15
vaqtida quyosh limbidan yuqorida, ya’ni protuberanslarda ko’rish mumkin.
Shuning uchun ham bu qatlam xromosfera (xromos - rangli) deb nomlanadi.
Protuberanslar quyosh sirti tepasida magnit maydon xalqalari tomonidan
zich modda g’aramlari ko’rinishida vujudga keladi (4-Rasm). Har ikki tolalar
va protuberanslar sokin yoki vaqtinchalik tinch holatda kun yoki hafta davomida
qolishi mumkin (tolalar qora, zich, bir oz sovuq, tolasimon xususiyatlari
vodorodning qizil rangdagi yorug’ligida ko’rinadi, modda g’aramlari quyosh
sirti yuqorisida magnit maydon xalqalari tomonidan ushlab turiladi). Tolalar
va protuberanslar quyoshdan bir necha daqiqa yoki soat davomida otilib chiqishi
mumkin, biroq magnit xalqalar ularni asta-sekin o’zgarishini ta’minlaydi.
Quyosh atrofida aylanadi va kuch chiziqlari trubkalarini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: