OutOfProcess – projectni o’zini-o’ziga hosting qilish. Bunda Kestrel degan web server ishlatiladi.
OutOfProcess – ni hosting qilishning 2 xil usuli mavjud:
Projectni to’g’ridan to’g’ri Kestrelni o’zida hosting qilish.
Kestreldan tashqari uning oldida boshqa web server bo’lishi.(IIS , Apache).
Lauchsettings.json file.
Loyihani ishga tushirishdagi sozlamalari saqlanadigan file.(bu file faqatgina loyihani debugging qilishdagini ishlatiladi, loyihadi serverga deploy qilganimizda bu file umuman ishlatilmaydi)
Asp .Net Core dasturning sozlamalari qayerdan va qay tartibda olinadi.
.Net Framework loyihalarida dasturning sozlamalari yoki connectionstringlar app.config yoki web.config fileda saqlanadi. Asp .Net Core loyihalarida esa dasturning sozlamalari nafaqat appsetting.json fileda balki yana boshqa joylardan ham olinishi mumkin
Asp .Net Core dasturning sozlamalari olinadigan joylar
Appsettings.json file
Appsetting.{Environment}.json file
User secrets (foydalanuvchi sirlari)
Environment variables (muhit o’zgaruvchilari)
CMD dan keluvchi argumentlar
Dasturning sozlamalari manashu keltirilgan tartibda o’qib olinadi.
Asp .Net Core da Middleware tushunchasi .
Asp .Net Core da Middleware – http so’rovni yoki javobni hadle qiladigan kodga aytiladi. Har qanday middleware componentini aniq bir maqsadi bo’ladi.
Serverga kelgan http so’rovni request pipeline orqali chaqiruvchi middleware componentlar handle qiladi.
Middlewarelar qay tartibda ishlasi Startup classidagi Configure methodiga bog’liq.
Middleware componentlar unga kirib kelayotgan so’rov bilan ham va qaytib keladigan javob bilan ham ishlay oladi yani ham request ham response objectlari bilan ham.
Asp .Net Core projectiga so’rov kelganda middleware component so’rovni hanle qilib, o’z ishini bajarib bo’lganida natijani keyingi middleware componentga uzatib yuboradi.
Asp .Net Core da Middleware componentlar ularni pipelinega qo’shilganlik tartibida ketma-ket ishga tushadi, shuning uchun middlewarelarni pipeline ga yozishda diqqatli bo’lish kerak, aks holda dastur biz kutgandek ishlamasligi mumkin.
Aksariyat Middleware componentlar nugget ko’rinishida tarqatiladi, ammo kerak bo’lsa biz o’zimiz ham custom middleware componentlarini yozib, pipelinega kerakli joyga qo’shib qoyishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |