Madrasai olii bas bul ajab. Bul ajab on ast ki tarixi u: Madrasai olii Mir Arab". Madrasa Minorai kalonning qarshisida joylashgan. Bosh tarzi ulkan peshtokli, darvozasi orqasida 5 gumbazli miyonsaroy, ikki yonida baland gumbazli keng darsxona va masjid, go’rxona joylashgan. Koshinkori naqshlar yozuvlar bilan uy9g’unlashgan (saqlanmagan). Go’rxona ichi gumbaz osti bag’ali qalqonsimon muqarnasli, shipi va devorlari ganch o’ymakorligida bezatilgan, izorasi rangbarang koshinli. Go’rxonada Ubaydullaxon (1537 y. v. e.)ning yog’ochdan xotamkori usulida ishlangan sag’anasi va Mir Arab, uning qarindoshlari qabrlari bor. Madrasaning umumiy tarhi 68,5x51,8 m, hovli 35,4x31,3 m, darsxona 8x8 m. Hovlisi to’rtburchak shaklida bo’lib, atrofini oldi ravokli, ikki oshyonli 114 hujra o’rab turadi. Tomonlar o’rtasidagi 4 baland peshtokli darsxona — ayvon hovli mahobatini oshiradi. Tuzilishi jihatidan naqshinkor jan. peshtoqning dastlabki qiyofasi saqlanib qolgan, bu naqshlarning tarkibiy qismida yulduzsimon bezaklar uchraydi. Undagi bezaklarning saqlanib qolgan ayrim parchalaridan naqshlar g’oyat nafis va nozik bo’lganligini bilish mumkin. Rivoyatlarga kura, Madrasa asosi chuqur qilinib, tog’ toshlari bilan mustahkamlangan, qor, yomg’ir suvini qochirish uchun tazarlar ishlangan, ular orqali suvlar shahar qo’rg’onidan tashqariga chiqarilgan. Mir Arab madrasasida O’rta Osiyo diniy maktablari qurilishiga xos an`anaviy loyiha va mujassamot o’z ifodasini topgan. Buxoroning 2500 y.ligi munosabati bilan Madrasa peshtog’i va gumbazlaridagi to’kilib ketgan koshinkori naqshlar va yozuvlar qayta tiklandi. Mir Arab madrasasi diniy o’quv yurti. Madrasada talabalar islom dinidan saboq oladilar. O’zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida. Sho’rolar davrida faoliyati vaqtincha to’xtatilgan, 1945 yilda yana tiklangan. O’quv muddati 4 yil. O’quv yurti kunduzgi bo’limiga 15 yoshdan 35 yoshgacha bo’lgan o’rta va to’liqsiz o’rta ma`lumotli kishilar qabul qilinadi. Diniy fanlar hamda umumta`lim fanlari o’qitiladi. Talabalarga arab, ingliz, rus va fors tillari ham o’rgatiladi. Darslar o’zbek va arab tillarida olib boriladi. «Ko’kaldosh» madrasasi Toshkent shahridagi tarixiy obidalardan biri sanaladi. Muhammad Solih Qoraxo’ja Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida «Ko’kaldosh» madrasasini Darveshxon qurdirganini yozadi va shu kitobining ba’zi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi. Madrasa 1551-1575 yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Bunga dalil sifatida tarixchilar 1569-1570 yillarda yozilgan vaqfnomani keltiradilar. Unga ko’ra, Toshkent hokimi Sulton Darveshxon bir karvonsaroyni madrasaga vaqf qilib bergani aytilgan. «Ko’kaldosh» madrasasi Chorsu maydonidagi Shahriston tepaligida Xo’ja Ahror Valiy jome’ masjidining yonida an’anaviy sharq uslubiga rioya qilib bunyod etilgan. Uning keng hovlisi hujralar va ochiq ayvonlar bilan o’ralgan. Hujralar soni 38 ta bo’lib, dastlab qurilganda madrasa uch qavatdan iborat bo’lgan. Bosh fasad janubga qaragan, darvozadan kiraverishda chapda masjid, o’ngda darsxona joylashgan. Masjid va darsxonaning usti o’zaro kesishgan ravoqlar ustiga o’rnatilgan qo’sh ichki va tashqi gumbazlardan iborat bo’lgan. Peshtoq sirkor parchin va jilva naqshlar bilan bezatilgan. XVIII asrga kelib qarovsiz qolgan madrasa karvonsaroy sifatida foydalanilgan. 1830-1831 yillarda Toshkent hokimi Lashkar Beglarbegining davrida darsxona va masjid o’ngidagi nurab to’kila boshlagan zangori gumbazlari va ikkinchi qavatning g’ishtlari ko’chirib olinib, hozirgi kunda buzilib ketgan Beglarbegi madrasasi (bozorning yuqori qismida)ning qurilishida ishlatilgan. 1866-1886 yillarda ro’y bergan zilzila natijasida madrasa peshtoqining yuqori qismi qulab tushadi va madrasa vayronaga aylanadi. 1902-1903 yillarda Toshkent shahri aholisining xayriya mablag’lari hisobidan ta’mirlash ishlari olib boriladi. Mablag’ yetishmasligi sababli ta’mirlash ishlari to’xtab qolib, yodgorlik o’zining avvalgi holatiga qaytarilmadi. Ko’kaldosh madrasasi va uning yonidagi Xo’ja Ahror Valiy jome’ masjidi 1865 yilda General Chernyaev boshchiligidagi Toshkentni zabt etishda qattiq shikastlandi. 1886 yili rus muhandislari tomonidan xonaqolar va jome’ masjid qayta ta’mirlanish natijasida o’zining dastlabki me’moriy ko’rinishini tamoman yo’qotdi. Vaqt o’tishi bilan o’zaro urushlar, kuchli zilzilalar, binolarning turli maqsadlarda foydalanishi, bir necha bor qayta ta’mir qilinishi va qayta tiklanishi madrasaning dastlabki haqiqiy go’zalligini, muhtashamligini asta-sekin yo’qotib borgan. Ayniqsa, XVIII asrning boshlarida madrasa tashlandiq holatga kelib qolgan. Shu asrning oxirida esa, karvonsaroy maqsadida foydalanilgan. Kommunistik mafkuraning hukmronligi davrida madrasa binosi umuman qarovsiz qolib ketgan: xonalar omborxona, yotoqxona, har xil ustaxonalar sifatida foydalanilgan. Tabiiy yemirilish darajasida ham ta’mirlash ishlari olib borilmadi. Davlat tomonidan olib borilgan ta’mirlash ishlaridagi suiste’molchilik va mas’uliyatsizlik madrasaning yanada ayanchli holatga tushishiga olib keldi. 1974 yilda qabul qilingan madrasani qayta tiklash to’g’risidagi loyihalar loqaydlik sababli surunkasiga bajarilmay keldi. Madaniyat vazirligining ma’lumotiga ko’ra 1985 yildan 1991 yilgacha ta’mirlashga sarf qilingan mablag’ 347.2 ming so’mni tashkil etgan. Mustaqillik davrida madrasaning sharqiy tomonidagi jome’ masjid yonidan o’tgan ichimlik suvi quvurining yorilishi natijasida madrasani ikki marta suv bosib, janubiy qismi zaxlab, sho’rlanib ketdi. Ushbu devorlar ostida poydevor bo’lmaganligi sababli 2002 yilda qaytadan g’ishtlari almashtirilib, yangi poydevor qo’yildi. «Ko’kaldosh» madrasasi sobiq SSSR Ministrlar Sovetining 1990 yil 29 dekabrdagi №4372 sonli qaroriga asosan, 1991 yil 3 iyunda O’rta Osiyo va Qozog’iston musulmonlari diniy idorasi (hozirgi O’zbekiston musulmonlari idorasi) tasarrufiga topshirildi. Shu vaqtdan boshlab madrasaning umumiy ta’mirlanishi uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Ilk bor mustaqillik davrida marhum Erkin Saidaxmedov madrasa uchun o’z mablag’lari bilan faol ishtirok etib, keng ko’lamda ta’mirlash ishlarini boshlab berdi. So’ngra bu xayrli ishni marhum Naim ota Jo’raev davom ettirib, ko’zga ko’rinarli darajaga yetkazdi. Naim ota davrida madrasaning shimoliy va janubiy peshtog’i, ic10hki va tashqi tomonlari dastlabki holatiga keltirildi. Abdurasul Xudoyberganov davrida madrasaning g’arbiy qismidagi xonaqolarning barchasi hamda bino tashqarisining shimoliy-g’arbidagi tahoratxona buzilib, loyihada ko’rsatilganidek binoning birinchi qavati poydevor asosida qaytadan bunyod etildi. So’ngra 1954 yildan beri ta’mirlanmagan eshik derazalar qayta ta’mirdan chiqarildi. Madrasaning sharqiy qismidagi binolarning ikkinchi qavati tiklanib, usti yopildi. 1996 yilgacha bajarilgan tiklash va ta’mirlash ishlari asosan, xalqning xayr-ehsonlari hisobiga bajarilgan. 1996 yildan boshlab ta’mirlash ishlari shahar hokimining Toshkent shahari ta’miri uchun ajratgan qurilish ashyolari hisobidan bergan yordami hamda O’zbekiston musulmonlari idorasi va madrasaga tushgan xayr-ehsonlar orqali amalga oshirilgan. Mustaqillik davridagi ta’mirlash ishlarida Buxorolik Ahror Asqarov va Madaniyat vazirligi yodgorliklarni saqlash instituti muhandisi, «Ko’kaldosh» madrasasi qurilish loyihasi muallifi va ta’mirkor usta Mirobid Mirzoahmedov kabilar katta xizmat qildilar. Mazkur ko’hna bilim dargohida ko’plab olimu fuzalolar dars berganlar, tahsil olganlar. XVI asrda Toshkentda ishlab turgan Xoja Ahror jome’i, Baroqxon va «Ko’kaldosh» madrasalarida o’z zamonasining mashhur olimlaridan Shamsiddin Muhammad Kurtiy, Xoja Yusuf Qoshg’ariylar dars berganlar. O’zbek mumtoz she’riyatining vakillaridan shoir Muhammad Aminxo’ja Muqimiy har gal Toshkentga kelgan vaqtlarida (1880-1890) «Ko’kaldosh» madrasasida istiqomat qilgan. 1889-1891 yillar mobaynida shahrimizda yashagan mashhur shoir Zokirjon Xolmuhammad o’g’li Furqat ham ushbu madrasada istiqomat qilib, ta’lim olgan va ijod bilan shug’ullangan. Shuningdek Hamza Hakimzoda Niyoziy ham 1910-1911 yillarda madrasa hujralaridan birida istiqfomat qilgan. O’zbek orifona she’riyatning ulkan namoyondasi – shoir Xaziniy ham Toshkentga kelgan paytlarida albatta «Ko’kaldosh» madrasasida to’xtab, mudarris va talabalar bilan ko’plab ajoyib suhbatlar qurgan. XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi o’zbek she’riyatining taniqli vakillari: Mullo Qo’shoq Misniy, Sayid Xaybatullo Xo’ja Xislat, Sirojiddin Sidqiy Xondaliqiylar ham Ko’kaldosh madrasasida tahsil olganlar. Mashhur ulamola11rimizdan Sayid Mahmud Taroziy, Oltinxon To’ra, Yunus Maqsudiy va Ziyovuddin ibn Eshon Boboxon hazratlari ham XX asr boshlarida tahsil olib, ilm pillapoyalarida yuksalib borishgan. Madrasada Islom dini qonun-qoidalari, arab va fors tili grammatikasi, adabiyot, odob-axloq, matematika, geometriya, astronomiya kabi fanlar o’qitilgan.darslar arab va fors tillaridagi kitoblar bo’yicha o’qitilgan. Madrasani bitirib chiqqan ilm ahllari arab, fors va turkiy tillarni mukammal o’rganganlar, yuzlab g’azallar, minglab baytlarni yoddan bilganlar, madrasa hujralarida yotib qur’oni karimni yod olganlar. Ba’zi ma’lumotlarda keltirilishicha hadis ilmining yurtimizda yana qayta jonlanishiga turtki bo’lgan ulamolarimiz orasida Shomiy domla deb shuhrat topgan – Suriyalik atoqli ilohiyot olimi Shayx Muhammad ibni Said ibni Abdulvohid al-Asaliy ash-Shomiy at-Tarablusiy hazratlari ham bir muncha muddat madarasa hujralaridan birida istiqomat qilib, talabalarga dars bergan. Ushbu madrasa faoliyat boshlanganidan buyon 1999 yilga qadar «Ko’kaldosh madrasa masjidi» deb nomlangan. 1999 yilda O’zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yangi Nizom tasdiqlanib, 1999 yil 18 avgustda O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida rasmiy ro’yxatdan o’tgandan so’ng «Ko’kaldosh Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurti» deb nomlandi. Bilim yurti 1999 yil 10 oktyabrda maxsus ruxsatnoma olib, 1 noyabrdan rasmiy faoliyat ko’rsata boshladi. Mustabid tuzum asorati tanazzulga yuz tutgan bu an’ana buyuk istiqlol bergan erkinlik tufayli va xalqimizning milliy diniy qadriyatlarga cheksiz sadoqati natijasida asta-sekinlik bilan qayta jonlana boshladi. Bu jonlanish Ko’kaldosh madrasasida qayta ochilgan o’rta maxsus islom bilim yurti timsolida yaqqol ko’rinadi. Bilim yurtida Qur’on, hadis, sarf, nahv, mutolaa kabi diniy ilmlar bilan bir qatorda o’zbek tili va adabiyoti, tabiat, jug’rofiya, ingiliz tili, fizika, matematika, astronomiya, informatika va boshqa dunyoviy fanlar ham o’qitiladi, bu ishga malakali mutaxasislar jalb etilgan. Elimizning yuzdan ortiq diniy ilmga mushtoq farzandlarini o’z quchog’iga olgan «Ko’kaldosh» Toshkent islom o’rta maxsus bilim yurtining oldidagi vazifalari aniq va ravshan. Ya’ni, Vatanimizdagi barcha o’quv muassasalari qatori iymon-e’tiqodi butun, irodasi baquvvat, ajdodlarimizning nodir ma’naviy meroslarini chuqur o’rgangan va zamonaviy tafakkurga ega komil insonlar tarbiyalash, xalqimizning ixlosidan hamda ma’naviy jabhada bo’shlik paydo bo’lganidan foydalanib, islom niqobi ostida o’zlarining g’arazli maqsadlarini amalga oshirishga urinayotgan kimsalarga qarshi o’laroq hamyurtlarimizning diniy savodxonligini oshirish va shu yo’lda xizmat qiluvchi zamonaviy yetuk ulamolar tayyorlashdir.muhim vazifalarimizdan yana biri - bu ko’hna binoda zamon talablariga javob beradigan eng yaxshi o’quv jihozlari bilan jihozlangan, yangi tipdagi islom bilim yurtini barpo qilishni poyoniga yetkazish. Bu vazifani amalga oshirishda bilim yurtining fidoyi murabbiylari, mudarrislari va barcha jamoa bor imkoniyatlarini ishga solib tinmay harakat qilmoqdalar va doimo ijodiy izlanishdadirlar. X U L O S A XV-asr oxiri XVI-asr boshida Temuriy mirzolarning o‟rtasida boshlanib ketgan o‟zaro janjallar taxt uchun kurashlar oqibatida Temuriylar davlati parchalanib ketdi. Natijada shayboniyxon Movoraunnahr xalqlari hayotida muhm o‟zgarishlar yasagan Shayboniylar davlarini tashkil qildi. O‟zbekiston tarixi darslarida bu davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvolni o‟rganish va uni o‟quvchilar ongiga singdirish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar ishida quyidagi xulosalarga kelindi. Birinchidan, Shayboniyxon 1499-1509-yillarda olib borgan yurishlaridan keyin butun Movoraunnahr va Xurosonni qo‟lga kiritdi. Shu tariqa katta hududni egallagan Shayboniyxon davlati tashkil topganligi yoritib berildi. Ikkinchidan, Shayboniylar davrida etnik o‟zgarishlar ro‟y berib dashti qipchoqdan ko‟chib kelgan qabilalar o‟zlari bilan “o‟zbek” degan etnik nomlarni olib keldilar va butun Movoraunnahr shu nom bilan yuritila boshlanganligi aniqlandi. Uchinchidan, Shayboniylar davlatida katta qurilish ishlari olib borildi. Shayboniyxon madrasasi, Abdurahm Sadr madrasasi, Baroqxon madrasasi, Masjidi kalon, Mir arab madrasasi, Abdullaxon, Ko‟kaldosh kabi madrasalar buni yaqqol misoli sifatida ko‟rsatib berildi. To`rtinchidan, Shaybiniylar davrida ilm - fan madaniyat rivojlanib temuriylar qodirgan meros davom ettirildi. Hukmdorlardan Shayboniyxon, Ubaydullaxon kabi shoirlarni xalqimizning ma‟naviy merosiga qo‟shgan hissasi nihoyatda katta ekanligi dalillar asosida asoslandi. Adabiyotlar royhati 1.Ahmedov.B. O‟zbekiston tarixi manbalari. Toshkent, 2001 yil 2. Ahmedov.B. Tarixdan saboqlar. Toshkent, 1994 yil 3. Axmedov.B. O‟zbek ulusi. Toshkent, 1992 yil 4. Bobur.Z.M. Boburnoma. Toshkent, 1989 yil 5. Fan va turmush jurnali. 2000 – 2006 yillar. 6. Ibrohimov A. va boshqalar. Vatan tuyg‟usi. Toshkent, 1996 yil 7. Ibrohimov. A. Bizkim o‟zbeklar. Toshkent, 1999 yil 8. Ma‟rifat gazetasi. 2000 – 2006 yillar 9.Muhammad Solih. Shayboniynoma. Toshkent, 1988 yil www.google.ru 10. www.ziyonet.uz 11.www.ziyouz.com 1 Ahmedov B. “Tarixdan saboqlar”. T., 1994 yil. b – 57 2 Mirza Muhammad Xaydar,Tarix-i Rashidi, T., 1996; Axmedov B. A., Istoriko-geograficheskaya literatura Sredney Azii XVI—XVIII vv., Pismennie pamyatniki, T., 1985; Axmedov B. A., Istoriya Balxa, T., 1982. 3 Muhammad Solih “Shayboniynoma”. T., 1988 yil. b – 115 4 Muhammad Solih “Shayboniynoma”. T., 1988 yil. b – 115 5 Saidqulov T. “O‟rta Osiyo xalqlari tarixi tarixshunosligidan lavhalar”. T., 1993 yil. 6 Abulg„ozixon “Shajarachi turk” 116-bet 7 Sharq yulduzi” jurnali, 1984 yil, 2-son. 8Abdullayev I., Hikmatullayev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969; Hasanxoja Nisoriy, Muzakkiri ahbob, T., 1993; Xoja Abduxoliq Gʻijduvoniy, T., 2003. 9 Manba: http://www.e-tarix.uz/obidalar/92-kokaldash.html 10 11 Manba: http://www.e-tarix.uz/obidalar/92-kokaldash.html Download 114.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling