Asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy jixatlari
Aylanma kapital mazmuni,tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. Aylanma kapitalning klassifikatsiyasi
Download 308.8 Kb.
|
ASOSIY VA AYLANMA KAPITAL DOIRAVIY AYLANISHNING MOLIYAVIY JIXATLARI
1.Aylanma kapital mazmuni,tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. Aylanma kapitalning klassifikatsiyasi.
Umumlashtirilgan ko‘rinishda asosiy kapital mehnat vositalariga (binolar, inshootlar, uzatish qurilmalari, mashinalar va dastgohlar, transport vositalari va foydali foydalanish muddati 12 oydan oshadigan boshqa vositalar) joylashtirilgan avanslashtirilgan kapital qiymatining bir qismidirAsosiy kapitalning doiraviy aylanishi unga tegishli bo‘lgan qiymatning quyidagi uch funksional shakllarida harakat qilishini anglatadi: 1.Pulli; 2.Unumli; 3.Tovarli. Asosiy kapital qiymatining bu shakllarda amal qilishi foyda olishni va mehnat vositalarining takror ishlab chiqarilishini ta’minlaydi. Kapitalning doiraviy aylanishi davomida aylanma kapitaldan farqli o‘laroq asosiy kapital o‘zining iste’mol shaklini birdaniga yo‘qotmaydi, ya’ni davomli muddatda eskiradi.Yangidan yaratilayotgan mahsulotga u o‘zining qiymatini asta-sekinlik bilan, eskirish darajasiga qarab o‘tkazadi va to‘liq qayta tiklangunga qadar ko‘plab ishlab chiqarish sikllari davomida uni tiklab boradi. Ishlab chiqarish jarayonida asosiy kapitalni buyumlashgan shakli sifatida asosiy fondlar – uzoq vaqt davomida natural-iste’molli shaklda ishlab chiqarish jarayonida foydalanilayotgan moddiy boyliklar yig‘indisi – maydonga chiqadi. Iqtisodiy mo‘ljallanganligiga ko‘ra asosiy fondlar quyidagilarga bo‘linadi: • asosiy ishlab chiqarish fondlari; • noishlab chiqarish asosiy fondlari. Asosiy fondlar pulli tarzda baholanadi va hisoblanadi hamda buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida aniqlanadi. Ularning tarkibiga quyidagilar kiradi: • binolar; • inshootlar (neft va gaz qazib oluvchi, gidrotexnik, trans-port xo‘jaligi inshootlari va boshqalar); • uzatuvchi moslamalar (yelektr uzatuvchi, aloqa, quvurlar va h.k.); • ishchi va kuch mashinalari va dastgohlari; • o‘lchovchi va tartibga soluvchi (o‘zgartiruvchi) priborlar va qurilmalar; • uy-joylar; • hisoblash texnikasi va orgtexnika; • transport vositalari; • instrumentlar; • ishlab chiqarish va xo‘jalik inventarlari va buyumlari; • ishchi va mahsuldor qoramollar; • ko‘p yillik o‘simliklar. Asosiy kapital doiraviy aylanishining samaradorligini tahlil qilishda quyidagilarni hisobga olish maqsadga muvofiq: • moliyaviy nuqtai nazardan asosiy kapitalning doiraviy aylanishi moliyaviy resurslar tegishli fondlarining tashkil etilishi bilan kuzatiladi. Bu bir vaqtning o‘zida ham asosiy kapital, ham aylanma kapital aylanishiga to‘liq tegishlidir; • shu doiraviy aylanish jarayonida vujudga keladigan moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini baholash muhim hisoblanadi; Aylanma kapital: mazmuni, tarkibiy tuzilmasi va foydalanish samaradorligi. Aylanma kapital xo’jalik yurituvchi subyektlar aylanma (o‘zgaruvchan, mobil) aktiv-lariga avanslashtirilgan kapital qiymatini o‘zida ifodalaydi. Odatda, aylanma kapital quyidagi bir necha asosiy guruhlarga klassifikatsiya qilinadi: • takror ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishini hisobga olgan holda funksional mo‘ljallanganligi bo‘yicha; • shakllantirish va moliyalashtirish manbalariga ko‘ra; • lividlilik darajasiga qarab; • va boshqa belgilariga muvofiq. Aylanma kapital juda ko‘p funksiyalarni bajaradi. Ularning orasidan quyidagilarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: • takror ishlab chiqarish; • rag‘batlantirish; • taqsimlash; • ishlab chiqarish va muomala sohasining yagonaligini ta’minlash; • ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash; • va boshqalar. Aylanma kapital o‘z funksiyalarini ham pulli, ham natural-buyum shakllarida amalga oshiradi. Aylanma kapitalning tarkibiy tuzilmasini uni funksional jihatdan quyidagi ikki tashkil etuvchi belgilab beradi: • aylanma kapitalning natural-buyum shakllari yoki aylanma ishlab chiqarish fondlari; • muomala fondlari. Tarkibiy tuzilma jihatidan aylanma kapitalning natural-buyum shakllariga,eng avvalo,ishlab chiqarish zaxiralaridan iborat bo‘lgan quyidagilar kiradi: 1. xom ashyo va asosiy materiallar; 2. sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar; 3. yoqilg‘i; 4. qadoqlash va qadoqlash materiallari; 5. joriy ta’mirlash uchun yehtiyot qismlar; 6. inventarlar va xo‘jalik buyumlari; 7. tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari; 8. o‘z ishlab chiqarishining yarim tayyor mahsulotlari; 9. kelgusi davr xarajatlari; 10. boshqa xarajatlar. Aylanma kapitalni boshqarish. Aksariyat kompaniyalarning ishlab chiqarilgan mahsulot yoki tovarlarni sotishdan biror-bir daromad (foyda) olishlridan oldin amalga oshirilgan xarajatlarni qoplash uchun ma’lum miqdorda pul mablag‘lari sarflashlariga to‘g‘ri keladi. Buning natijasida firma aktivlarining ma’lum qismlari va to‘planib qolgan qarzlardan oshadi. Kompaniyaning aylanma aktivlari bilan joriy majburiyatlari o‘rtasidagi farq aylanma kapital (working capital) deb ataladi. Firma aylanma kapitalini boshqarishning asosiy prinsipi daromadsiz aktivlar va “foizsiz” kreditlardan, ya’ni a) mijozlar oldindan to‘lagan mablag‘, b) hisoblangan, ammo to‘lanmagan mehnat haqi va v) kreditorlik qarzlaridan maksimal darajada foydalanishdan iborat. Pul mablag‘larining bu uchta manbai firma uchun bepul hisoblanadi. Chunki, odatda, ularga aniq (ochiq) foiz stavkasi hisoblanmaydi . Pul mablag‘lari aylanishi siklining davomiyligi (cash cycle life) – bu firma o‘z mahsulot yetkazib beruvchilariga to‘lashni boshlashi kerak bo‘lgan sana va o‘z iste’molchilaridan pul olishni boshlaydigan kun oralig‘idagi vaqt. 6.“Baho” tushunchasi ostida, odatda yagona sintetik kategoriyaga birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig’indisi nazarda tutiladi. Mohiyat jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadiki, uning o’lchami (miqdori, darajasi) mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari bilan aniqlanadi Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli o’laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham belgilanadi. Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o’zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydaning olinishi uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo’lgan tovarlar past qiymatga ega bo’ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon bo’ladigan uning iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi 4. Aylanma mablag‘larni meyorlashtirish Aylanma kapitalni rejalashtirish va undan foydalanishni tashkil qilish uchun unga nisbatan bo‘lgan ehtiyojni aniqlash metodlari va rejalashtirish tizimini ishlab chiqmoq lozim. Moddiy resurslar va ular zaxiralarining harakatini boshqarish tizimini avtomatlashtirish xususida o‘ylamoq, aylanma kapital va uni shakllantirish manbalari bilan to‘g‘ri manyovr qilish, material-larning sarflanishi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni ta’minlash kerak. Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilish uchun aylanma mablag‘lar quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: Meyorlashtiriladigan aylanma mablag‘lar; Meyorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar. Meyorlashtiriladigan aylanma mablag‘larga aylanma ishlab chiqarish fondlari va realizatsiya qilinmagan tayyor mahsulot zaxiralari kiradi. Meyorlashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar esa ombordagi tayyor mahsulot zaxiralaridan tashqari muomala fondlarining barcha elementlarini qamrab oladi. Aylanma kapitalning o‘lchamini optimallashtirish uchun moddiy aylanma mablag‘-larning rejalashtirilishi amalga oshiriladi. Moddiy aylanma mablag‘larni rejalashtirishning asosini normativ metodi tashkil yetadi. Unga ko‘ra aylanma mablag‘larning normativi belgilanadi, transport, sug‘urta, tayyorgarlik, texnolo-gik, joriy zaxiralarni ham qo‘shgan holda zaxiralar normalashtiriladi, moddiy resurslarning barcha ko‘rinishlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ombordagi tayyor mahsulotga nisbatan xarajatlar meyori o‘rnatiladi. Aylanma mablag‘larni meyorlashtirish jarayoni bir necha bosqichlardan iborat. Dastlab, aylanma mablag‘larning har bir elementi bo‘yicha ishlab chiqarish zaxiralarining meyori ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish zaxiralarining meyori ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi ularning ilmiy asoslangan rejali hajmidan iborat bo‘lib, u eng avvalo, quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi xo’jalik yurituvchi subyektlar ish sharoitiga bog‘liq: ishlab chiqarish siklining uzoq-yaqinligi; ishlab chiqarishga materiallarni kiritish davri; mol yetkazib beruvchilarning uzoqligi; mol yetkazib berish partiyalarining kompleksligi yoki hajmi; materiallar sifati; hisob-kitoblar tizimi; va boshqalar. Meyor meyorlashtiriladigan moddiy resurslarga (ularning har bir turi bo‘yicha) bo‘lgan o‘rtacha kunlik ehtiyoj (xarajat)larning hajmi va mol yetkazib berishlar o‘rtacha intervalining uzunligini hisobga olgan holda kunlik zaxiralarda o‘rnatiladi. Demak, agar ana shu interval, masalan, 24 kunga teng bo‘lgan bo‘lsa, shunga mos ravishda zaxiralar shu kunlar oralig‘ida ishlab chiqarish siklining normal (sog‘lom) rivojlanishini ta’minlashga etarli bo‘lmog‘i lozim. Kunlarda ifodalangan zaxiralar va ma’lum bir ko‘rinishdagi tovar-moddiy boyliklar xarajatlarining meyori asosida meyorlashtiriladigan zaxiralarni yaratish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larning hajmi aniqlanadi. Agar meyor kunlarda aniqlansa, u holda aylanma mablag‘larning normativi xo’jalik yurituvchi subyektlarning normal faoliyat ko‘rsatishi uchun minimal darajada zarur bo‘lgan tovar-moddiy boyliklarning pulda ifodalangan rejalashtirilgan zaxiralaridan iborat. Xom ashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha zaxiralarning kunlik normasi quyidagi zaxiralar summalarini inobatga olib o‘rnatiladi: transport zaxirasi; tayyorlov zaxirasi; texnologik zaxira; joriy zaxira; sug‘urta zaxirasi 5.Baho turlari, uning tarkibiy tuzilmasi Bozor iqtisodiyotida tovarlarning turli guruhlariga mos ravishda baholarning harakatchan tizimi amal qiladi. Baho turlarini tizimlashtirish uchun turli belgilar bo‘yicha ularni klassifikatsiyalashtirishdan foydalaniladi. Baholarni quyidagi belgilarga ko‘ra klassifikatsiya qilish mumkin: aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha; o‘rnatilishiga qarab; vaqt omiliga ko‘ra; baholar xususida ma’lumotlarni olish usuliga muvofiq; bozor turiga bog‘liq ravishda; hududiy bozorlarga bog‘liqligini nazarda tutib; bozorda davlatning ta’sirchanligi, tartibga solish va raqobat darajasining xarakteri bo‘yicha; etkazib berish va sotish shartlariga ko‘ra; qo‘llanilish tartibiga muvofiq. Aylanmaga xizmat qilish xarakteri bo‘yicha baholar quyidagicha farqlanadi: ulgurji baholar; chakana baholar; sotib olish baholari; smeta qiymati; tariflar. Xo’jalik yurituvchi subyektlar tovarlarning yirik partiyasini sanoat, qishloq xo‘jaligi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi subyektlarga yoki ta’minot tashkilotlariga sotadigan bahosi ulgurji baho deyiladi. Savdo tashkilotlari tomonidan aholining shaxsiy iste’moli uchun kichik miqdorlarda sotiladigan ne’matlarga o‘rnatilgan baho chakana baho deb atadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘z mahsulotlarini davlatga sotish sotib olish baholarida amalga oshiriladi. Baholarni shakllantirishning obyektiv asoslari. .“Baho” tushunchasi ostida, odatda yagona sintetik kategoriyaga birlashtirilgan turli-tuman iqtisodiy holatlarning yig’indisi nazarda tutiladi. Mohiyat jihatidan baho qiymatning puldagi ifodasidir. Tarmoq ichidagi raqobat natijasida tovarning individual qiymati uning ijtimoiy qiymatiga aylanadiki, uning o’lchami (miqdori, darajasi) mehnatning ijtimoiy zaruriy xarajatlari bilan aniqlanadi Bozor qiymati, ijtimoiy qiymatdan farqli o’laroq, faqatgina tovarni ishlab chiqarish darajasi bilan emas, balki uning realizatsiya qilish shartlari bilan ham belgilanadi. Tovarlar har doim qiymat va iste’mol qiymatining o’zaro yaxlitligidan iborat. Tovarning iste’mol qiymatini tovarning qandaydir bir ehtiyojni qondirish qobiliyati sifatida xarakterlash qabul qilingan. Bozor sharoitida ishlab chiqarish sotib oluvchilarning talablarini qondirish maqsadida iste’mol va buning natijasida tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan foydaning olinishi uchun amalga oshiriladi. Demak, past iste’mol qiymatiga ega bo’lgan tovarlar past qiymatga ega bo’ladi va aksincha, yuqori darajadagi iste’mol qiymati qiymatning ham yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham, bahoni aniqlashda faqat tegishli ne’matni ishlab chiqarish xarajatlarini inobatga olib qolmasdan, balki tovarning sifati orqali namoyon bo’ladigan uning iste’mol qiymatini, uning foydaliligini ham hisobga olmoq lozim. Bundan baho bozor mexanizmining pulda ifodalangan muhim elementidir, degan xulosa kelib chiqadi Boshlang‘ich bosqichda startaplarni moliyalashtirish. 7. Har yili AQSHda 1500 ga yaqin startaplar venchur kapitalistlari va 50 mingdan ziyod biznes farishtalaridan mablag‘ oladilar. Venchur kapitalistlari 400 ta startapdan faqat bittasini moliyalashtirsa, biznes farishtalari 40 tadan bitta startapga mablag‘ joylashtirishadi. Ya’ni, startapni rivojlantirishning dastlabki bosqichida biznes farishtalaridan moliyalashtirish olish imkoniyati venchur kapitalistlariga nisbatan 10 marta yuqori. Startapni moliyalashtirish qanday amalga oshiriladi? Qaysi omillar investorning u yoki bu biznes rivojlanishining dastlabki bosqichiga sarmoya kiritish bo‘yicha qaroriga ta’sir qiladi? Aksariyat investorlarni quyidagi masalalar qiziqtiradi: • jamoaning malakasi, • tavsiya etilgan mahsulot / xizmat uchun bozor imkoniyatlarining mavjudligi • loyihangizning moliyaviy unsurlari. Buni taqdimotni tayyorlashda ham, biznes-rejani ishlab chiqishda ham hisobga olish kerak. Birinchi va asosiy punkt – loyiha menejmentidir. Shuni esda tutish kerakki, investor g‘oyani emas, uni hayotga tatbiq eta oladigan jamoani moliyalashtiradi. Shuning uchun, agar biznes-reja yoki taqdimotni o‘qiyotganda, investor loyiha menejmentidan shubha qilsa, bu u sizning g‘oyangizga investitsiya qilmasligini anglatadi. Bekgraund, jamoangiz a’zolarining tajribasi va malakasi investor uchun taqdimot paytida muhokama qilinadigan dastlabki punktlardan biri bo‘lishi kerak. Agar sizning potentsial hamkoringiz startap menejmentining kerakli malakaga ega bo‘ladi degan qarorga kelsa, siz bilan ishlash imkoniyati sezilarli darajada ortadi. Keyingi masala sizning g‘oyangizni amalga oshirish uchun bozor imkoniyatidir, bu imkoniyat oynasi – windowofopportunity deb ham ataladi. Siz bozorni – iste’molchilar, raqobatchilar, etkazib beruvchilar haqida bilishingizni namoyon etishingiz va nima uchun aynan sizning mahsulotingiz raqobatchilar mahsulotlaridan ko‘ra xaridor tomonidan afzal ko‘rilishini tushuntirishingiz kerak. Investorlarni har doim ishtiyoqmand jamoalarga ega yirik bozorlarga sarmoya kiritish imkoniyati jalb qiladi. Agar siz loyihaga o‘z vaqtingiz va g‘oyangizni emas, balki pulingizni joylashtirmoqchi yoki joylagan bo‘lsangiz, bu sizning biznes muvaffaqiyatiga ishonchingizni ko‘rsatadi va boshqa investorlarini jalb qilish imkoniyatini oshiradi. Investorlar bilan muloqotning dastlabki bosqichlarida loyihadan erta chiqish yoki boshqa korxonalar bilan qo‘shilish / sotish imkoniyatlari haqida so‘z yuritilmasligi lozim. Katta biznesda rivojlanish istiqbollari hisobga olinmagan loyihalar kamdan-kam hollarda venchure kapitalistlarining ijobiy munosabatiga loyiq ko‘riladi. Bunday holda, mahalliy biznes farishtalarini qidirish yaxshi bo‘ladi. Startaplarda ishtiroki masalasiga kelsak, odatda, venchur kapitalistlar sizning biznesingizda 20-25 foiz ulushga ega bo‘lishni xohlashadi, agar bir necha kompaniya investitsiya joylashtirgan bo‘lsa, u holda 15 foizdan. Agar bu erda gap ekma moliyalashtirish haqida ketsa, unda ulushlar 10 foizdan pastga tushirilishi mumkin. Download 308.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling