Asosiy qism


Download 149 Kb.
bet1/10
Sana11.11.2021
Hajmi149 Kb.
#173506
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Hikmatov Umid kurs ishi


MUNDARIJA

  1. KIRISH. G`azal – mumtoz she`riyatning asosiy janri sifatida. ……………………..2

  2. ASOSIY QISM:

1 bob:

G`azal janrining o`tmishi va buguni. ………………………………...6



2 bob:

G`azal janrining Alisher Navoiy ijodida tutgan o`rni. ……………...23



  1. XULOSA…………………………………………………………………..32

  2. ADABIYOTLAR RO`YXATI……………………………………………33


KIRISH.
G`azal – mumtoz she`riyatimizning asosiy janri sifatida.
Shubhasiz, o’zbek adabiyoti tarixining har bir davriga oid shoirlar ijodiy merosini an’anaviylik, o’ziga xoslik va individuallik nuqtai nazaridan tadqiq etamiz. Hozirgi davrda milliy va tarixiy-ma’naviy merosimizga e’tiborning ortganligi, o’zligimizni anglash davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bois muhim tadqiqotlarga ehtiyoj kuchlidir. Zero, o’zlikni anglash o’tmish qadriyatlarimiz va tarixni bilishdan boshlanadi.

Tariximiz hamda adabiyotimizni to’g’ri tushunish omillarni izlash qadriyatlarimizni tiklashga yordam beradi. Biz madaniyatimiz va tariximizda chuqur iz qoldirgan siymolarni qadrlasak, ijodini o’rgansak, kelgusi avlod uchun madaniy taraqqiyotga yo’l ochgan bo’lamiz. Chunki: “Xalqimiz asrlar osha yashab kelgan an’analari, urf-odatlari, til va ruhi negizida qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg’unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg’usini odamlar qalbi va ongiga yetkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalashi, halollikni, mardlikni, adolat tuyg’usini, bilim va ma’rifatga intilishni tarbiyalash yo’lida xizmat qilmog’i lozim”1

Malumki, g'azal - musulmon Sharq xalqlari adabiyotlarida eng ko'p tarqalgan lirik janr ekanligini yaxshi bilamiz. G`azal janri dastlab arab she'riyatida milodiy VI-VII asrlarda paydo bo'lib, keyinchalik boshqa Sharq xalqlari so'z san'atiga ham o'tgan. XIII-XIV asrlarga kelib bu janr to'la shakllangan va mukammal holga yetgan.

G'azalning tuzilishi, mazmun-mavzusi va badiiy jihatlari bo'yicha bir necha talab va o'ziga xoslik bor.

Bilamizki, g'azallar ko'pincha ishqiy mavzuda bitiladi. Ammo ma'no-mazmun jihatidan Allohni maqtashga (hamd), Muhammad payg'ambar(s. a. v.)ni ta'riflashga (na't) bag'ishlangan, rindona (may va mayxona bilan bog'liq tasvirlarga asoslangan), orifona (pand-nasihat ruhidagi), tabiat go'zalliklaridan zavqlanish

asosidagi (peyzaj) va boshqa g'azallar ham yoziladi. Shuning uchun shoirlar bu janr namunalarida odam va olam, tabiat va jamiyatning turli-tuman murakkab tomonlarini yoritishga harakat qilganlar.

Navoiy bobomiz va boshqa ko'p shoirlarimiz ijodida, asosan, bu janrning 7 va 9 baytli namunalariga duch kelamiz. Shu miqdor eng mukammal hajm deb qabul qilinadi.

Bir g'azal boshdan-oxir bir vaznda bitiladi. Garchi Alisher Navoiy bobomiz ijodlarida aruzning turli bahrlarida yozilgan g'azallar uchrasa ham, o'zbek shoirlari g'azallarining ko'pchiligi, asosan, ramal, bir qismi esa hazaj bahrida bitilgan. Boshqa bahrlarda juda kam yozilgan.

G'azal baytlari - nisbiy ma'noda mustaqillikka ega. Ya'ni har bir bayt imkon qadar til talablari bo'yicha tugallangan alohida jumladan iborat bo'lishi, umumiy matndan yulib olib o'qiganda ham tugal ma'no-mazmunni anglatishi lozim. G'azallar, baytlar mustaqilligi, ya'ni qo'shmisralarning o'zaro bog'liqligi, mantiqiy

ketma-ketligi va bir-birini taqozo etishi darajasiga ko'ra, quyidagi turlarga bo`lamiz;



  1. parokanda g'azallar (bunda baytlar bir-biridan o'ta mustaqil bo'ladi, ularning o'mi almashtirilsa ham, unchalar sezilmaydi);

  2. yakpora g'azallar (bunda baytlar mantiqan ketma-ketlikka ega bo'ladi);

  3. voqeaband g'azallar (bunda baytlar ketma-ketligini sujet, ya'ni muayyan voqea tasviri boshqaradi);

  4. musalsal g'azallar (bunda baytlar o'zaro chambarchas bog'liq bo'ladi, ma'no-mantiq jihatidan kuchli tarzda biri ikkinchisini taqozo etib keladi).

Navoiy bobomiz parokanda, ya'ni baytlar o'rnini o'zgartirib qo'ysang ham, hech narsa o'zgarmaydigan g'azallarni qattiq tanqid ostiga olganlar. Navoiy bobomizning «Jong'a chun dermen: «Ne erdi o'lmakim kayfiyati?..» g'azali musalsal g'azalning yorqin namunasi hisoblanadi.

G'azalning aksaran oxirgi bayti (maqta'si) yoxud ba'zan undan oldingi baytda shoir taxallusi qo'llanadi. Lekin taxallus qo'llash majburiy emas. G'azal taxallussiz ham yozilaverishi mumkin.

Istiqlol yillarida o'zbek mumtoz she'riyati, xususan, Navoiy bobomiz ijodidagi g'azallar ma'nolarini har taraflama sharhlash kuchayib bordi. Hozirda bu janr namunalarining tasavvufiy ma'nolarini ham ochib berish uchun izlanishlar olib borilmoqda.

Shuni ta`kidlash joizki, g'azal yozish an'analari hozirgi o'zbek she'riyatida ham davom etyapti. Ba'zan barmoq vaznida bitilgan g'azallarni ham uchratishimiz mumkin.

Ko'p asrlardan buyon g'azallarga kuy bastalanib, ular ashula qilib kuylanib kelinmoqda. «Shashmaqom» tarkibidagi ashulalar matnini ham, asosan, g'azallar tashkil etadi. Hozirgi paytda g'azallarni zamonaviy estrada yo'lida aytish tajribasi ham kuchayib bormoqda desak adashmagan bo`lamiz.

G'azaldagi uchta baytning alohida nomi bor: birinchi bayt «matla'» deyiladi; oxirgi bayt «maqta'» deyiladi; agar maqta'dan oldin (ayrim hollarda undan ham oldin) keladigan baytda lirik chekinish qilingan bo'lsa, bunday qo'shmisra «bebayt» deyiladi.

Matla` uning ikkala misrasi o'zaro qofiyadosh bo'ladi va shu bayt vazni va qofiyasi (yoki radifli bo'lsa radifi ham) g'azalning oxirigacha qat'iy saqlanadi.

Maqta' haqida fikr bildiradigan bo`lsak, ko'pincha unda shoirning taxallusi qo'llanadi (ba'zan taxallus maqta'dan oldingi baytda keladi ham),bundan tashqari u mantiqan asar xulosasi vazifasini ham bajarib beradi.

«Begona bayt»ning o'ziga xosligi shundaki, u g'azalning oldin kelgan baytlaridagi umumiy tasvir yoki bayonga bevosita bog'lanmasligi, nisbatan erkinroq fikr-mulohazani ifodalashi mumkin. Ammo bu yerdagi «begona» so'zini nisbiy ma'noda tushunish kerak. Shoir «begona bayt»da ham oldingi baytlar umumiy ma'no-mazmuni imkon bergan darajada, qaysidir ma'noda ulardan kelib chiqib lirik chekinish qiladi.

Bu haqida O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov so'zlari bilan aytganda, «bu baytda shoir kimni maqtagisi kelsa, maqtaydi, kimni yomon ко'rsa, undan alamini oladi, g’azal umum



yo'nalishiga и qadar bog'lanmaydiganroq gapi bo 'Isa ham, shu yerda aytib qoladi».

Adabiyotshunoslikdan hammamiz yaxshi bilamiz «lirik chekinish» tushunchasini. Asarda lirik qahramon (shoir emas!) qo'qqisdan yurilayotgan asosiy yo'ldan biroz chetga chiqqanday bo'lib, kutilmagan bir fikr yoki mulohazani aytadi, bayon yo tasvirni kiritadi, ilmiy tilda ifodalansa, nimagadir simpatiya yoki

antipatiyasini bildiradi.

«Begona bayt» ham - lirik chekinishning aynan o'zi. Biroq bu yerda yanada teranlashish (differensiatsiya) bor: lirik chekinish - keng va katta tushuncha, u bor-yo'g'i to'rt satrdan iborat ruboiyda ham bo'lishi, hatto, liro-epik turda yozilgan dostonda (Navoiyning «Xamsa»sidagi dostonlar ham, «Lison ut-tayr» ham shunday asarlar sirasiga kiradi) ham uchratishimiz mumkin.

Ruboiyda lirik chekinish qilish uchun bir misradan ortiq imkon yo'q. Lirik chekinish borasida g'azaldagi imkoniyat -ruboiydagidan sal kattaroq. Chunki u kamida bir bayt doirasida amalga oshiriladi.

Hech bir lirik chekinish asarga yot unsur bo'lmagani kabi, «begona bayt» atamasidagi «begona» so'zini ham o'z ma'nosida, ya'ni yalang'och tarzda tushunmasligimiz, uning nisbiy begonalikni ifodalab kelayotganini yaxshi anglab olishimiz zarur.

«Begona bayt» - g'azalgagina xos, aniqrog'i, lirik chekinishning aynan g'azaldagi ko'rinishi hisoblanadi. Uning hajmi – aniq (ikki misra), o'rni - tayin (asosan, maqta'dan oldin keladi).

“G'azalchiligimizda, xususan, Navoiy bobomiz g'azallaridagi bu tipik xususiyatni ko'plab navoiyshunoslarimiz kuzatganlar. A. Hayitmetov buni umumiy qilib «lirik chekinish»2, Y.Is'hoqov «begona yoki qistinna baytlar»3, N. Komilov esa «gardish», «bozgasht» («qaytish»)4 deb nomlaydi. Aslida, Navoiy g'azallarida asar mazmuni bilan bog'lanmagan bayt bo'lmaydi. «Begona»lik – nisbiy tushuncha. U «lirik chekinish» ma'nosini muayyanlashtirgan holda ifodalab kelgan. «Chekinish» bilan «begonalik» - bir-biriga juda yaqin tushunchalar hisoblanadi.”5





Download 149 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling