Assalomu alaykum


Download 13.5 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi13.5 Kb.
#1161362
Bog'liq
Ibratxo\'ja Vazirlikka xat


Assalomu alaykum.
Men Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-“B” sinf o’quvchisi Maxsudxo’jayev Ibratxo’jaman. Bizning maktabimiz juda ham ajoyib. Unda asosiy fanlar kimyo-biologiya bo’lgani uchun, u fanlar ixtisoslashtirilgan holda o’tiladi. Hozirda nafaqat O’zbekistonda, balki butun jahonda ham toza ichimlik suvi yetishmovchiligi dolzarb muammo hisoblanadi. Men o’zimga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, ushbu muammoga qisman yechim topdim. Buning uchun men suvni yumshatish (qattiqligini yo’qotish, filtrlash) qurilmasini yaratdim.
Uning afzalliklari:

  1. U juda sodda tartibda ishlaydi

  2. Uni uy sharoitida ishlatish juda oson

  3. U juda ham chidamli, uy sharoitida ham ishga yaroqli qilib olsa bo’ladi

  4. U juda hamyonbop

Hurmatli Ibrohim Abdurahmonov, agar siz mening kamtarona mehnatimga e’tibor qilgan holda ixtironi ommalashtirishga hamda aholining foydalanishi uchun joriy qilishni qo’llab-quvvatlasangiz, sizdan behad minnatdor bo’lar edim. Ishonch bilan aytishim mumkin, ushbu ixtiro yurtimizdagi toza suv tanqisligi bilan bog’liq bir qancha muammolarni yengillashtirishga yordam bera oladi. Umid qilamanki, xatimga nisbatan bildirgan ijobiy fikringiz meni yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shishdek oliy baxtga musharraf qiladi.


Sizga hurmat va ehtirom bilan 8-“B” sinf o’quvchisi Maxsudxo’jayev Ibratxo’ja
Download 13.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling