Asosiy vositalarni ta'mirlash xarajatlarini tеkshirish


Xo‘jalik usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining xususiyatlari


Download 32.93 Kb.
bet2/2
Sana25.10.2023
Hajmi32.93 Kb.
#1720687
1   2
Bog'liq
Документ Microsoft Word (3)

Xo‘jalik usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari auditining xususiyatlari. Avval ta’kidlab o‘tilganidek, ta’mirlash fondi tashkil etmaydigan ko‘pchilik korxonalar barcha qilgan xarajatlarini ularning me’yoriga qarab mahsulot ishlab chiqarish (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) xarajatlariga qo‘shadilar. Katta va o‘rta korxonalarda maxsus ta’mirlash xizmatlari (sexlar, uchastkalar) bo‘lishi mumkin. Bunday bo‘linmalarning xarajatlari amalda ta’mirlash turlari: joriy, o‘rta, kapital ta’mirlash bo‘yicha 2310 «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyotining «Ta’mirlash ustaxonasi» analitik schyotida oldindan yig‘ilib ta’mirlash ishlari tugallanganida n keyin korxonada qabul qilingan hisob yuritish siyosatiga ko‘ra 2310-schyot kreditidan ishlab chiqarish schyotlari (2010, 2510, )ning debetiga yoki ta’mirlash fondi (8910-schyot «Ta’mirlash fondi» analitik schyoti) hisobiga hisobdan o‘chiriladi. Kapital va o‘rta ta’mirlash uchun smetalar tuzilgan bo‘lishi lozim. Bularning hammasi auditor tomonidan tekshiriladi.
U xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish tartibi bilan tanishib chiqishi kerak. Dastlabki hujjatlar (materiallarni olish uchun talabnoma va boshqalar) da xarajatlarning yo‘nalishi, ya’ni ta’mirlash ishlari ko‘rsatilishi lozim. Auditor korxona ma’muriyatiga nuqson (defekt)lar vedomostiga asosan tuziladigan, choraklarga bo‘lingan, ta’mirlash ishlarini o‘tkazishning 1 yillik rejasini tuzishni tavsiya qilishi mumkin. Bu tadbirlar o‘z navbatida korxonalarga ta’mirlash maqsadida mablag‘lardan samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirishga imkon yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, asosiy vositalarni malakali auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish, sifatli auditorlik hisoboti va auditorlik xulosasi tuzish uchun ushbu hisob obyektini har tomonlama sinchiklab tekshirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, Shuningdek, bu ishga kirishishdan oldin asosiy vositalar hisobiga doir barcha me’yoriy hujjatlar hamda boshqa zarur manbalardan iborat ma’lumotlar to‘plamini shakllantirish zarur. Shundagina auditor malakali tekshiruv o‘tkazib, korxonaga (mijozga) sifatli xizmat ko‘rsatishi va qimmatli maslahatlar berishga erishishi mumkin.
Download 32.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling