Asosiy vositalar harakati hujjatlashtirish. Reja
Download 23.33 Kb.
|
Asosiy vositalar harakati hujjatlashtirish.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalar
Asosiy vositalar harakati hujjatlashtirish. Reja. Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalar Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobotning me’yoriy asoslari Hujjatlashtirish, uning mohiyati va ahamiyati Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalar Korxonalarning ishlab chiqarish jarayonini asosiy vositalarsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki ular mehnat unumdorligini oshirishning asosiy manbai, mahsulot sifatining talab darajasida bo’lishini ta’minlovchi omil hisoblanadi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatchilar o’rtasidagi kurashda asosiy vositalarning tarkibiy qismi hisoblangan zamonaviy texnika va texnologiyalarsiz muvaffaqiyatlarga erishish qiyin. Shu bilan birgalikda zamonaviy takomillashgan asosiy vositalarni amaliyotga qo’llash ilmiy texnika progressining eng so’nggi yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy qilinishini ta’minlaydi. Bu o’z navbatida ilm-fan yutuqlarini amaliyotga qo’llash va ular o’rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni ta’minlaydi. Asosiy vositalar har bir sikldan so’ng ishlab chiqarish sohasini tark etmay, mehnat jarayonida o’z natura ashyoviy shaklini saqlab qolishi bilan tavsiflanadi. Ularning qiymati mahsulotga bir yo’la emas, balki qismlab o’tadi. Ammo shunday mehnat vositalari ham borki, ular o’z iqtisodiy mazmuniga ko’ra mehnat quroli hisoblanadi. Biroq asosiy vositalar tarkibiga kirmaydi, balki aylanma mablag’lar tarkibida hisobga olinadi. Asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab ularni asosiy vositalarning aktiv va passiv qismlarga ajratiladi. Asosiy vositalarning aktiv qismiga mashina va uskunalar (kuch hamda ishchi mashina va uskunalar, o’lchov hamda to’g’rilash asboblari va qurilmalari, laboratoriya uskunalari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar), shuningdek transport vositalari kiritiladi. Asosiy vositalarning aktiv qismini aniqlashda ularning mahsulot hajmining o’sishiga, mehnat unumdorligining ortishiga bevosita ta’sir etishini ham e’tiborga olish lozim. Asosiy vositalarning passiv qismi ishlab chiqarish jarayoni uchun sharoit yaratuvchi ishlab chiqarishning infratuzilmasining binolari va inshootlarini o’z ichiga oladi. Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning asosiy vositalarining tarkibi ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga ega. Bu ma’lumotlar korxonaning moliyaviy hisobot tarkibiga kiritiladigan «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»da o’z aksini topadi. «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot»ning asosiy vazifasi 1-sonli BHMA «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot»ning 86-bandida quyidagilar yozilgan: «Ushbu hisobot asosiy vositalarning harakati hamda ularning eskirishini hisoblash to’g’risida qo’shimcha axborot beradi. Shuningdek, unda ijaraga berilgan yoki olingan asosiy vositalar to’g’risida ham axborot beradi». 3-«Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot» asosida asosiy vositalarni yalpisiga emas, balki ularning turlari bo’yicha holatini, shuningdek, ta’minlangan va foydalanish samaradorligini mufassal tahlil qilish imkonini beradi. Hisobotning mazkur shaklida asosiy vositalarning har bir turi bo’yicha dastlabki qiymati, eskirishi va qoldiq qiymati, shuningdek ularning yil boshidagi qiymati, qancha kelib tushgani va chiqib ketganligi, yil oxiriga qoldig’i ko’rsatiladi. Hisobot oxirida ular ishlab chiqarish va noishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga bo’lingan. Ma’lumot tariqasida asosiy vositalar turlari bo’yicha qaysi mablag’lar hisobiga olinganligi, qancha asosiy vositalar ijaraga olingan va berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, ushbu hisobot ma’lumotlari asosida asosiy vositalar holatini ifodalovchi quyidagi ko’rsatkichlar aniqlanadi: eskirish, yaroqsizlik, yangilanish, chiqib ketish koeffitsiyentlari, asosiy vositalar tarkibi, ularning umumiy va asosiy vositalar turlari bo’yicha o’sish summasi kiritiladi. Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi hisobot ma’lumotlari korxonaning asosiy vositalari bilan ta’minlanganligini mehnatning mexanizatsiyalashganlik darajasi, ishlab chiqarish jarayonining mexanizatsiyalashganlik darajasi kabi ko’rsatkichlarini hisoblashda ham foydalaniladi. Asosiy vositalarni foydalanish samaradorligining mezonlaridan ko’riladigan foyda (samara)dir. Buni tavsiflovchi ko’rsatkichlar qatoriga fondning rentabelligi; asbob-uskunalar unumdorligi kabi ko’rsatkichlar kiritiladi va ular ushbu hisobot ma’lumotlari asosida hisoblanadi. Download 23.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling