Asosiy vositalar va nma hisobi
Asosiy vositalarning eskirishi
Download 138.86 Kb.
|
3-mavzu. Amaliy mashg\'ulot
Asosiy vositalarning eskirishi.
№ 2-misol. Avtotransport vositasiga 2019 yil 01 iyul holatiga amortizatsiya hisoblang. Avtomobildan foydalanish muddati 5 yil. Amortizatsiya usuli chiziqli (bir maromli). Avtomobil boshqaruv ehtiyojlari uchun ishlatiladi. Dastlabki xarajat va ishga tushirish sanasi haqidagi ma’lumotlar 1-misolda keltirilgan. Buxgalteriya yozuvlarini tuzing. Echim Avtomobilga amortizatsiya me’yorini hisoblaymiz: (1/5) • 100 % = 20 % Yillik amortizatsiya summasi: 89 460 000 • 20% = 17 892 000 so’m; amortizatsiya oylik miqdori: 17 892 000 : 12 = 1 491 000 so’m. 1 iyulgacha hisoblangan amortizatsiya summasi 1 491 000 x 4 = 5 964 000 so’m. Hisoblangan amortizatsiyalarga har oyda quyidagi o’tkazma beriladi: D 9420 “Ma’muriy xarajatlar” 1 491 000 so’m K 0260 “Transport vositalarini eskirishi” 1 491 000 so’m № 3-misol. 2019 yil 01 oktyabr holatiga transport tirkamasiga amortizatsiya hisob qilindi. Uskunaning boshlang’ich qiymati 33 000 000 so’mni tashkil qiladi. Tugatish qiymati 3 000 000 so’m. Ushbu ob’ekt 2016 yilning 01 yanvarida sotib olingan, foydali ish muddati 5 yil. Amortizatsiya hisoblash usuli - yillar soni yig’indisi bo’yicha. Ob’ekt korxonaning asosiy ishlab chiqarish tsexida ishlatiladi. Buxgalteriya yozuvlarini tuzing. Echim Uskunaning foydali hayot yillar soni yig’indisi: (1 + 2 + 3 + 4 + 5) = 15. Amortizatsiyalanadigan qiymat 30 000 000 so’m (33 000 000 – 3 000 000). Amortizatsiya hisoblash summasi birinchi yili 5/15 * 30 000 000 = 10 000 000 so’m; ikkinchi yilda 4/15 * 30 000 000 so’m = 8 000 000 so’m; uchinchi yilda 3/15 * 30 000 000 = 6 000 000 so’m; to’rtinchi yili (2/15 • 30 000 000) • 9/12 = 3 000 000 so’m bo’ladi. Shunday qilib, butun haqiqiy foydalanish vaqti davomida, jamg’arilgan amortizatsiya summasi: 27 000 000 so’m (10 000 000 + 8 000 000 + 6 000 000 + 3 000 000) ga teng bo’ladi. Har oyda (2019 yil sentyabr oyiga) hisoblangan amortizatsiya ajratmalar summasiga quyidagi buxgalteriya o’tkazmasi beriladi: D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” 333 333 so’m K 0230 “Transport vositalarini eskirishi” 333 333 so’m. (2/15 • 30 000 000 /12 = 333 333 so’m) Download 138.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling