Asosiy tarmoklaridan biri


Download 162.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi162.31 Kb.
#1471502
  1   2
Bog'liq
Chorvachilik - Vikipediya



Chorvachilik
Chorvachilik — 
qishloq xoʻjaligining
asosiy tarmoklaridan biri. Chorvachilik mahsulotlari
yetishtirish uchun chorva mollarini boqish va urchitish bilan shugʻullanadi; aholini ish hayvonlari
(
ot

hoʻkiz

tuya

bugʻu
), oziqovqat mahsulotlari (
sut

qatiq

goʻsht

yogʻ

tuxum
va boshqalar),
yengil sanoatni xom ashyo (jun, teri, moʻyna va h.k.), dehqonchilikhsh organik oʻgʻit bilan
taʼminlaydi. Chorvachilik mahsulotlari va chiqindilaridan ayrim ozuqalar (yogʻi olingan sut,
goʻshtsuyak uni, suyak uni va boshqalar), shuningdek, har xil doridarmonlar (shifobaxsh
zardoblar, gormonal preparatlar va boshqalar) olinadi. Chorvachilikning taraqqiy etishi va
mahsuldorligi dehqonchilikning rivojlanishi, yerdan intensiv foydalanish bilan chambarchas
bogʻliq. Chorvachilikning asosiy tarmoqlari: 
qoramolchilik

qoʻychilik

echkichilik

yilqichilik
,
tuyachilik

parrandachilik
, asalarichshshk, 
choʻchqachilik
, quyonchilik, 
darrandachilik

bugʻuchilik
,
itchiliklan iborat. Jahon mamlakatlarida tabiiyiqlim sharoitlari va ozuqa bazasiga koʻra
Chorvachilik rivoji oʻziga xos xususiyatlarga ega. Jahon Chorvachilikda (mln. bosh) qoramol
1338,2; qoʻy 1068,6; echki 709,8; buyvol — 158,6; ot — 61,095; xachir — 14,1; eshak — 43,4; tuya
— 19,1; choʻchqa — 912,7; tovuq — 14139; kurka — 244 va boshqa boqiladi va ulardan turli
mahsulotlar yetishtirish muhim oʻrinda turadi (1999). Goʻsht yetishtirish hajmi 225,9 mln. t ni,
sigir suti yetishtirish 480,6 mln. t ni (yoki har bir sigirdan oʻrtacha 2071 kg ni) tashkil etdi.


Chorvachilik
parrandachilik


Chorvachilik inson tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va ularni xonakilashtirish maqsadida
qoʻlga oʻrgatishdan boshlangan. Arxeologik dalillar hayvonlarni xonakilashtirish yangi tosh
davrida — neolitda bundan 15—10 ming yil avval boshlanganini koʻrsatadi. Bu davrda odam
takomillashgan tosh qurollarga ega boʻlgan, olovni bilgan va sopol idishlardan foydalangan. Eng
avval it, soʻngra choʻchqa, qoʻy va keyinchalik qoramollar va otlar (7—8 ming yillar ilgari)
xonakilashtirilgan. Osiyoning jan.gʻarbiy qismi va Oʻrta dengiz atroflari hayvonlarni
xonakilashtirishning asosiy markazlari hisoblanadi. Yevropada qoramollar, ot, qoʻy, echki,
choʻchqa, quyon, it, parrandalardan oʻrdak va gʻozlar, Osiyoda buyvol, qoʻtos, oʻrkachli va
oʻrkachsiz tuyalar, qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa, 
ot

it
, quyon, 
tovuq
, oʻrdak, gʻoz va tovuslar
xonakilashtirilgan. Afrikada qoramollar, bir oʻrkachli tuya, eshak, choʻchqa, mushuk, it, sesarka
tovuqlar, qoʻy va echkilar qoʻlga oʻrgatilgan. Amerikada oʻrkachsiz tuyaning ikki turi — lama va
alpaka, dengiz choʻchqasi, kurka va muskus oʻrdaklar xonakilashtirilgan. Natijada inson
tomonidan ularning sifat va son koʻrsatkichlariga ahamiyat berilib, hayvonlardan nayel olish,
sekinasta mahsulot yoʻnalishlari boʻyicha zotlari chiqarilgan. Oʻrta Osiyo hududi ham
Chorvachilik dastlab shakllangan hududlar qatoriga kiradi.
qoramolchilik


Chorvachilik koʻchmanchshik hayot tarzini vujudga keltirdi. Daryo boʻyi, choʻl va togʻ oldi, koʻl
atroflarida ovchilik, balikchilik bilan shugʻullangan jamoalarning madaniyatlari rivojlanib borgan
sayin Chorvachilik ham rivojlanib bordi. Jumladan, Xorazm hududida Amudaryoning quyi
havzasida topilgan Kaltaminor madaniyati miloddan avvalgi 4—3ming yillikda yashagan ovchilar
va balikchilar jamoasi madaniyatlaridan biri hisoblanadi.
Miloddan avvalgi 2—1asrlarda Davan (Fargʻona)da dehqonchilik madaniyati va yilqichilik yuksak
darajada rivojlangan. Aeecmojxa keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, sut va goʻsht beradigan
qoramolchilik, qoʻychilik, yilqichilik, sut va goʻsht mahsulotlarini qayta ishlash ixtisoslashgan
soha sifatida bundan 3000-yil oldin shakllangan. 20-asr boshlariga qadar Oʻzbekistonda
koʻchmanchilik bilan uzviy bogʻliq boʻlgan qoʻychilik, echkichilik, tuyachilik, otchilik, shuningdek,
vohalarda qoramolchilik koʻproq rivojlandi.
Oʻzbekiston hududida 1916-yil qoramollar soni 1342 ming boshni, shu jumladan, sigirlar 481
ming boshni, qoʻy va echkilar 3821 ming boshni, otlar 517 ming boshni tashkil qilgan.
20-asrning 20-yillaridan boshlab Chorvachilikning ilmiy bazasini yaratish, hududlarning
tabiiyiqtisodiy sharoiti va ozuqa bazasi resurslariga qarab mintaqalar boʻyicha rivojlantirish ishlari
boshlandi. Sugʻorma dehqonchilik hududlaridagi xoʻjaliklarda sut, sut va goʻsht yoʻnalishidagi
qoramolchilik, parrandachilik va choʻchqachilik, togʻ oldi mintaqalari, Amudaryoning quyi oqimi va
Orol boʻyi qamishzor va toʻqayli hududlarida goʻshtdor qoramolchilik, goʻshtyogʻ qoʻychiligi,
yilqichilik, choʻl yaylovlarida qorakoʻlchilik rivojlantirildi. Kammahsul mollarni chatishtirish va
respublikaga koʻplab nasldor mollarni olib kelish natijasida qoramollarning qoraola, qizil choʻl,
shvits, bushuyev zotlari soni koʻpayib mahsuldor podalar guruhi shakllantirildi. Zotlarning
rnlashtirilgan hududlari belgilandi. Qorakoʻlchilikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ixtisoslashtirilgan yirik qorakoʻlchilik xoʻjaliklari katta iqtisodiy samara keltirdi. 1930—33
yillardan boshlab chorvachilikning naslchilik zdlari, xoʻjaliklari, fermalari, styalari va
korxonalarining tashkil etilishi naslchilik tizimining shakllanishida muhim burilish boʻldi.
1932-yil Chorvachilik tajriba styasi va 1935—39 yillarda Butunittifoq qorakoʻlchilik, Oʻzbekiston
chorvachilik va Oʻzbekiston veterinariya i.t. intlarining tashkil etilishi Chorvachilikda ilmiy
tadqiqot ishlarini oʻtkazish, Chorvachilik fanini rivojlantirish hamda uning istiqbolini belgilash,
xoʻjaliklarda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim omil boʻldi. Chorva mollarining sermahsul
podalari guruhi kengaytirildi va rnlashtirilgan zotlari takomillashtirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qishloq xoʻjaligida tub iqtisodiy islohotlarni
amalga oshirish jarayonida davlat xoʻjaliklari jamoa, shirkat xoʻjaliklariga aylantirildi, chorvachilik,
aksariyat xoʻjaliklarning qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi, dehqon va Chorvachilik
yoʻnalishidagi fermer xujaliklari tashkil etila boshladi.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 15-martda "Respublika
chorvachiligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish choratadbirlari toʻgʻrisida"gi, 1994-yil 23-
fevralda "Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni takomillashtirish hamda dehqon (fermer)
xujaliklari va xususiylashtirilgan fermalar manfaatlarini himoya qilish choralari toʻgʻrisida", 1995-
yil 24-martdagi "Chorvachilikda xususiylashtirishni davom ettirish va xususiy tadbirkorlikni
qoʻllabquvvatlash choratadbirlari toʻgʻrisida" qarorlariga koʻra, jamoa xoʻjaliklarining zarar bilan
ishlayotgan 1499 qoramolchilik fermalari xususiylashtirildi (1995). Natijada respublikada ishlab
chiqarilayotgan goʻsht va sutning 75% ni xususiy sektor bera boshladi. Oʻzbekiston
Respublikasining 1995-yil 25 dekabrda qabul qilingan "Naslchilik toʻgʻrisida" qonuni
Chorvachilikni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
1990—2003-yillar mobaynida respublikaning barcha toifadagi xoʻjaliklarida qoramollar soni
28,2% ga, sigirlar 38, qoʻy va echkilar 7, otlar 36% ga, sut yetishtirish 32,8% ga, goʻsht
yetishtirish 18,6% ga koʻpaydi, Chorvachilik mahsulotlarining asosiy qismi dehqon va fermer
xujaliklari hissasiga toʻgʻri keladi (Uzbekistonda mollar soni, Chorvachilik mahsulotlarini
yetishtirish koʻrsatkichlari 1 va 2jadvallarda berilgan).
CH. ozuqa bazasini mustaxkamlash tadbirlari olib borilmoqda. Respublika ekin maydonlarining
10% ga yaqin kismiga yemxashak ekinlari ekiladi. Tabiiy va madaniy yaylovlardan foydalanish
samaradorligini oshirish ishlari davom etmoqda. Aralash yem, oqsilmineral yem qoʻshimchalari,
yem ozuqa achitqilari ishlab chiqarish hajmlari koʻpaymoqda. Chorvachilikda veterinariya xizmati
koʻrsatish — kasalliklarning oddini olish va davolash, Chorvachilik maxsulotlari
veterinariyasanitariya ekspertizasi hayvonlar kasalliklariga karshi kurash styalari, veterinariya
shifoxonalari va punktlarida, veterinariya labda olib boriladi.
Respublikada chorvador mutaxassislar kollejlar, Toshkent agrar universiteti, Samarkand, Andijon
qishloq xoʻjaligi intlarida tayyorlanadi. Chorva hayvonlari zotini yaxshilash, mahsuldor podalar
guruhini koʻpaytirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish maqsadida
Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Chorvachilik, parrandachilik va balikchilikni
rivojlantirish Bosh boshqarmasi, Chorvachilikda naslchilik ishlari bosh davlat inspeksiyasi, Davlat
veterinariya Bosh boshkarmasi va "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil etilgan, ularni asrash va
parvarishlashsa yangi texnologiyalarni ishlab chiqish bilan vazirlikning Qishloq xoʻjaligi ilmiy ishlab
chiqarish markazi tarkibidagi Uzbekiston chorvachilik, Qorakoʻlchilik va choʻl ekologiyasi intlari,
Baliqchilikni rivojlantirish ilmiy tadqiqot markazi va Ipakchilik instituti, Uzbekiston veterinariya,
Uzbekiston veterinariyasanitariya va akarologiya (1991) intlari shugʻullanadi. Toshkent viloyati
Yangiyoʻl tumanida davlat mintaqaviy baliq chavoqlari yetishtirish pitomnigida baliq zotlari (kora,
ok, amur, doʻng peshona) yetishtiriladi.
"Naslxizmat" respublika naslchilik uyushmasi qishloq xoʻjaligi subʼyektlariga chorvachilik
boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi. Davlat naslchilik korxonasi qoramollarning turli zotlari boʻyicha


sunʼiy urugʻlantirishda foydalanish uchun muzlatilgan urugʻlarni qadoqlab, sunʼiy urugʻlantirish
bilan shutullanuvchi "Naslxizmat" tashkilotlariga yetkazib beradi.
Chet mamlakatlarda sut va goʻsht yoʻnalishidagi qoramolchilik, ayniqsa, Yevropa mamlakatlari
(Gollandiya, Daniya, Germaniya, Rossiya), AQSH, Kanada, Yangi Zelandiya, qoʻychilik Angliya,
Avstraliya, Rossiya va boshqa Yevropa mamlakatlarida jadal rivojlandi. Sutchilik yoʻnalishidagi
qoramolchilikrivojlangandavlatlarda (AQSH, Kanada, Niderlandiya, Germaniya va boshqalar)
sigirlardan oʻrtacha 8000–11000 kg sut sogʻib olinadi. Sut mahsulotlari bilan taʼminlanishning
eng yuqori koʻrsatkichlari (aholi jon boshiga 1950 kg) Yangi Zelandiya, Daniya va Gollandiyaga
xos. Qoramol goʻshti bilan taʼminlanish esa Argentina (110 kg) va Urugvayga (106 kg) toʻgʻri
keladi. Jahon mshyosida Chorvachilikning barcha sohalari ixtisoslashgan holda jadal
rivojlanmoqda. Sermahsul zotlar va samarali texnologiyalar yaratilib, Chorvachilikka keng joriy
qilinmoqda.
Qishloq xoʻjaligi
Uy hayvonlari
Qoramolchilik
Shchekin V.A., Chorvachilik, T., 1968; Nosirov U., Qoramolchilik, T., 2001.
Ubaydulla Nosirov, Izzatulpa Eshmatov.

Download 162.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling