Asosiy savol: Notiqlik sanati va hozirgi davr


Download 0.71 Mb.
Sana03.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1742508
Bog'liq
Pirimqulova Oisha


Mavzu: Hozirgi davrda notiqlik sanati va nutq madaniyatiga qoyiladigan asosiy talablar
Asosiy savol:
1.Notiqlik sanati va hozirgi davr.
2.Notiqlik sanatining bugungi kundagi ahamiyati.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga va butun xalqimizga 2020-yil 24-yanvardagi Murojaatnomasida ...zamonaviy bilimlarni ozlashtirish, chinakam marifat va yuksak madaniyat egasi bolish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak”ligini takidlab, Sharq donishmandlarining fikrlarini keltirdilar: Eng katta boylik bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik bu bilimsizlikdir. Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart, dedilar.
Demak, mamlakat taraqqiyotini, xalq farovonligini ostirishda tarbiyalangan, bilimli, etuk mutaxassislarning oz orni bor. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda esa ijtimoiy fan oqituvchilarining xizmatlari beqiyos. Bugungi kun talabiga kora, jamiyatga, davlatga bilimli, salohiyatli kadrlar kerak. Zamonaviy bilimga, malakaga ega bolgan yoshlarni tarbiyalashda ijtimoiy fan oqituvchilari oldida katta masuliyat va vazifa turadi.
Notiqlik sanati va nutq madaniyati fani boyicha maruza oqiyotgan, suhbat otkazayotganlarga qanday talablar qoyilmoqda?
Birinchidan, notiq ozi gapirayotgan mavzuni yaxshi ozlashtirgan bolishi shart. Ikkinchidan, notiq nutq madaniyati nima ekanligini bilib olgan bolishi va ozi amal qilishi zarur. Uchinchidan, notiq chiroyli gapirishidan tashqari, notiqlik sanatini yaxshi ozlashtirgan, har qanday holatda nutqi tayyor bolishi lozim.
. Tortinchidan, notiq ozbek tili qonun-qoidalarini, fonetikani, grammatikani, sintaksisni yaxshi ozlashtirgan va bu sohadagi bilimga toliq ega bolishi kerak. Beshinchidan, notiqning soz boyligi etarli, koplab lugatlarni, badiiy asarlarni oqigan va uqqan, ozlashtirgan bolishi lozim. Oltinchidan, notiqlik sanati va nutq madaniyati fanidan dars berayotgan ustoz xotirasi nihoyatda baquvvat bolishi zarur.Yettinchidan, notiqda fahm-farosat, did ota rivojlangan, otkir bolishi kerak. Sakkizinchidan, notiqlik sanati va nutq madaniyatidan dars beradigan ustozda aktyorlik xususiyati bolishi talab qilinadi. Toqqizinchidan, notiqlikda faoliyat korsatmoqchi bolgan mutaxassis shoirtabiat, baxshitabiat, askiyachi, ota hozirjavob bolishi kerak.
. Oninchidan, notiq sozga chechan, sozamollik sanati rivojlangan, gapga usta, chiroyli gapira oladigan, har bir sozga urguni togri qoya oladigan, yoqimli ovozga ega bolgan, notiqlik tasir usullarini yaxshi ozlashtirgan bolishi kerak. On birinchidan, notiqlik sanati va nutq madaniyati fanidan dars beradigan yoki viloyat, tuman, shahar targibot-tashviqot guruhi azosi bolgan tashviqotchi ota aqlli, qachon, nimani, qaerda, qancha gapirishning farqiga bora olish qobiliyatiga ega bolishi zarur.
. On ikkinchidan, notiq oz ustida doimo ishlab soz boyligini oshirib borishi, yangiliklardan doimo xabardor bolishi kerak. On uchinchidan, ozi odob-axloqli, kamtar, madaniyatli, har jihatdan namuna olsa boladigan etuk shaxs bolishi lozim. On tortinchidan, namunali nutqqa xos bolgan barcha sifatlarni (soflik, togrilik, tushunarlilik, joyalilik, aniqlik, tasirchanlik, mantiqiylik, qisqalik kabilar) nazarda tutgan holda ogzaki va yozma nutq tuza olish malakasiga ega bolmogi muhim.
Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling