Asosiy vositalarning tugatilishi


Asosiy vositalarni tugatilishi sababli chiqib ketishini qayd qilish


Download 75.15 Kb.
bet9/11
Sana08.03.2023
Hajmi75.15 Kb.
#1252232
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Asosiy vositalarning tugatilishi

4.Asosiy vositalarni tugatilishi sababli chiqib ketishini qayd qilish.
Ma’lumki, asosiy vositalar kam hollarda taxmin qilinayotgan xizmat muddati davomida ishlatiladi. Agarda asosiy vositalar bu muddatdan keyin ham foydalanilsa, unga eskirish hisoblanmaydi, unda balans qiymati qoldiq qiymatiga teng bo’ladi. Agarda to’la eskirgan aktivning qoldiq qiymati nolga teng bo’lsa, unda mulkni hisobdan chiqarish paytigacha yoki uni realizatsiya qilgunga qadar balans qiymati nolga teng bo’ladi. Asosiy vositalarni chiqib ketishini bir kichik misol yordamida ko’rib chiqamiz.
Faraz qilaylik, 19xx yil 1 yanvarda «Oltinko’l» OХJ 550.000 so’mga dastgoh xarid qildi va 10 yillik xizmat muddatidan kelib chiqqan holda u bo’yicha eski-rish hisoblagan, eskirish to’g’ri chiziqli (bir tekisda eskirish hisoblash) usul bo’-yicha aniqlangan. 10 yil o’tganidan keyin qoldiq qiymat 50.000 so’mni tashkil qi-lishi kerak. 19xx y. 1 yanvarida bu dastgohning hisobi bo’yicha qoldiq taalluqli hisobvaraqlarda quyidagicha bo’lgan:

Dastgoh Dastgohning jamlangan


eskirishi

550.000 350.000


Ushbu dastgoh, eskirganligi tufayli foydalanishdan chiqarilgan. Ko’rinib turibdiki, chiqib ketgan uskunaning chiqib ketish vaqtida balans qiymati 200.000 so’mni tashkil qildi. Balans qiymatiga teng bo’lgan asosiy vositalarni chiqib ke-tishidan ko’rilgan zarar uskunani hisobdan chiqarish vaqtida hisobda quyidagicha aks ettirilishi kerak:




Dt Uskunaning jamlangan amortizatsiyasi 350.000
Dt Uskunani hisobdan chiqarishdan zarar 200.000
Kt Dastgoh 550.000
Eslatma: BHMSga ko’ra asosiy vositalar va boshqa aktivlarni hisobdan chiqarishda vaqtinchalik (tranzit) hisobvaraq «Asosiy vositalarning chiqib ketishi» hisobvarag’i orqali aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning chiqib ketishi natijasida paydo bo’lgan foyda va zararlar boshqa daromad va xarajatlar singari moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotida aks ettiriladi.

Download 75.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling