Assalomu alaykum. Murojatimning mazmuni shundan iboratki. 12.04.2021 kuni beshariq tumani 7 maktabda manaviyat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari pora bilan departament tomonidan qo'lga tushgan. Lekin mana bir hafta o'tyabdiki bunga hech qanday chora ko'rilmadi. direktor o'rinbosari hech narsa ko'rmaganday ishga kelib ketyapti. Direktor esa qaniy bular qayergacha borar ekan demoqda. Bilishimcha pora bilan qo'lga tushganda darxol ishdan bo'shatilishi kerak. Endi esa 7 maktab o'qituvchilarida qonunga bo'lgan ishonch qolmayapti faqat tanish bilish bilan ish bitar ekan deb. Hattoki departament ishchilari ham o'zini olib qochyapti savollarga javob bermasdan telefon nomerlarni qora royhatga solib qo'yyapti. Shundan kelib chiqib sizlarga murojat qilyapman amaliy yordam berishingizni so'rab.