Assalomu alaykum aziz ustozlar va o’quvchilar!!! Taqdimot mavzusi


Download 0.95 Mb.
Sana22.10.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1715250
Bog'liq
QOSIMOV ZAHRIDDIN

Assalomu alaykum aziz ustozlar va o’quvchilar!!!

Taqdimot mavzusi:

<>

TINCH VA XOTIRJAM YASHASH BAXTI Istiqlol bergan ne'mat - osuda hayot, farovon turmush barchamizning, avvalo, farzandlarimizning baxti, yurtimiz kelajagining asosidir.

  • Prezidentimiz Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi Xotira maydonida ommaviy axborot vositalari vakillari bilan suhbatda ayni shu xususda yana bir bor to‘xtalib, bu ne'matning qadriga yetish zarurligini alohida ta'kidladi. Aytish kerakki, davlatimiz rahbarining fikr-mulohazalari har bir insonni yurtimizdagi osuda hayot bardavomligini ta'minlash uchun hushyorlikka, xalqaro maydondagi vaziyatni to‘g‘ri baholab, yon-atrofda yuz berayotgan voqyea-hodisalarga nisbatan sezgir munosabatda bo‘lishga
  • Insonda osoyishtalik va xotirjamlik hissi bo‘lsagina, ko‘zlagan maqsadlari yo‘lidagi sa’y-harakatlari samarali bo‘ladi va muvaffaqiyatga erisha oladi. Xuddi shunday tinchlik va barqarorlik hukmron bo‘lgan mamlakatdagina taraqqiyot bo‘ladi, bunyodkorlik ishlari rivoj topadi. Xalqimiz yurt tinchligini ulug‘ ne’mat, qut-baraka, taraqqiyot garovi, o‘z orzu-intilishlari, ezgu niyatlari ro‘yobining muhim kafolati deb bilishi, har doim duoga qo‘l ochganda Yaratgandan elu yurtimizga tinchlik-omonlik, yaxshilik va to‘kinlik so‘rab, ezgu niyat qilishi zamirida ham ana shunday chuqur mazmun mujassam

TINCHLIK RAMZLARI:

Insoniyat hayoti davomida turli mafkura va maslaklar o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni boshidan kechirgan. Buning oqibatida o‘zaro kelishmovchiliklar, notinchliklar yuzaga kelib turgan. Tarixga nazar tashlansa, hamma davrda ham davlatning rivojlanishi, taraqqiy topishi jamiyatning farovon va osoyishta hayot kechirishiga bog‘liqligi ayon bo‘ladi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam hadislarining birida tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanligini ta’kidlab shunday deganlar: ya’ni: (نِعْمَتاَنِ مَغْبُونٌ فِيهِمَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، اَلصِّحَّةُ وَ الْفَرَاغُ (رواه البخارى “Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U- xotirjamlik va sihat-salomatlik”. (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Tinchlik davlatlar orasidagi noharbiy tashqi siyosatga asoslanadi tinchlik zamirida xalqaro bitim, kelishuv va boshqa hujjatlar yotadi. Tinchlik ijtimoiy xavfsizlikni taʼminlaydi.

Insonlarga tinchlik-osoyishtalikdan ko‘ra tansiqroq, azizroq ne’mat yo‘q. Yurt notinch bo‘lsa to‘y-tomosha, xursandchilik, o‘yin-kulgi tatimaydi. Urushlar tufayli insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, odamgarchilik unutiladi, boshlangan xayrli ishlar, ulug‘ maqsadlar qolib ketadi. Barchaning hayotidan huzur-halovat, turmushidan orom-farog‘at ko‘tariladi.

BIZ HAM TINCHLIK TUFAYLI YORUG’ XONALARDA O’QIYAPMIZ BUNGA SHUKRONALAR AYTAYLIK!!!

SHU BILAN TAQDIMOTIMIZ O’Z NIHOYASIGA YETDI. E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!


Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling