Asosiy vositalarning eskirish xisobi


Dt Asosiy, yordamchi, umumishlab chiqarish, davr xarajatlari hisobvaraqlari Kt


Download 123 Kb.
bet6/7
Sana15.02.2023
Hajmi123 Kb.
#1201563
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ASOSIY VOSITALAR BILAN TAMINLANGANLIK VA QUROLLANGANLIK TAHLILI

Dt Asosiy, yordamchi, umumishlab chiqarish, davr xarajatlari hisobvaraqlari
Kt Asosiy vositalarning eskirishi hisobvaraqlari
Asosiy vositalar hisobdan chiqarilayotganda eskirish summasi ham hisobdan chiqariladi

5. Asosiy vositalarni ishchi holatda saqlash xarajatlari va keyingi kapital qo’yilmalar hisobi


Asosiy vositalarni sotib olingandan so’ng uni saqlash va ishlatish bilan bog’liq bir qator xarajatlar vujudga kela boshlaydi. Masalan, ta’mirlash, ishlatish, rekonstruktsiya va joylarini almashtirish bilan bog’liq xarajatlar shular jumlasidandir. Bu xarajatlarni hisobga olish balansni turkumlash va keyinchalik eskirish bo’yicha ajratmalarni hisoblashda ta’sir etadi.
Yuqorida aytib o’tilgandek, harid qilib olinganida baholangan boshlang’ich qiymatiga asosiy vositalarni haqiqiy xizmat muddati va unumdorligini yuqo-riroq darajada bo’lishini ta’minlovchi xarajatlar kapitallashtiriladi. Хarid qilinganidan keyingi paydo bo’lgan kapitallashtirilgan xarajatlar, foyda-lanishning ma’lum bir davridan keyin bahosizlanadi va bu davr ma’lum bir aktivlarning kutilayotgan xizmat muddatidan qisqa bo’lishi mumkin.
Asosiy vositalarni foydalanish imkoniyatlarini va harid qilib olin-ganida aniqlab olingan foydalanish davrini ta’minlash, minimal darajadagi saqlab turish va ta’mirlashlar bo’yicha xarajatlarni amalga oshirib turishni taqozo qiladi. Bu xarajatlar foydalanish muddatini harid qilinganida belgi-langanidan yuqoriroq darajada uzaytira olmaydi, ular joriy hisoblanadi va paydo bo’lgan davr xarajatlari moddasiga kiritiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, asosiy vositalar halokat, sovuqqonlik, bilgan holda suiste’mol qilish, o’g’rilik natijasida paydo bo’lgan xarajatlar zararlarga olib boriladi. Masalan, agar dastgohni o’rnatish jarayonida ayrim muhim qismlarining sinishi yuz bersa, u holda ta’mirlash to’lovlari xarajatlar moddasiga yoziladi. Тa’mirlashdan so’ng bu inventar avval ega bo’lgan qiymatga ega bo’lmasligi mumkin.
Bulardan tashqari, baxtsiz hodisa natijasida shikastlangan, sug’urta qilingan mulkni qayta tiklash xarajatlari zararlar moddasiga kiritiladi. Bunday shikastlanishlarni tiklash, tabiiyki, inventarni foydalanish muddatini baxtsiz hodisadan oldingi darajadan yuqoriroq darajada uzaytirmaydi. Agarda qayta ta’mirlashdan so’ng uskunaning xizmat yoki foydalanish muddati uzaysa, xarajatlar foydali faoliyat muddatini uzayishining butun davriga kapital-lashtiriladi.
Budjet tashkilotlari o'zlarining vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishlari mumkin. Vaqtincha foydalanilmayotgan binolar, inshootlar (ularning ayrim qismlari ham), ishlab chiqarish uskunalari, xonalar, transport vositalari va boshqa uzoq muddatli aktivlarai, agar qonun bilan ularai ijaraga berish man qilinmagan bo'lsa, ijaraga beriladi. Agar mol-mulkni ijaraga berish ko'rsatiladigan xizmatlarning hajmi kamayishiga yoki sifati yomonlashishiga sabab bo'lsa yoki asosiy faoliyati bo'yicha xarajatlar ko'payishiga yoki bu ko'zda tutilgan moliyalashtirish limiti ko'tarilishiga olib kelsa, budjet tashkilotlarining balansidagi mol-mulkini ijaraga berish mumkin emas.
Ijaraning subyektlari: ijaraga beruvchi-bu yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan, o'zining balansida hisobda turgan vaqtincha foydalanilmayotgan ijara obyektini ijaraga berishi mumkin bo'lgan budjet tashkilotidir, ijarachi esa-bu mol-mulkini vaqtincha foydalanish uchun haq to'lash, qaytarib berish va butligini ta’minlash sharti bilan ma’lum muddatga ijaraga olgan yuridik shaxsdir.
Ijaraga beruvchi ijarachiga mulkni shartnomada ko'rsatilgan muddatga ijaraga berish, ijarachi esa ijara muddati tugagandan so'ng mulkni shartnomada ko'rsatilgan aniq muddatda va shartnomaning tegishli shartlariga muvofiq va mulkni tayinlanishi bo'yicha holatida qaytarishga majburdir. Ijara shartnomasi tuzilganda va uning amal qilish muddati tugaganda mulkni qabul qilib olish va berish tomonlaraing vakolatli vakillari qatnashuvida ikki nusxada ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzib amalga oshiriladi.
Turar joy bo'lmagan binolar va inshootlaming ijara shartnomasi ko'chmas mulk davlat kadastri xizmatlarida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Turar joy binolari va inshootlarining ijara shartnomasi esa texnik inventarizatsiya byurosida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Ijara haqi ijarachi tomonidan ijaraga beravchiga davriy yoki birato'la faqat pul shaklda to'lanadigan aniq to'lov summasi ko'rinishida belgilanadi. Turar joy bo'lmagan xonalar uchun ijara haqi miqdori Qoraqalpog'iston Respublikasining Vazirlar kengashi, viloyatlarning va Toshkent shahrining hokimliklari tomonidan ijaraga beriladigan davlat va kommunal mulkning turar joy bo'lmagan xonalar bo'yicha aniqlanadigan me’yoridan kam bo'lmasligi kerak. Shartnomada ijara haqini to'lash davriyligi va muddati, har chorakda eng kamida bir marta qilib, belgilanadi. Ijara to'lovlari bo'yicha hisob-kitoblar ijarachi tomonidan har bir ijara to'lovi muddatida ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga 100 foiz miqdorida avvaldan to'lash shaklida amalga oshirilishi kerak.
Ijara shartnomasiga asosan to'lov muddati boshlanadigan hisobot davrida ijara summasiga ijaraga beruvchi budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini tuzadi:
Debet 178 - «Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» sub-schyoli;
Kredit 400 - «Maxsus va budjetdan tashqan mablag'lar bo'yicha daromadlar» subschyoti.
Odam yashamaydigan xonalar bo'yicha ijara haqi miqdoriga kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati qo'shilmaydi. Kommunal va foydalanish xizmatlari qiymati ijarachi tomonidan ijaraga beruvchiga ijara bo'yicha to'lovlardan tashqari alohida qoplanadi. Bunda, agar ijarachi binoni yoki inshootni to'la ijaraga olsa yoki elektr energiyasi, gaz va suv sarf qilish bilan bog'liq ishlab chiqarish yoki boshqa faoliyat bilan shug'ullansa, kommunal xarajatlarni ijarachi maxsus o'rnatilgan elektrsubschyotchiklar, suv o'lchagichlar va gaz o'lchagichlarning ko'rsatuvlari bo'yicha to'laydi. Agar ijarachi binoni yoki inshootni bir qismini ijaraga olsa va noishlab chiqarish faoliyati bilan shug'ullansa, u holda maxsus elektr o'lchagichlar, suv o'lchagichlar va gaz o'lchagichlar o'matilishi talab qilinmaydi va ijaraga beruvchining kommunal va foydalanish xizmatlari bo'yicha xarajatlari ijarachi tomonidan band qilgan maydoniga mutanosib ravishda qoplanadi. Ijaraga beruvchi kommunal va foydalanish xizmatlarini bajaruvchi tashkilotlar bilan hisob-kitob qilganda kommunal va foydalanish xarajatlarini moliyalashtirish limiti doirasida ajratilgan budjet mablag'laridan, haqiqatda iste’mol qilingan kommunal va foydalanish xizmatlari qiymatidan ijarachilar tomonidan iste’mol qilingan kommunal va foydalanish xizmatlarining qiymati ayirib tashlangan holda to'laydi. Qolgan qismini ijaraga beruvchi ijarachidan kommunal va foydalanish xizmatlarining to'lovi sifatida olgan mablag'lar hisobidan to'laydi.
Budjet tashkiloti vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkini ijaraga berishdan olingan mablag'laming 50 foizini tegishli mahalliy budjetga yo‘naltirishi kerak. Qolgan qismini, ya’ni vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag'laming 50 foizini esa budjet tashkiloti o'zining rivojlantirish fondiga yo'naltirishi kerak.
Ijarachidan ijaraga beruvchining bank muassasasidagi maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga ijara haqi kelib tushganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan
quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 114 - «Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisob-varag'i» subschyoti;
Kredit178-«Boshqa debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» subschyoti.
Bir vaqtning o'zida, vaqtincha foydalanilmayotgan mol-mulkni ijaraga berishdan olingan mablag'laming 50 foizini tegishli budjetga yo'naltirish kerak bo'lgan summaga, quyidagi ikkinchi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 400 - «Maxsus va budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlan> subschyoti;
Kredit 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblan> subschyoti.
Ijaraga beruvchining talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'iga ijara to'lovlari tushgandan so'ng, ijaraga beruvchi 5 bank kuni mobaynida xizmat ko'rsatuvchi bank muassasasiga tegishli budjetga o'tkazilishi kerak bo'lgan summaga to'lov topshirig'ini taqdim etishi kerak. Budjetga, budjet tashkilotiga kelib tushgan ijara haqining 50 foizi o'tkazib berilganida, bank muassasasining ko'chirmasiga asosan, budjet tashkilotining buxgalteriya xizmati quyidagi buxgalteriya provodkasini
tuzadi:
Debet 173 - «Budjet to'lovlariga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 114-«Budjet tashkilotini rivojlantirish fondi-budjetdan tashqari
mablag' lar bo' yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i»
subschyoti.
Ijara to'lovlarining to'lanishi 30 kalendar kundan ortiq muddatga
kechiktirilganda ijaraga beruvchi ijarachining nomiga yozma bildirish
xatini yuborishi kerak. Bildirish xatida ijara to'lovlarini amalga oshirish
zarurligi eslatiladi va ijarachidan (ijara to'lovlarining to'lanishini kechiktirish 60 kundan ortib ketsa) tegishli zararlarni qoplatib, bir tomonlama tartibda ijara shartnomasini bekor qilish mumkinligi haqida ogohlantiriladi.
Shuni hisobga olish kerakki, mulkni ijarachiga berishga tayyorlashga ijaraga beruvchi to‘la javob beradi, mulkni ijaraga beruvchiga qaytarishga tayyorlashga esa ijarachi to'la javob beradi.
Davlat mulki ijara shartnomasini rasmiylashtirishda va tuzishda qonunchilik talablariga rioya qilinishiga budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri javobgardir. Ijara shartnomalari bo'yicha ijara to'lovlarining o'z vaqtida kelib tushishini ta’minlashga ijaraga beruvchi budjet tashkilotining rahbari javobgardir.

Download 123 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling