Asosiy vositalar hisobi
Download 116.05 Kb.
|
“Asosiy vositalar hisobi” nomli 5 BHMS va uning mazmuni
ro’yxatdan o’tkazilgan.
Mazkur Buxgalteriya hisobi milliy standarti “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan hamda O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini me’yoriy tartibga solish tizimining elementi hisoblanadi. Mazkur standartning maqsadi mulk, xo’jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo’jalik yurituvchi subyektga tegishli bo’lgan asosiy vositalar hisobi uslubiyatini belgilash hisoblanadi. Ushbu standart 10 paragrafdan iborat bo’lib, unda asosiy vositalarning kelib tushishi, asosiy vositalarni baholash, asosiy vositalarga o’tkaziladigan kapital qo’yilmalar, asosiy vositalarni qayta baholash, amortizatsiyani hisoblash, asosiy vositalarni ta’mirlash, asosiy vositalarning chiqib ketishi, asosiy vositalarni inventarlash, axborotni ochib berish kabi tushunchalar keng yoritilgan. Asosiy vositalarni hisobga olishda ularni aktiv sifatida tan olingan paytini belgilash, mazkur aktivlarga nisbatan qo’llaniladigan ularning balans qiymatini va amortizatsiyani hisoblash usullarini belgilash, shuningdek asosiy vositalarning balans qiymatidagi boshqa o’zgarishlarni va ularning chiqib ketishi hisobiga moliyaviy natijalarni belgilash va hisobga olish asosiy qoidalar hisoblanadi. 3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. 2012-2016 yillarda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida. -T.: 2012 yil 14 iyul, 215-son. Vazirlar Mahkamasining ushbu qarori 201 2-2016 yillarda Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi amalga oshirilishini ta’minlash bo’yicha kompleks tadbirlarni belgilash maqsadida qabul qilinib, bunga muvofiq qishloq xo’jaligi texnikasi parkini yangilash va kengaytirish, qishloq xo’jaliginiyangi, zamonaviy yuqori unumli va resurslarni tejovchi texnika bilan ta’minlash, qishloq xo’jaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik jihatdan qayta jihozlash,qishloq xo’jaligi texnikasining yangi turlari ishlab chiqarilishini tayyorlash, qishloq xo’jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va ularga servis xizmati ko’rsatishnimoliyalashtirish tizimini yanada takomillashtirish, fermer xo’jaliklari, mashina-traktor parklari va qishloq xo’jaligi mashinasozligi korxonalariga kadrlar tayyorlash va ularning mutaxassislar malakasini oshirish kabi tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Download 116.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling