Assalomu alaykum hurmatli jamoalar. Bugun 22-aprel sanasida sizni 24 savol kutib turibdi
Download 0.88 Mb.
|
1-TUR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
6. Tarqatma material.
Qarshingizda Misrda joylashgan bir inshootning qurilmasini surati. Savol: bu inshoot kim boshchiligida qurilganligini yozib bering. Javob: Ahmad al-Farg’oniy Izoh: Suratda siz Nilometr, yoki boshqacha qilib aytganda Miqyos an-Nilni ko’rib turibsiz. Bu inshoot xalifa Mutavakkil buyrug’I bilan 861-yili, Farg’oniy boshchiligida tashkil etilgan. 7. JSST ULARNI 3 guruhga bo'lib erta, kechki va uzoq deb ataydi. Eli OLDSning aytishi bo'yicha uning avtomobilining asosiy xaridori ULAR ekan. Savol: XXI asr boshida nashr etilgan asarda ULARNING enagalari deb kim aytilgan. Javob: Go'rkov Izoh: Go'rkov - qari odamning enagasi. Tog'ay Murodning "Bu dunyoda o'lib bo'lmaydi" asarida qari odamlarga qarashga faqat go'rkov borligi aytiladi. JSSTda esa erta qarili, kechki qarilik va 90 yoshdan o'tganlar uzoq qarilik deb atalgan. 8. Bu yegulik o’tmishda asosan Qashqadaryo va Xorazm hududlarida iste’mol qilingan. Ov paytidagi o’ljani qilichga qo’ndirilib so’ngra aylantirishgan, chevirib pishirilganligi sababli chevirma degan nom olgan. Hozirda esa yurtimizda TEZ tarqalayotgan BU taom arablarning milliy taomi sifatida mashhur. Savol: Gap qaysi taom haqida ketayotganligini yozib bering. Javob: Shaurma. Izoh: “Chevirma” so’zi o’zgarib shaurmaga aylanib ketgan. 9. Lotincha “Saker” [seyker] so’zi ikki xil ma’noda ishlatilib birinchisi avliyo, muqaddas deb tarjima qilinsa, ikkinchi ma’nosi la’nat yoki uyat deb tarjima qilinadi. Bu va shunga o’xshash so’zlar “IKS so’zlar” deyiladi. Savol: IKS o’rnidagi lotincha so’zni yozib bering. Javob: Yanus Izoh: Yanus xudo ikki yuzli ekanligi bilan ajralib turadi. Bu kabi so’zlar ham avto-antonim yoki kontromim deb atalib bir so’zning turlicha ma’nolari bor ekanligini ochib beradi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling