Asqad Muxtor
Download 23.45 Kb.
|
1 2
Bog'liqAsqad Muxtor
Asqad Muxtor (taxallusi; fam. Muxtorov, 1920.23.12, Farg‘ona—1997.17.4, Toshkent) — O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1980). O‘rta Osiyo universitetining filol. fakultetini tugat-gan (1942). Andijon pedagogika institutida kafedra mudiri (1942— 45). "Yosh leninchi", "Qizil O‘zbekiston" gaz.larida mas’ul kotib, bo‘lim mudi-ri (1945—48). O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1957-69, 1985-88), uyushma boshqaruvi raisining o‘rinbosari (1965), "Sharq yulduzi" (1960—65), "Guliston" (1969—80) jur.lari, "O‘zbekiston adabiyoti va san’ati" gaz.si bosh muharriri (1981-82).Dastlabki dostoni — "Bizning avlod-lar" (1939) Buxoro mehnatkashlarining o‘tmish hayoti haqida. Adib ijodida o‘zbek xalqining ma’naviy kamolotini ko‘rsatish masalasi muhim o‘rin egal-lagan. Bu niyatini u o‘zbek ishchi sinfi hayotini tasvirlash orqali amalga oshi-rishga intiladi. Shu jihatdan "Po‘lat quyuvchi" (1947) poemasi bilan "Daryolar tutashgan joyda" (1950), "Opa-singil-lar" (1954), "Tug‘ilish" (1961) asarla-ri o‘rtasida mushtaraklik bor. "Davr mening taqdirimda" (1964), "Chinor" (1969) romanlarida mehnat kishisining yuksak insoniy fazilatlari tasvir-langan. "Chinor" romani mazmun va sha-kliga ko‘ra o‘ziga xos asar bo‘lib, unda o‘zbek xalqi bosib o‘tgan tarixiy yo‘l, kishilar ruhiyati ifoda etiladi. Mehnat kishisi obrazi, uning yaratuvchilik fa-oliyati "Bo‘ronlarda bordek halovat" (1976) qissasida yangi qirralari bilan aks etdi. "Amudaryo" (1986) romani Afg‘onistondagi voqealar haqida hikoya qiladi. Adib qahramonlari fikrlovchi, mushohada yurituvchi, bahslashuvchi ki-shilardir. Bu hol uning lirikasi uchun ham xosdir. "99 miniatyura" (1962), "She’rlar" (1966), "Sirli nido" (1984) va boshqa kitoblariga kirgan nazmlari bilan o‘zbek poeziyasining boy imkoniyatla-rini namoyish qildi. Uning poetik ijodi hayotiy mazmunga to‘la, ko‘proq voqeaband, hajviyotga moyil. Ularda in-son hayotining o‘tkinchiligi va haqiqati haqidagi o‘ylar, inson va tabiat muno-sabatlariga oid mu-rakkab savdolar aks etgan. "Mardlik cho‘qqisi" (1948), "Yax-shilikka-yaxshilik" (1949), "Chin yurak-dan" (1956), "Dunyo bolalari" (1962), "Ildizlar", "Jar yoqasidagi chaqmoq" (1984), "Kumush tola" (1988) va boshqa asar-lari bolalarga bag‘ishlangan. "Tong bilan uchrashuv" (1987) pesalar to‘plami nashr etilgan. "Uyqu qochganda" (1997) kitobi hozirgi hayot, ma’naviyat, madaniyat va ijod masalalariga bag‘ishlangan.Sofokl, Shekspir, shuningdek jahon adabiyoti yirik namoyandalarining ay-rim asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Asarlari bir qancha xorijiy tillarda bosilgan. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1972). "Do‘stlik" ordeni bilan mukofot-langan (1995).Ac: Asarlar, 4 jildli, T., 1980—83; Tong bilan uchrashuv, T., 1987.Ad.: Soyimov B., Asqad Muxtor pro-zasi, T., 1969; Karimov H., Asqad Mux-torning insonni tasvirlash san’ati, T., 1972.
Qo'polliklar, achchiq zardalar Unutilar misli yo'lakay sayr. Bir umr qalbingni ammo burdalar Mayingina aytilgan xayr. Yopiq derazalar chaqirar, sudrar, Tanish tolko'chaga kiraman sekin. Namgarchilik. Kuz kechasi mudrar, Qalb sho'rlik begona, yetim. Bu - xotira eski kuy chalar, Olislarda esa yangraydi chaq-chaq. O'sha yomg'irli tun, o'sha ko'chalar, Yoshlik hamon haq. Download 23.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling