Asosiy qism : Shayboniylar davrida Movaraunnahrda ijtimoiy,iqtisodiy va siyosiy hayot


Download 114.28 Kb.
bet2/3
Sana31.01.2024
Hajmi114.28 Kb.
#1832687
1   2   3
Bog'liq
Asosiy qism Shayboniylar davrida Movaraunnahrda ijtimoiy,iqtis

Qoysiga husnu malohat berding,
Olam ahlidin ani oyirding.
Qoysig‘a ishq inoyat qilding.
Ani mashhuri viloyat qilding.
Qoyu xushdil, qoyu mahzun bo‘ldi,
Qoyu Layli, qoyu Majnun bo‘ldi (26).
Bu misralar Vamberi tarjimasida shunday jaranglaydi:
Biriga sen husn va chiroyli qomat berding,
Va uni boshqa hammadan ayirding.
Boshqasiga sen «ishq», «muhabbat» berding,
Va bu «sehr» bilan mashhur qilding.
Biri xursand bo‘ldi, biri xafa,
Biri Layli bo‘ldi, biri Majnun (11—13)[2].
Mazkur parcha Vamberi tarjimasi so‘zma-so‘z, taglama ekanini tasdiqlaydi. U baytlardagi obrazlilikka yetarli e’tibor bermasdan, uning kommunikativ mazmunini ifodalashga harakat qilgan.
Turmush va maishiy hayotga doir detallarni iloji boricha aniq berishga harakat qilgan Vamberi nemis tilida ularning munosib variantlarini topmagan paytda, transliteratsiya usulini qo‘llagan:
Ancha o‘lub edi ot birla qo‘y,
Kim to‘lub erdi bori shahru ko‘y.
Ham sochiq bor edi yulduzdin ko‘p,
Ham kiyib Kesh ila Qunduzdin ko‘p.
Base bir oyg‘acha to‘y erdi,
To‘y ushul shohg‘a diljo‘y erdi (257).
Vamberi tarjimasida:
Juda ko‘p ot bila qo‘y bor edi,
Shahar va qishloq ular bilan to‘ldi.
Bu yerda sovg‘alar ham yulduzlardan ko‘p edi,
Kesh va Qunduzdan kelgan edi.
Bir oy davom etdi bayram (to‘y),
Bayram (to‘y) shohga yoqqan edi (343).
Birinchi baytda murakkab tushuncha va nomlar yo‘q. Shuning uchun ham u nemis tiliga yaxshi o‘girilgan. Ikkinchi baytda «sobol» va «qunduz» ma’nolarini anglatuvchi «kesh» va «qunduz» nomlari uchraydi. Bu yerda «sobol» va «qunduz» mo‘ynasidan tikilgan kiyim kiygan kishilar haqida gap ketyapti. Vamberi mazkur zoonimlar-(hayvonlarning nomlari)ni noto‘g‘ri tushunib, ularni toponim-geografik joy nomlari deb qabul qilgan, chunki Kesh va Qunduz deb ataluvchi yirik shaharlar mavjud. Vamberi zoonimlarning mazmunini tushunmasdan, aynan «kelib» o‘rniga «kiyib» so‘zi yozilganini kotiblarning xatosi deb o‘ylagan bo‘lsa kerak. Haqiqatda esa bu yerda hech qanday xato yo‘q. Aksincha Vamberining o‘zi noaniqlikka yo‘l qo‘ygan.
Ba’zan she’riy o‘xshatishlarni Vamberi noto‘g‘ri tushungan, shuning uchun ham ularni transkriptsiya yo‘li bilan ifodalagan:
Ey risolat chamanining samani,
Vay nabuvat sumanining chamani!
Inna amlah chamanining guli sen,
Inna afsah gulining bulbuli sen! (28).
Vamberi tarjimasida:
Ey, sen bashorat maydonidagi gulsan,
Ey, sen bashorat gulining maydonisan!
Sen «Ana Amlah» yaylovidagi gulsan,
Sen «Ana Afsah» gulining bulbulisan (15).7
Birinchi bayt asosan to‘g‘ri berilgan. Ikkinchi baytdagi yoqimli, go‘zal, shirin (so‘z) kabi ma’nolarni anglatuvchi «amlah» va «afsah» epitetlarini Vamberi noto‘g‘ri tushunib, ularni toponim deb qabul qilgan.
Dedi Mirzoki: «Budur Shohizamon,
Borchangizdin ulug‘ uldir sulton.
Mening o‘rnumda ani shoh qiling,
Borchangiz aning eshigiga keling...» (302).
Vamberi tarjimasida:
Shunda Mirzo dedi: «Bu yerda Shohizamon
Hammangizdan u kattadir;
Mening o‘rnumda uni shoh qiling
Va hammangiz unga sadoqatli bo‘ling» (409).
Ushbu misoldagi «Shohizamon» atoqli ot, ya’ni kishi ismi emas, balki unvondir. Olim buni to‘g‘ri anglay olgan emas.
Umuman olganda, Vamberi «Shayboniynoma»ni durust tarjima qilgan. Tarjimon hamisha har bir so‘z va har bir iboraning mazmunini sinchiklab o‘rganib uning mohiyatini ochib berishga intilgan. Albatta bu borada Vamberiga eski o‘zbek tili, uning dialektlarn va boshqa sharq tillarini ham yaxshi bilgani qo‘l kelgan.
Asar tarjimasining muvaffaqiyatli chiqishiga yana bir sabab shuki, olim «Shayboniynoma»ga qadar har turkiy xalqlarning mushtarak yodgorligi «Qutadg‘u bilik» tarjimasiga ham qo‘l urib, katta tajriba to‘plagan edi. Ana shu omillarning barchasi Vamberining muvaffaqiyatini ta’minlagan.

"Abdullanoma", "Sharafnomai shohiy" – Movarounnahrning 16-asrdagi tarixiga bag‘ishlangan tarixiy asar. Hofiz Tanish Buxoriy tomonidan 1584 – 90 yillar oralig‘ida fors tilida yozilgan.


Asar Buxoro hukmdori Abdullaxon II ga bag‘ishlanib, "Sharafnomai shohiy" va qisqartirilgan ayrim nusxalari "Zafarnomai Abdullaxon" nomlari bilan ham ataladi. "A." nazm aralash kofiyalangan nasr bilan yozilgan. "A." muqaddima, ikki maqola (qism) va xotimalardan iborat. Ammo asarning oxirgi qismi yozib tugatilgani ma’lum emas. Asar muqaddimasida Abdullaxonning hokimiyatga kelguniga qadar Movarounnahrda yuz bergan siyosiy voqealar – Chingizxonning isti-losi va mo‘g‘ullar hukmronligi, Dashti Qipchoqda Abulxayrxon davlati (1428 – 68)ning barpo bo‘lishi, Shayboniyxon (1451 – 1510)ning Xurosonga yurishlari, shayboniylar bilan Zahiriddin Bobur o‘rtasidagi harbiy to‘knashuvlar hamda Abdullaxonning nasli va nasabi to‘g‘risida hikoya qilinadi. "A."ning asosiy qismida Shayboniyxondan so‘ng Movarounnahrdagi siyosiy vaziyat, uning bir qancha mayda hokimliklarga bo‘linib ketishi, Abdullaxonning markaziy hokimiyatni mustahkamlash va mamla-katni siyosiy jihatdan birlashtirishga qaratilgan harakatlari, uning Dashti Qipchoq va Xurosonga yurishlari, 16-asrning 80 – 90-yillarida Buxoro, Xorazm va Badaxshondagi siyosiy vaziyat hamda Xorazm bilan Badaxshonning Buxoro xonligiga qo‘shib olinishi kabi tarixiy voqealar bayon etiladi. Asarda 16-asrda Movarounnahr bilan Turkiya, Hindiston va Eron o‘rtasidagi munosabatlarga hamda Rossiya bilan savdo aloqalariga oid ma’lumotlar bor. Unda 16-asrda Buxoro xonligi qo‘shinlarining tuzilishi, harbiy taktikasi, qurol-yarog‘lari hamda Movarounnahrda, shu jumladan Buxoroda qurilgan me’morchilik obidalari va suv inshootlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. "A."da Movarounnahr xalqlarining etnik tarkibi, jumladan qang‘li, hipchoq, qorliq, xalaj, og‘ajiri, uryonqit, qo‘ng‘irot, orlot, uyg‘ur, sulduz, bayovut, do‘rmon va boshqa qavmlarning kelib chiqishi va ularning urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bor. "A."ni yozishda Xofiz Tanish Narshaxiyning "Buxoro tarixi", Rashiduddinning "Jome at-tavorix", Juvayniynnj "Tarixi jahon kushoy", Mirxondning "Ravzat us-safo", Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimai Zafarnoma", Koshifiyning "Rashahot ayn al-hayot", Mirzo Haydarning "Tarixi Rashidiy" va boshqa tarixiy asarlardan foydalangan bo‘lsada, ammo asarning 8asosiy qismi 16-asrda sodir bo‘lgan ko‘pgina tarixiy voqealarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan shohidlardan to‘plangan materiallar asosida yozilgan. Bu asar Movarounnahr xalqlarining 16-asrdagi siyosiy, ijti-moiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishda birinchi darajali manbalardan hisoblanadi.

Download 114.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling