Asosiy tushunchalar Ma’lumot, axborot va bilim
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumot, axborot va bilim o’rtasidagi munosabatlar
Bilim
1-MAVZU INFORMATSION TEXNOLOGIYALAR VA ULARDAN FOYDALANISH ma'lumot, axborot va bilim axborot birliklari axborotning turlari informatsion jarayonlarning texnik va dasturiy ta’minoti axborot tizimlari va ulardan foydalanish Bilim bu axborotni qoidalar kiritish orqali qanday tushuntirish va tag’dim qilishdir va shunday qilinsa qabul qilingan axborot haqida qaror qabul qilinishi mumkin. Ma’lumot, axborot va bilim o’rtasidagi munosabatlar Quyida siz ma’lumot, axborot va bilim o’rtasidagi munosabatlarni yaxshi tushunishingiz uchun misollar: Bu yerda bir nechta sonlar berilgan: 4.31, 4.18, 4.29, 4.32, 4.19, 4.21. Izoh bo’lmaganligi tufayli bularning nima ma’no anglatishini bilmaymiz, shuning uchun bular ma’lumotdir. Ammo agar biz bular, yani, 4.31, 4.18, 4.29, 4.32, 4.19 va 4.21 poyga daqiqalar ekanligini kiritsak, izoh qo’shgan bo’lamiz va natijada ushbu sonlar axborotga aylanadi. Ma’lumotni tahlil qilish orqali ham, masalan eng tez vaqtni aniqlash orqali yana axborot hosil qilamiz. Bilim bu axborotga qoidalar kiritishdir. Masalan, yuqoridagi misolda qoida eng tez kelgan ishtirokchining g’olib bo’lishidir. Quyida yana boshqa sonlar qatori:
07:30 | 160/94 | 08:30 | 155/92 | 09:30 | 150/90 | 10:30 | 148/91 | 11:30 | 1146/90 Bular izohga ega bo’lmagan va hech qanday yo’l bilan qayta ishlanmagan sonlardir, shu tufayli bu ma’lumot. Agar bular 1 soat oralig’ida aniqlangan qon bosimlari ekanligi aytilsa, unga ma’lumot izohlanadi va axborotga aylanadi. Ma’lumotni jadvalga joylashtirish orqali ham uni axborotga aylantirish mumkin. Qon bosimi tekshhiruvi Aniqlangan vaqti
Bemorning qon bosimi 07:30 160/94
08:30 155/92
09:30 150/90
10:30 148/91
11:30 146/90
Keyin esa doktor qon bosimlari haqidagi bilimni quyida berilgan qisqacha bayon orqali tagdim qilishi mumkin: Sistolik qon bosimi/Diastolik qon bosimi 120-140/70-90 normal qon bosimini 140-159/90-94 qisman yuqori qon bosim 160-179/94-119 yuqori qon bosimi Doktor jadvalda berilgan axborotga bemorning sog’ligi haqida xulosa qilib bilimni kiritishi mumkin va kerakli choralar ko’riladi. Umuman olganda, axborot va ma’lumot degan so’zlar odatda teng ma’noli holda ishlatiladi. Ammo, AKTda axborot va ma’lumot terminlari orasida juda aniq va yaqqol farq mavjud va ularni qo’llayotganda yoki tushuntirayotganda juda aniq bo’lishingiz kerak.
O’zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrdagi 439-II son “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga binoan, axborot - manbalari va taqdim etilish shaklidan qat’iy nazar shaxslar, predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta’riflar ham berish mumkin: dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon kabi ob’ektlar haqidagi bilim hamda tushunchalar yoki buyruqlar; ma’lum xos matnda aniq ma’noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, voqea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob’ektlar haqidagi bilimlar majmui.
Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling