Pangu ( Pangu) - O’n sakkiz ming yil ulkan tuxumda uxlagan Pangu uyg’ongach, qayerdandir paydo bo’lib qolgan bolta bilan tuxum po’chog’ini urib | sindiradi. Barcha yengil va toza narsalar ko’tarilib, osmonni hosil qiladi, og’ir va iflos narsalar tubanlashib yerga aylanishdi. Osmon va yeming yana birlashishidan cho’chigan Pangu boshini osmonga, oyoqlarini yerga tirab oldi. Uning o’sishiga yarasha osmon yerdan ajralib, uzoqlasha boradi, harakatlaridan tabiat hodisalari hosil bo’ldi: nafas olishidan shamol va yomg’ir, havo chiqarishidan chaqmoq va momaqaldiroq yaraladi, ko’zini ochsa - kun, yumsa - tun bo’ladi. Oradan o’n sakkiz ming yil o’tgach, osmon va yer shakllanib, o’sishdan to’xtaydi, niyatiga etgan Pangu esa jon beradi. Uning chap ko’zi — quyosh, o’ng ko’zi - oy; tirsaklari, tizzalari va boshi - besh ulkan tog’; vujudi olamning to’rt tomoni; qoni daryo; tomirlari — yo’llar, sochi — o’t-o’lan, gul va daraxtlar; tishlari va suyaklari - metal va qimmatbaho toshlar, teri - yomg’ir va shudring, badanidagi hasharotlar - odamlarga aylanadi.
XX asr Xitoy mifshunosi Yuan Ke Pangu obrazini Myao va Yao ellari ajdodi Panxu bilan bog’laydi va uni Pangu deb ataydi. Milodiy IV va V asrlarda yaratilgan manbalarda mazkur Pangu (Panxu) “besh rangli it” sifatida tasvirlanib, ayolga uylanganligi qayd qilingan. Suy Chjenning “Uch hukmdor va besh imperator haqidagi xronologik qaydlar”ida keltirilishicha: « Qadim zamonda hukmdor Gaosinvan xotinining qulog’i og’rib qoladi va bu dard uch yil davom etadi. Uchinchi yili malika qulog’idan oltin qurt chiqadi va og’riq bosiladi. Ayol qurtni qovoq ichiga solib, ustini taom bilan yopib qo’yadi. Qovoqdagi qurt chiroyli kuchukka aylandi. Uni Pangu (pan — «taom», xu - «qovoq») deb nomlashdi. Bu vaqtda Fan — Van ismli bek kutilmaganda isyon ko’tardi. Davlat taqdiri uchun qayg’urgan Gaosinvan a’yonlariga: «Agar kimki Fan — Vanni o’ldirsa, men unga qizimni xotinlikka beraman » deydi. - XX asr Xitoy mifshunosi Yuan Ke Pangu obrazini Myao va Yao ellari ajdodi Panxu bilan bog’laydi va uni Pangu deb ataydi. Milodiy IV va V asrlarda yaratilgan manbalarda mazkur Pangu (Panxu) “besh rangli it” sifatida tasvirlanib, ayolga uylanganligi qayd qilingan. Suy Chjenning “Uch hukmdor va besh imperator haqidagi xronologik qaydlar”ida keltirilishicha: « Qadim zamonda hukmdor Gaosinvan xotinining qulog’i og’rib qoladi va bu dard uch yil davom etadi. Uchinchi yili malika qulog’idan oltin qurt chiqadi va og’riq bosiladi. Ayol qurtni qovoq ichiga solib, ustini taom bilan yopib qo’yadi. Qovoqdagi qurt chiroyli kuchukka aylandi. Uni Pangu (pan — «taom», xu - «qovoq») deb nomlashdi. Bu vaqtda Fan — Van ismli bek kutilmaganda isyon ko’tardi. Davlat taqdiri uchun qayg’urgan Gaosinvan a’yonlariga: «Agar kimki Fan — Vanni o’ldirsa, men unga qizimni xotinlikka beraman » deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |