Asosiy vositalarning holati va ulardan foydalanishni tahlili


Download 114.36 Kb.
bet1/7
Sana10.11.2023
Hajmi114.36 Kb.
#1761016
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6 ASOSIY VOSITALARNING HOLATI VA ULARDAN FOYDALANIShNI TAHLILI

ASOSIY VOSITALAR va ULARDAN FOYDALANISh TAHLILI

Reja:

  • Asosiy vositalar tahlilining ahamiyati, mazmuni va vazifalari.
  • Asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamikasini tahlili.
  • Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlili.
  • Asosiy vositalardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining tahlili.

Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko'rsatiladi.

Asosiy fondlar deb ishlab chiqarish tsiklida bir necha bor qatnashib o'zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o'tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi.

Asosiy vositalar tahlilning asosiy vazifalari :

  • xo'jalik sub'ektlarining asosiy vositalar bilan etarli darajada ta'minlanganlik holatiga baho berish;
  • asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o'zgarishlariga baho berish;
  • korxonaning asosiy vositalar bilan ta'minlanganlik holatini yaxshilash bo'yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish;
  • asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;
  • asosiy vositalarning harakat ko'rsatkichlarini o'rganish va ularga baho berish;
  • asosiy vositalardan samarali foydalanganlik darajalariga baho berish;
  • asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo'yicha mavjud imkoniyatlarni ko'rsatib berish va hakozo.

Asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

Asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

-korxonaning biznes reja ma'lumotlari;

-“Buxgalteriya balansi" (1-shakl);

-Buxgalteriya hisobining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyot ma'lumotlari.


Download 114.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling