«Assalom Navro`z»
Download 20.91 Kb.
|
1 2
Bog'liq3-топшириқ
«Assalom Navro`z» 1-boshlovchi (Sarvinoz): Assalom, ona yurt,tonglar o`lkasi ! Ta`rif tavsingiz yo`q nihoyasi. Senga bag`ishlanur muqaddas qo`shiq, Bu O`zbek elining o`z madhiyasi! 2-boshlovchi (Umid): Yana ko`ktubida sayraydi qushlar, Yana ko`xna yam-yashil ko`rpa. Yana tandan ketdi mudrash-u tushlar, Yana yoshdek dilda o`ynar ming turfa. 1-boshlovchi (Sarvinoz): Assalomu aleyko`m fan bog`ining bog`bonlari, mexribon ustozlar hamda qalbi qaynoq, ilmga chanqoq o`quvchi-yoshlar! 2-boshlovchi (Umid): Mana o`lkamizga o`zining zarrin sepini yoyib, husnu tarovatini ko`z-ko`z qilib fasllar kelinchagi Bahoroy kirib keldi. 1-boshlovchi (Sarvinoz): Ha, Bahor uyg`onish, yasharish fasli. Bu faslda yuraklar shodlikka, zavqu shavqqa oshufta bo`ladi. Bahor bayramlar, shodiyonalar fasli. 2-boshlovchi (Umid): Tog`ri aytasiz bahorning ilk kunlaridanoq ko`ngillarda quvonch, beg`uborlik,yaqinda 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar”ayyomini nishonladik. Endi esa qadimiy va hamisha navqiron, ulug` ayyomimiz Navro`zi olam eshik qoqmoqda. 1-boshlovchi (Sarvinoz): Har bahorda Navro`z tantana qiladi. Bahordagi an`ana xalqimizni hech qachon tark etmagan,aksincha. Navro`z sayli yil sayin takomillashib, sayqallanib, boyib borgan. Navro`z ko`p ming yillik tarixga ega. 2-boshlovchi (Umid): Qani bo`lmasa, Navro`z tarixi bilan tanishaylik. Saxnada bayramona libosda yettita o`quvchi chiqadi. Kamola: Sharq xalqlarining azaliy va adabiy bayrami bo`lgan Navro`z 4000 yilik tarixga ega Navro`zning kelib chiqishi va shakllanishi oid qimmatli manbalar Zardushtiylik muqaddas kitobi hisoblangan “AVESTO”, mashhur qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom, Abdulqosim Firdavsiy, Nosiriddin Rabg`uziy, Yusuf Xos Xojib, Navoiy kabi mutafakkirlarimizning qimmatli ma`lumotlarda Navro`z muhabbat, do`stlik, poklik va insonparvarlik sifatida ulug`lanadi. Mashhura: Abdulqosim Firdavsiyning “Shohnoma” asarida keltirilishicha, Jamshid (qadimgi Eron shohlaridan biri) temir eritib, qurol yasashni, ip yigirib, kiyim tikishni, uy, hammomlar qurishni ixtiro qildi, so`ng kishilarni o`z qobilayati, hunariga qarab guruhlarga ajratadi. Nihoyat, bir kuni taxt yasatib unda osmonga ko`tariladi, bu farvardinning birinchi kuni edi. Hamma juda baxtiyor shu kuni yangi yil boshi bo`lib, an`anaga aylanib qoladi. (“Farvariddin” pahlaviycha so`z bo`lib, u hamal burjiga oiddir, ya`ni bahorning birinchi oyi 21-martdan 22-aprelgacha bo`lgan davrdir.) Download 20.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling