1-bosqich. Dastlabki (boshlang‘ich) dastur matni tayyorlanadi va u biror xxxx.asm fayl ko‘rinishida tegishli katalogda (albatta TASM paketi katalogida) saqlab qo‘yiladi;
2-bosqich. TASM translyatori orqali dastur assemblerlanadi, natijada xxxx.obj kengaytmali obyektli fayl hosil qilinadi. (Obyektli fayl - bu dasturning ikkili-kod ko‘rinishida tasvirlanishidir).
tasm misol.asm
Agar dastur bir nechta mustaqil fayllardan (alohida modullardan) iborat bo‘lsa, assemblerlash jarayoni bu dasturlarning har biri uchun alohida bajariladi.
Agar dastlabki dastur matnida avvaldan xatoga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa yoki translyatsiya qilish jarayonida biror xatolikka yo‘l qo‘yilsa, u holda assemblerlashdan keyin ekranga bu xatoliklar haqidagi xabar chiqadi. Xatolar bartaraf qilingan taqdirda translyatsiyani takroran amalga oshirish zarur bo‘ladi.
3-bosqich. Dasturni yig‘ish (kompanovkalash). Bu ish Turbo Linker yig‘uvchisi (bog‘lanish muharriri) orqali amalga oshiriladi va nihoyat xxxx.exe yoki xxxx.com kengaytmali bajariluvchi fayl hosil qilinadi.
tlink misol.obj
4-bosqich. Tuzilgan dasturning xotira maydonida joylashgan holati, uning haqiqiy mashina kodida ifodalanishi va buyruq formatini o‘rganish uchun uni TD (Turbo Debugger) muharririda ishga tushirish.
td misol.exe
Do'stlaringiz bilan baham: |